I Bob. O’zbekiston Respublikasiningning tashqi savdo siyosatining nazariy uslublari
O’zbekiston Respublikasining Tashqi savdo siyosatini maqsadi, mohiyati va ahamiyati
Ma’lumki, XVI-XIX1 asrlar davomida buyuk geografik kashfiyotlar, sanoat to‘ntarilishi va yaxlit milliy davlatlarning vujudga kelishi tashqi savdo operatsiyalari hajmi va nomenklaturasini sezilarli kengayishiga sabab bo‘ldi. SHu sababli ham xalqaro savdo nazariyalariyalarini o‘rganishga katta e’tibor qaratildi.
Tashqi savdo xalqaro mehnat taqsimoti asosida paydo bo‘ladigan turli davlatlar tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi aloqalarning bir shakli bo‘lib, u mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlikni namoyon qiladi.
Mamlakatlar iqtisodiyotidagi informatsion texnologiyalar inqilobi ta’siri ostida ro‘y berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar, sanoat ishlab chiqarishining ixtisoslashuvi va birlashuvi (kooperatsiya) milliy xo‘jaliklarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirmoqda. Bu esa, xalqaro savdoning faollashuviga imkon yaratmoqda. Garchi so‘nggi yillarda xalqaro iqtisodiy aloqalarda tovar eksportiga nisbatan investisiyalarni bevosita xorijga chiqarish yuqori sur’atlarda o‘sayotgan bo‘lsa-da, jami jahon xo‘jalik aloqalarining 4/5 qismi xalqaro savdo hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu, eng avvalo, xalqaro savdoning milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati va xalqaro iqtisodiy aloqalardagi o‘rni bilan izohlanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy iqtisodiyot rivojlanishiga quyidagi yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi:
milliy iqtisodiyotning resurslar bazasi kengayadi va ichki bozor torligiga barham beriladi;
milliy xo’jaliklarda takror ishlab chiqarish jarayonlari intensivlashadi: ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish uchun imkoniyat yuzaga keladi, uskunalarning yuklanganlik darajasi oshadi, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish samaradorligi o’sadi;
jamg’arish va sanoatlashuv imkoniyatlari kengayadi, iqtisodiy o’sish sur’atlari jadallashadi, tabiiy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi oshadi, pirovard natijada mehnat unumdorligining o’sishi yuz berib, kishilar daromadlari ko’payadi;
eksport hajmining o’sishi yangi ish o’rinlarining barpo etilishiga olib keladi;
mamlakatning xalqaro ixtisoslashuv darajasi ortadi va h.k.
Xalqaro savdoning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida tutgan o’rni esa quyidagilar bilan belgilanadi:
jahon xo’jalik aloqalarining barcha shakllari – chetga kapital chiqarish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi, ilmiy-texnika hamkorligi xalqaro savdo orqali amalga oshadi.
Ikkinchidan, tovarlar xalqaro savdosining rivojlanishi pirovard natijada xalqaro xizmatlar almashinuvi darajasini belgilab beradi.
Uchinchidan, xalqaro savdoning rivojlanishi mintaqaviy integratsiya jarayonlari jadallashuvining muhim sharti hisoblanadi va xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
To’rtinchidan, xalqaro savdoning jadal rivojlanishi xorijiy investisiyalar va xalqaro hisob-kitoblarni rag’batlantiradi.
Xalqaro savdoning mohiyati, uning sabablari ko’plab iqtisodchilar e’tiborini o’ziga jalb etib kelgan. Xalqaro savdoning mohiyati, undan kutiladigan moddiy farovonlik masalalarini dastlab merkantilistlar izohlab berishga harakat qilganlar. Asrning oxiri XX asrning boshlarida xalqaro savdodagi tarkibiy o'zgarishlar natijasida tabiiy afzalliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi roli sezilarli darajada pasaydi. SHved olimi e. Xeksher va daniyalik B. Olin qayta ishlash sanoati mahsulotlari bilan savdo qilish sabablarini izohlab beruvchi nazariyani yaratdilar (XX asrning 20-30 yillari). Ushbu nazariyaga muvofiq turli mamlakatlar mehnat, kapital va er bilan turli darajada ta’minlangan bo‘lib, ularga bo‘lgan talab ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, mehnat resurslariga boy bo‘lgan mamlakatda kapital etishmovchiligi mavjud bo‘lib, mehnat nisbatan arzon bo‘ladi va, aksincha, mehnat resurslari kam bo‘lib, kapitalga boy bo‘lgan mamlakatda kapital nisbatan arzon bo‘ladi. SHu sababli birinchi mamlakatning mehnat sig‘imi yuqori bo‘lgan, ikkinchi mamlakatning kapital sig‘imi yuqori bo‘lgan mahsulotni eksport qilishi manfaatli hisoblanadi. Xeksher-Olin nazariyasi xalqaro savdoda kuzatiladigan ko‘plab qonuniyatlarni aniq izohlab beradi. Haqiqatdan ham mamlakatlar ishlab chiqarish xarajatlarining asosiy qismini o‘zlarida mo‘l bo‘lgan resurslar tashkil etadigan tovarlarni eksport qiladilar. Ko‘rib o‘tilgan model metropol (sanoati rivojlangan) va mustamlaka mamlakatlar (agrar – xom-ashyo etkazib beruvchi) o‘rtasidagi savdoning rivojlanish jarayonini tushuntirishda ko‘proq foydali bo‘ldi. XX asrning 60-yillarida amerikalik iqtisodchi R.Vernon mahsulotning hayot sikli nazariyasini ilgari surdi. Bu nazariyada R.Vernon tayyor mahsulotlar xalqaro savdosini ularning hayot bosqichlari orqali tushuntirib berishga harakat qildi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, mahsulotning hayot sikli to‘rtta bosqichni o‘z ichiga oladi: joriy etish, o‘sish, pishib-etilish va pasayish.
Birinchi bosqichda mamlakatda (ko‘p hollarda rivojlangan mamlakat) paydo bo‘lgan ehtiyojga javob sifatida yangi mahsulot yaratiladi. SHu sababli birinchi bosqichda yangi mahsulotni ishlab chiqarish kichik seriyali xarakterga ega bo‘lib, ishlovchilardan yuqori malaka talab qiladi va asosan ishlab chiqarish ushbu mahsulotni yaratgan mamlakatda jamlanadi, ishlab chiqaruvchi esa qariyb monopol mavqega ega bo‘lib, mahsulotning kichik qismi tashqi bozorga chiqariladi. O‘sish bosqichida mahsulotga bo‘lgan talab oshadi, uni ishlab chiqarish kengayadi va asta-sekin boshqa mamlakatlarga ham tarqala boshlaydi. Mahsulot standartlashadi, ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobat kurashi kuchayadi va uning eksporti hajmi oshib boradi. Pishib-etilish bosqichida yirik seriyali ishlab chiqarish ustuvor o‘ringa ega bo‘ladi, raqobat kurashida narx omili birinchi o‘ringa chiqadi va bozorlarning kengayishi hamda texnologiyalarning tarqalishiga qarab mahsulotni yaratgan mamlakat raqobat afzalliklariga ega bo‘lmay qoladi. Ishlab chiqarish asta-sekin rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘cha boshlaydi, chunki bu mamlakatlarda arzon ishchi kuchidan standart ishlab chiqarish sharoitida samarali foydalanish mumkin.
Pasayish bosqichiga o‘tish darajasiga qarab mahsulotga bo‘lgan talab, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda, pasaya boshlaydi, ishlab chiqarish hajmi qisqaradi, mahsulot ishlab chiqarish rivojlanayotgan mamlakatda to‘planadi va mahsulotni yaratgan mamlakat sof importerga aylanadi. Mahsulotning hayot sikli nazariyasi ko‘plab tarmoqlar evolyusiyasini haqqoniy aks ettiradi, ammo xalqaro savdo rivojlanishi tendensiyalarini to‘la izohlab bera olmaydi. Ko‘plab tovarlar (hayot sikli qisqa tovarlar, transport xarajatlari yuqori tovarlar, tor doiradagi potensial iste’molchilarga mo‘ljallangan sifat bo‘yicha keskin tabaqalashgan tovarlar va boshqalar) mahsulotning hayot sikli nazariyasiga muvofiq kelmaydi. Xeksher-Olin modeli va kompaniyalarning tashqi savdo faoliyati nazariyalarini AQSHlik mashhur tadqiqotchi M. Porter birlashtirishga harakat qildi. Uning fikricha, zamonaviy tashqi savdoning rivojlanishi ishlab chiqarish omillari, xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar talabi, firma strategiyasi va raqobat muhitiga bog‘liq. Bularning barchasi bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatib, hukumat siyosati va kutilmagan hodisalarni hisobga olgan holda tizimning unsurlari sifatida yaqqol ko‘rinadi. 1991 yilda amerikalik iqtisodchi2 M. Porter “Davlatlarning raqobatdagi ustunligi” nomli tadqiqotini nashr qildi. Bu tadqiqotda yangi yondashuv asosida xalqaro savdo muammolari batafsil tahlil qilingan. Tashqi savdo siyosati mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan choratadbirlar majmuasi bo'lib, milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan mahsulotlami oqilona import siyosati hisobiga to'ldirish hamda milliy iqtisodiyotda ortiqcha bo'lgan mahsulotlarni eksport qilish hisobiga mamlakatning jahon bozoridagi o'rnini mustahkamlash vazifasini hal etadi.Ushbu siyosatni yuritish orqali tashqi savdo hajmlari soliqlar, subsidiyalar, import yoki ekspoftni to'g'ridan-to'g'ri cheklashlar kabi vositalar yordamida tartibga solinadi. Tartibga solish vositalari bevosita va bilvosita xarakterga ega bo'lishi mumkin. Tashqi savdo siyosati mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan olib boradigan savdo munosabatlarini muvofiqlashtirishga qaratilgan choratadbirlar majmuasi bo'lib, milliy iqtisodiyot ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan mahsulotlami oqilona import siyosati hisobiga to'ldirish hamda milliy iqtisodiyotda ortiqcha bo'lgan mahsulotlarni eksport qilish hisobiga mamlakatning jahon bozoridagi o'rnini mustahkamlash vazifasini hal etadi.Ushbu siyosatni yuritish orqali tashqi savdo hajmlari soliqlar, subsidiyalar, import yoki ekspoftni to'g'ridan-to'g'ri cheklashlar kabi vositalar yordamida tartibga solinadi. Tartibga solish vositalari bevosita va bilvosita xarakterga ega bo'lishi mumkin. Tashqi savdo siyosati eksport va import hajmi hamda tarkibiga ta'sir ko'rsatish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiy o'sishga erishish, to'lov balansini yaxshilash hamda valyuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko'zda tutadi. Mamlakatlar erkin yoki cheklovchi (proteksionistik) tashqi savdo siyosatini olib borishi mumkinTashqi savdo siyosati chora-tadbirlarining ayrimlari davlat g'aznasini to'ldirishga yo'naltirilgan bo'lsa, ba'zilari import va eksportni cheklashga, yoki ularni rag'batlantirishga yo'naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullaridan foydalaniladi. Ta’rif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif usullariga eksportyorlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi. Bojxona bojlari import va eksport bojlariga ajratiladi. Import bojlari davlat g'aznasini to'ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el mahsulotlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Import bojlari eng kam va eng ko'p miqdordagi import bojlariga bo'linadi. Eng kam miqdordagi import bojlari qulay savdo sharoitlarni yaratib berishni ko'zda tutuvchi savdo shartnomalari va bitimlari bo'lgan mamlakatlar mahsulotlariga nisbatan o'rnatiladi. Eng ko'p miqdordagi import bojlari esa qulay savdo sharoitlarni yaratib berish bo'yicha shartnoma va bitimlar tuzilmagan mamlakatlar mahsulotlariga nisbatan o'rnatiladi.Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko'p bo'lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi.Litsenziyalash tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma'lum tartibi hisoblanadi va bunday ruxsat berish huquqini qaysi davlat tashkilotlariga berish amalga oshiriladigan operatsiyalarning mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyatiga bog'liqdir.Kvotalash mahsulotlar, xizmatlar bo'yicha ma'lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarini belgilashdir. O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish. Respublika harbiy-siyosiy bloklarga qo'shilmaslik kursiga sodiq bo'lib, o'z hududida xorijiy harbiy bazalar va ob'ektlarni joylashtirishga, shuningdek, mamlakat harbiy xizmatchilarining chet eldagi tinchlikparvarlik amaliyotlarida yoki harbiy mojarolarda ishtirok etishiga yo'l qo'ymaydi. O'zbekiston barcha qarama-qarshiliklar va nizolarni faqat tinch siyosiy yo'llar bilan hal qilish tarafdori. O'zbekiston davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish, inson huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish va xalqaro huquqning boshqa umume'tirof etilgan tamoyilllari va normalari; xavfsizlikning bo'linmasligi, ochiqlik va pragmatizm, qo'shni mamlakatlar bilan har tomonlama yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash kabi asosiy tamoyillarga tayangan holda tinchlik, taraqqiyot va farovonlik yo'lida barcha sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor/. Tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;
Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish; jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar
bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko’p qirrali tizimini shakllantirish;
O’zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yo’nalishlar bo'yicha xalqaro tashabbuslarini ilgari surish;
mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish borasida ko’maklashish;
milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar va ilg’or texnologiyalarni jalb etishda faol ko’mak berish;
mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirish borasida amaliy yordam ko’rsatish;
transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda hamda xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistik infratuzilmalarni rivojlanishiga ko’maklashish;
xorijdagi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta’minlash;
xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash.
Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo’nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir. O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga, shu jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilishga ko‘maklashishga qaratilgan. O‘zbekiston mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda mintaqaning ekologik barqarorligini ta’minlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi. O‘zbekiston mintaqa davlatlari bilan do‘stona va ahil qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashdan, ilmiytexnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishdan, parlamentlar, chegara hududlari, jamoat tashkilotlari va oddiy fuqarolar o‘rtasidagi aloqalarni kuchaytirishdan manfaatdor. Ikki tomonlama munosabatlarning eng muhim vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 4-5- aprelda Rossiyaga davlat tashrifi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.V.Putinning 2018 yil 18-19 oktyabrda O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni to‘liq amalga oshirilishini ta’minlashdan iboratdir. O‘zbekiston asosiy e’tiborini Yevropaning ilg‘or davlatlari, xususan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Latviya va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarishga alohida e’tibor beradi. Respublikamiz ko‘p asrlik umumiy tarix, yagona til va din, umumiy qadriyatlar va o‘xshash urf-odatlarga ega bo‘lgan Turkiya davlati bilan do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan siyosatni izchil davom ettiradi. Mamlakatimiz Turkiya bilan har taraflama manfaatli hamkorlikni, jumladan savdo-sotiq, investitsiya va turizm kabi sohalarda rivojlantiradi. Osiyo-Tinch okeani hududi mamlakatlari, xususan Koreya Respublikasi va Yaponiya bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi. O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan investitsiya, savdosotiq, yuqori texnologiyalar, madaniy-gumanitar sohalaridagi keng qamrovli hamkorlikni davom ettiradi. O‘zbekiston3 Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mamlakatlar – Malayziya, Indoneziya, Singapur, Vetnam kabi davlatlar bilan hamkorligini rivojlantiradi. O‘zbekiston Janubiy Osiyo mamlakatlari, xususan Hindiston va Pokiston bilan savdo-sotiq, transportkommunikatsiya, turizm kabi sohalarda har taraflama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishni qo‘llab quvvatlaydi. O‘zbekiston musulmon dunyosi davlatlari bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni iqtisodiyot, transport kommunikatsiyasi, moliya, investitsiya va sayyohlik sohalarida, shu jumladan Islom hamkorlik tashkiloti va Islom taraqqiyot banki doirasida faol rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor. O‘zbekiston BMT ishida faol ishtirok etishni davom ettiradi, hamda uni xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga, tezkor globallashuv jarayonida davlatlarning barqaror rivojlanishida ko‘maklashishga mas’ul bo‘lgan yagona universal tashkilot sifatida ko‘radi. Mamlakatimiz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotlati bilan ushbu tuzilmalarning mexanizmlaridan zamonaviy muammolar va tahdidlarga qarshi kurashishda, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda samarali foydalanish maqsadida o‘zaro sherikchilikni yanada rivojlantiradi. Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasining 55 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud. O‘zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a’zosi bo‘lib, mamlakatimiz turli xil ko‘p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o‘zaro sherikchilik aloqalarini rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |