O’zbekistonning xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari tahlili


Xalqaro moliya tashkilotlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni



Download 332 Kb.
bet2/5
Sana23.06.2022
Hajmi332 Kb.
#694037
1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbekistonning xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlik yo’nalishlari

1. Xalqaro moliya tashkilotlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni
Davlatlararo har tomonlama hamkorlikning bir ko’rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlar yuzaga chiqmoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarini birlashtiradi. Xalqaro tashkilotlar o’z faoliyatini har tomonlama muvofiqlashtirish uchun o’z fondlarini tashkiletadilar.
Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag’larining davlatlararo maqsadli fondlari tuziladi. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.
Birinchi turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko’ra dividend to’laydilar hamda turli maqsadlar uchun zahira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar jumlasiga Xalqaro Investtsiya bankini (XIB), Iqtisodiy Hamkorlik Xalqaro bankini (DTXB), ETTB, XVFni kiritish mumkin.
Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini ko’rish mumkin.
Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag’lari, xalqaro ishtirokchi-tashkilotlar fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va byudjet mablag’lari to’lanadigan badallarning manbasi hisoblanadi.
EIida ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, EIning byudjeti, Yevropa Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va boshqalar.

Ikkinchi tur tashkilotlar ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga byudjetlari tashkil etiladi.


Bunday tashkilotlarga ma'lum sohalardagi milliy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro va umumjahon institutlari kiradi. Ularga: BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi bo’yicha xalqaro Agentlik, Dengiz yo’ldosh aloqasi bo’yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy xizmatchilarning umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Uchinchi tur xalqaro tashkilotlarga vaqtinchalik tusga ega bo’lgan ilmiy dasturlar va kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalqaro biologiya dasturi (1964-1974 yy.), Xalqaro geodinamik loyiha (1971-1980 yy.), Xalqaro osoyishta quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab har ikki-uch yilda chaqiriladigan Xalqaro tog’ kongressi va boshqalar. Ushbu tashkilotlar turli mamlakat olimlari bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi.
To’rtinchi tur xalqaro tashkilotlar - xalqaro ilmiy laboratoriyalar, institutlar, ittifoqlar, yaxlit va sohalar assotsiatsiyalari, ma'lum ilmiy sohalar bo’yicha byurolar. Ular mamlakatlarni, milliy ilmiy tashkilotlarni, assotsiyatsiyalarni, ilmiy tadqiqotlar bilan shug’ullanayotgan alohida olimlarni birlashtiradi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ushbu tashkilotlar yillik ulushli badallar, konferentsiyalarda ishtirok etuvchilarni ro’yxatga olish badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag’lari, davriy ilmiy nashrlardan daromadlar hisobidan tashkil etiladigan byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladilar. Mazkur tashkilotlarga misol qilib, milliy va qo’shma dasturlar bo’yicha ishlaydigan Kuchli magnit maydonlari va past harorat bo’yicha xalqaro fond, Xalqaro matematik markaz va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Beshinchi tur xalqaro tashkilotlar faoliyatining ma'lum sohalariga ko’maklashish va tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag’larni yig’ish bilan shug’ullanadilar. Masalan, Yovvoyi tabiat xalqaro fondi - davlat, jamoat tashkilotlari va xususiy shaxslardan yovvoyi xayvonlar va tabiatni qo’riqlash uchun mablag’larni yig’uvchi nodavlat tashkilotdir. Ushbu tashkilot boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ma'lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond o’zining nashriga ega bo’lib, uni sotishdan olinadigan daromadlar fond byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. "Olimpiya birdamligi" fondi rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordam ko’rsatish uchun tuzilgan. Mazkur fond milliy olimpiya qo’mitalarining badallari, xususiy kompaniya, firmalar va xususiy shaxslarning xayriyalari, Xalqaro olimpiya qo’mitasining investitsion va nashriyotchilik faoliyati natijasida olingan daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Fondga olimpiya o’yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlaming 1/3 kelib tushadi (ma'lumki, olimpiya o’yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlar mos ravishda Xalqaro olimpiya qo’mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya sport turlari bo’yicha Xalqaro federatsiya o’rtasida taqsimlanadi). Fondning byudjeti har yili tasdiqlanadi. Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha hududlarga yo’naltiriladigan mablag’lar xarajatlarning 75-85 foizini tashkil etadi. Ushbu tadbirlarga: yig’inlar o’tkazish, hakamlar majlisini o’tkazish, sport buyumlarini sotib olish, Milliy olimpiya qo’mitalariga moliyaviy yordamlar ko’rsatish va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa mablag’lar nashriyotchilik faoliyatiga va joriy xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Xalqaro moliya – xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi.
Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi.
Globallashuv jarayoni – jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning xalqaro oqimini rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning xalqaro xarakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi.
Xalqaro moliya doimiy o’zgaruvchan xalqaro pul tizimlarining holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to’lov balansining o’zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi.
Xalqaro moliya tizimining asosiy ishtirokchilar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy qarzdorlar.
Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo’lib mamlakatlar o’rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy oqimlar, jumladan, pul oqimlari – import qilingan mahsulot va xizmatlarning to’lovlari hamda mahsulot va xizmatlar eksportidan kelgan valyuta tushumlari, ushbu oqimlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini ifodalashi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo’ladi, shu boisdan mamlakatlar o’rtasidagi pul oqimlari xarakatini namoyon etadi.
Mamlakat davlat moliyasining xususiyatlari sifatida quyidagilarni kelitirish mumkin:
bitta mamlakat xududidan chiqmaydi;
xorijiy sub’ektlarni jalb qilmaydi;
milliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi;
mamlakat ichida amalga oshiradigan hisob-kitoblarni o’zida ifodalaydi.
Xalqaro moliya esa turli xildagi jihatlarni o’rganadi. Bularga:
iqtisodiy kategoriya sifatida – moliyaviy resurslarning fondlari bo’lib, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish asosida tashkil etilgan hamda xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan umumiy ehtiyojlarni qondirish va jahon darajasida ijtimoiy takror ishlab chiqarishning rentabelligini va uzluksizligini ta’minlash uchun foydalaniladi. Institutsional jihatdan – bu banklar, valyuta va fond birjalari, xalqaro moliya institutlari, mintaqaviy moliya-kredit tashkilotlari, xalqaro va mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar va birlashmalar majmui bo’lib ular orqali jahon moliyaviy oqimlarining xarakati amalga oshiriladi.
Iqtisodiy munosabat sifatida – bu, jahon bozorida kapital, xizmatlar, tovarlar xarakati vaqtida milliy mahsulotlarning qayta taqsimlanishi jarayonida yuzaga keluvchi pul ko’rinishidagi munosabat. Davlatlararo va transmilliy moliya-kredit munosabatlarini o’z ichiga oladi va ularda xorijiy elementlar ishtirokini ifodalaydi.
Xalqaro moliyaning asosiy funktsiyalariga quyidagilar kiradi: 1

  • taqsimlash funktsiyasi;

  • nazorat funktsiyasi;

  • takror ishlab chiqarish jarayoniga moliya yordamida xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlarining aralashuvi bilan bog’liq tartibga solish funktsiyasi;

  • barqarorlashtirish funktsiyasi. Mazkur funktsiya jahon xo’jaligi tizimida iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar uchun barqaror sharoitni yaratishda namoyon bo’ladi.

Xalqaro moliya munosabatlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy omillari quyidagilardan iborat:

  • Jahon bozorlarining vujudga kelishi, ayniqsa tovar bozorlari

  • Xalqaro mehnat taqsimoti

  • Iqtisodiy aloqalarning baynalmilallashuvi va globallashuvi

  • Iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda integratsiya jarayonlarining kuchayishi

  • Ilmiy-texnika taraqqiyoti

Mulkchilikning shakllaridan qat’i nazar, O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchilari sifatida ro’yxatga olinib, respublika hududida yoki uning tashqarisida ish olib borayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ajnabiy yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining subyektlari bo’lishi mumkin.2
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari:

  • O’zbekiston Respublikasi hududida amal qilib turgan qonun normalari va normalarga, hamma tomonidan e’tirof etilgan xalqaro normalar va qoidalarga rioya etishi;

  • belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchisi sifatida ro’yxatdan o’tishi hamda buxgalteriya va statistika hisobotlarini taqdim etishi;

  • xalqaro hamkorlik doiralarida bajarilayotgan ishlar, qidiruv ishlari va loyihalarning sanitariya-gigiyena, ekologiya talablari va boshqa talablarga muvofiqligi haqida ekspertiza xulosasini olishi;

  • ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tashqi iqtisodiy faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo’lishi shart.

Mulkchilikning shakllari va tashqi iqtisodiy faoliyatining turlaridan qat’i nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyatni arnalga oshirishda teng huquqlarga ega bo’ladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning har bir subyekti amal qilib turgan qonunlar doirasida tashqi iqtisodiy aloqalardagi o’z ishtirokining turlari, shakllari va yo’nalishlarini mustaqil belgilashi, o’z xohishiga qarab tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangan tartibda shartnoma asosida yoki boshqacha tarzda haq to’lab yoxud to’lamasdan jalb etishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy faoliyatining har bir subyekti O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatning natijalariga, shu jumladan chet el valutasidagi daromadga egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqlidir. Uning qaroriga ko’ra tashqi iqtisodiy faoliyatning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish huquqlari qonunlarda belgilangan tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga o’tkazilishi yoxud ularga ishonib topshirilishi mumkin. Huquqlar ana shu tarzda o’zgaga o’tkaziladigan taqdirda tomonlar o’zaro munosabatlarni shartnomalar (bitimlar) asosida tartibga soladilar.
Mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish;

  • tabaqalashtirilgan soliqlar va imtiyozlar sistemasi, shu jumladan valuta bo’yicha ham belgilanish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni axborot bilan ta’minlashning davlat tizimini yaratish;

  • ayrim mintaqalar, tarmoqlar va korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va rivojlantirishi uchun dotatsiyalar, subsidiyalar, subvensiyalar, budjetdan qarz berish tarzida moliyaviy yordam ko’rsatish, tavakkalchilikni sug‘urta qilish;

  • respublika tashqi iqtisodiy aloqalarining turli shakllarini rivojlantirishga qaratilgan aniq maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish, pul bilan ta’minlash va ekspertiza qilish;

  • O’zbekiston Respublikasiga olib kelinadigan va O’zbekiston Respublikasidan olib chiqib ketiladigan tovarlar va boshqa molmulklarni hujjatlashtirish;mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) eksport va import qilish tartibini belgilash;

  • valuta va boshqa fondlar mablaglarini vujudga keltirish va ulardan foydalanish.

Keyingi yillarda O’zbekistonning xalqaro hamjamiyatda hamda iqtisodiy maydondagi nufuzi va mavqei oshib bormoqda. Bunda davlatimiz hukumati tomonidan mamlakatni ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish strategiyasining puxta ishlab chiqilganligi, iqtisodiy islohotlar maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish yo’llarining aniq va to’g‘ri ko’rsatib berilganligi bu yo’ldagi yutuq hamda marralarning salmoqli bo’lishiga imkoniyat yaratmoqda.
Ma'lumki, tashqi iqtisodiy faoliyat milliy iqtisodiyot rivojlanishining muhim vositasi bo’lib hisoblanadi. U mamlakatning jahon hamjamiyatiga boigan aloqasini ifodalab, uning istiqbolini belgilab beradi. Eksport salohiyatini oshirish orqali mamlakat ichida ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishning rivojlanishiga erishiladi. Mamlakat eksporti hamda importining qiymati o’rtasidagi farq, ya'ni saldo tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligining muhim iqtisodiy ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkich milliy daromad darajasiga ko’p tomonlama ta’sir etadi. Sababi, import va eksport hajmidagi sezilarli o’zgarish ham mamlakatdagi daromad, bandlik va narx darajalarida muayyan tebranishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyingi yillarda mamlakatimizda keskin raqobatlashuv sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon va mintaqaviy bozorlarda xaridorgir bo’lishi va mustahkam o’rin egallashi uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakatimizda importning o'rnini qoplash va eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. Mazkur dasturning maqsadi, mavjud resurs va ishlab chiqarish salohiyatidan imkon boricha to’liq va samarali foydalanish hamda uni rivojlantirish asosida eksport hajmining barqaror o’sishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdir.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish uchun xorijiy sarmoyalarni ustuvor yo’nalishlarga keng jalb qilish, ularga kafolat va imkoniyatlar berish, litsenziyalar, nou-xaular sotib olishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirishda quyidagilarni ustuvor yo’nalishlar sifatida keltirish mumkin:3

  • Respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish;

  • eksport imkoniyatlarini kengaytirish, jahon bozorlariga kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xomashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalarni rivojlantirish zarur. Eksportni kengaytirishga qaratilgan strategiyani faol qo’llash bilan bir qatorda importning salmog‘ini qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o’tkazish, o’zimiz ishlab chiqarishimiz mumkin bo’lgan tovarlar va mahsulotlarning chetdan keltirilishini oqilona darajada kamaytirib borish talab qilinadi;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo’jalik ishlarini yurituvchi subyektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o'rnatishda, o’z mahsulotini chet ellarda sotishda ko'proq erkinliklar berish, tovarlani eksport va import qilishda birmuncha imtiyozli tartibni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko’zlab siyosat o’tkazish;

  • xorijiy investitsiyalar jalb qilish orqali amalga oshirilayotgan sanoat loyihalarning bir-biriga bog'liqligini ta’minlash, ular o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy va ishlab chiqarish hamkorlik va infratuzilmani rivojlantirish va bu orqali import o’rnini bosuvchi va eksportga mo'ljallangan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirishga erishish;

  • olib borilayotgan islohotlarda hududiy diversifikatsiya siyosatini yanada kuchaytirish, nafaqat markaziy hududlarda, balki chekka tumanlarda ham yirik sanoat obyektlari qurishni keng yo’lga qo’yish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari majmuini ixtisoslashtirilgan tashqi savdo, lizing, konsalting va sug‘urta firmalari, tashqi aloqalarni rivojlantirish manfaatlari va shartlariga mos keladigan transport, aloqa va kommunikatsiyalar tizimlarini vujudga keltirish;

  • xalqaro huquq va tashqi iqtisodiy faoliyat, bank tizimi, hisob-kitob va statistik hisob sohasida malakali kadrlar tayyorlashni tashkil qilish.

Tashqi iqtisodiy faoliyatning mazkur yo’nalishlarini izchil tarzda amalga oshirish orqali mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjamiyatida munosib o’rin egallashiga imkon beradi.4
O’zbekiston Respublikasining eksport salohiyatini rivojlantirish bo'yicha yaqin kelajakka mo’ljallangan strategiyasining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

  • birinchidan, eksportni rag‘batlantirish uchun avvalo, barqaror makroiqtisodiy sharoit yaratish, inflyatsiya sur’atini prognoz darajasida ushlab turish, valuta almashtirish kurslarining keskin tebranishlariga yo’l qo’ymaslik;

  • ikkinchidan, xo’jalik yurituvchi subyektlarning mulk shaklidan qat’i nazar, import qilinayotgan ishlab chiqarish vositalarini olish uchun bir xil imkoniyatga ega bo’lishlarini ta’minlash;

  • uchinchidan, yetuk mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi islohotlarni davom ettirish;

  • to’rtinchidan, eksport salohiyatini rag'batlantirish maqsadida ishlab chiqarish tarmoqlarida yuqori texnologiyalardan foydalanish ko’lamini kengaytirish;

  • beshinchidan, mamlakatda erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va rivojlantirish asosida eksport salohiyatini oshirish.


Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish