O’zbekiston Respublikasininng iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli
Ma’lumki, har qanday davlat tashqi dunyodan ajralgan holda, jahondagi ilm, fan va texnika sohasida erishgan yutuqlardan, iqtisodi rivojlangan davlatlarning tajribalaridan samarali foydalanmasdan rivojlanishi mumkin emas. Ushbu maqsad yo’lida milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, bunday vazifaning uddalanishi, avvalambor, «xorijiy investitsiya» tushunchasining mazmun-mohiyatini, xususiyatlarini, turlarini, iqtisodiyot taraqqiyotidagi rolini aniq va ravshan anglab olish zaruratini yuzaga keltiradi. Professor D.G’ozibekovning xorijiy investitsiyalar to’g’risidagi nazariy qarashlarida quyidagi fikrlar bayon etilgan: «Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot sub’ekti kapitalini o’zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog’lash bo’lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o’zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo’ylab kapital ko’chishi yuz beradi». Ushbu fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, xorijiy investitsiyalar bir mamlakat iqtisodiyotidan mutloq boshqa davlat iqtisodiyotiga ko’chuvchi kapital bo’lib, u risklar doirasi kengligi bilan ichki investitsiyalardan farqlanadi. Iqtisod fanlari doktori N.Qo’zievaning ilmiy ishlarida xorijiy investitsiyalarning mohiyati to’g’risida: «Kelgusida foyda olish maqsadida kapitalni eksport qiluvchi xorijiy davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslarning kapitalni qabul qiluvchi mamlakatlarga turli ko’rinishdagi boyliklar (ko’char, ko’chmas mol-mulk, intellektual boyliklar va boshq.) va ulardan olingan daromadlar (foyda, foizlar, dividendlar, litsenziya va komission mukofotlar, royalti, texnik ta’minot va boshqa mukofotlar)ni qo’yilishiga xorijiy investitsiyalar deyiladi», degan ta’rif keltirilgan. Olimaning fikricha, xorijiy investitsiyalarni turli belgilariga asoslangan holda tasniflash ularning iqtisodiy mohiyatini yanada oydinlashtiradi.Iqtisod fanlari nomzodi Q.Xoshimov ilmiy ishida: «chet el investitsiyalari – chet el mulkdorlari tomonidan ma’lum kapitalni bir iqtisodiyotdan mutloq boshqa mamlakat iqtisodiyotining qonun bilan ta’qiqlanmagan turli tarmoqlariga aniq va noaniq risklarni hisobga olgan holda, o’z manfaatiga erishish, nisbatan yuqori darajada samara olish maqsadida muayyan muddatga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir», degan mazmunda ta’rif berilgan. “Chet el investitsiyalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasida: «chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari», deb e’tirof etilgan.
Xorijiy investitsiyalarni mulkchilik shakliga ko’ra xususiy, davlat, xorijiy va aralash investitsiyalarga tasniflash maqsadga muvofiqdir. Xorijiy investitsiyalarni yo’nalish ob’ektiga qarab, moliyaviy va real investitsiyalarga ham ajratish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda moliyaviy investitsiyalarning tarkibida asosiy o’rinni xususiy mulk egalarining investitsiyalari tashkil etadi. Xorijiy investitsiyalarni ichki investitsiyalardan farqli jihatlaridan biri, ularni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha uch guruhga ajratilgan barcha risklarning oldindan hisoblab chiqilishidadir. Xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay biznes muhiti, keng huquqiy kafolat va imtiyozlar tizimi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni rag’batlantirishga qaratilgan butun bir chora-tadbirlar majmuasi mamlakatimiz iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar oqimini tubdan ko’paytirish imkonini beradi.
Xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy mohiyatini anglashda uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. 4Xorijiy investitsiyalarning quyidagi xususiyatlarini ta’kidlash mumkin:
xorijiy investitsiyalar bir iqtisodiyotdan ikkinchisiga ko’chayotgan kapital;
kapitalni o’zga mamlakatga qulayroq qilib joylashtirish maqsadi;
qo’yilgan sarmoya egasiga qaytib kelgunga qadar nisbatan uzoq muddat davomida yuqori foyda ko’rish;
qo’shimcha risklarga ega bo’lish;
aniq maqsadlarga intilish (yuqori daromad olish, yangi bozorlarni egallash, ishonch qozonish);
o’zga mamlakat qonunchiligidan, imkoniyatlaridan foydalanish asosida vaqtdan unumli foydalangan holda o’z kapitalini o’stirish;
rag’batlantirish tizimi, kafolatlar, imtiyozlar, ishonchli va o’zaro manfaatli munosabatlarning yo’lga qo’yilishini talab etishi;
ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish)ni chetga olib chiqish yo’li bilan mahsulotni arzonlantirish, yangi bozorlarni egallash, yuqori daromad olish, boyliklarni yanada foydaliroq joylashtirish;
o’z milliy huquqiy sharoitlarini va o’z milliy investitsiya muhitini kapital qabul qiluvchi o’zga mamlakat milliy huquqiy sharoitlariga, o’zga investitsiya muhitiga almashtirish.
Xorijiy sarmoyadorlar bilan amaliy hamkorlik o’rnatish orqali jahon amaliyotida mavjud bo’lgan imkoniyatlardan foydalanish asosida quyidagi samaralarga erishish mumkin bo’ladi:
eng zamonaviy texnologiyalarga ega bo’lgan ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) faoliyatini yo’lga qo’yish;
yangi texnologiya, zamonaviy jihozlarni, yuqori unumli uskunalarni qo’lga kiritish;
yangi ish joylarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash;
ixcham, amalga oshirilgan xarajatlarni tez sur’atlar bilan qoplaydigan, yuqori samara beradigan korxonalarni qurish;
zamon darajasida yuqori mehnat unumdorligiga erishish, mahsulot tannarxini pasaytirish, o’z manfaatlariga erishish;
qo’shma korxonalar tuzish, ilg’or tajribaga ega bo’lish, boshqaruvni, raqobatni to’g’ri yo’lga qo’yish;
bozor talabini qoniqtiradigan mahsulot (xizmatlarni) etishtirish;
ishlab chiqarilgan mahsulot sifati va raqobatbardoshligini dunyo bozori talablariga javob beradigan qilib etkazish;
tadbirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish va uni yanada kengaytirish imkoniyatlarini qo’lga kiritish;
jahon bozorida o’zining mustahkam mavqeni egallash;
daromadni ko’paytirish, yuqori samaraga erishish, sarf etilgan mablag’larni hech qanday talofat va yo’qotishlarsiz tez fursatda qoplash;
mamlakat eksport imkoniyatlarini kengaytirish va jahon bozorida «qattiq» valyuta ishlab topishni o’rganish;
mamlakat xazinasini to’ldirish;
ichki, tashqi bozorda olib chiqiladigan mahsulotlar (ish, xizmat)ga bo’lgan talabni qondirish;
milliy va jahon iqtisodiyoti ravnaqi va jamiyat farovonligini oshirish.
O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyatini quyidagi raqamlar orqali ifodalash mumkin. Agar 1990 yilda mamlakatimizning investitsiya portfelida xorijiy investitsiyalar deyarli mavjud bo’lmagan bo’lsa, 2000 yilda investitsiya va kreditlarning ulushi 23,2 foizni, jumladan, hukumat kafolati bilan jalb etilgan xorijiy investitsiya va kreditlar 19,8 foizni, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar 3,4 foizni tashkil qildi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “2021 yilda ana shu maqsadlarga barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 17 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida investitsiyalar jalb etildi va o’zlashtirildi. Bu 2020 yilga nisbatan 10,5 foiz ko’p demakdir. Jami investitsiyalarning 10 milliard 300 million dollardan ziyodi yoki 31 foizdan ortig’i xorijiy investitsiyalar bo’lib, shuning 73 foizi to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalaridir”.
Ma’lumki, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Xorijlik investorlar O’zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo’llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
1. O’zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg’armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo’shib qatnashish. Bunga misol qilib XIIKlarni (ustav kapitalining kamida 30 foizi xorijlik investorga tegishli bo’lishi kerak) keltirish mumkin, ya’ni qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish eng ommabop shakl hisoblanadi.
2. Xorijlik investorlarga to’liq qarashli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish, ya’ni sof xorijiy investitsiyali korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Bunda jami (100 %) ustav kapitali xorijlik investorga tegishli bo’ladi
3. Mol-mulk, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
Intellektual mulkka, shu jumladan, mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek, ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
5. Kontsessiyalar, shu jumladan, tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo’lgan kontsessiyalar olish asosida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
6. Savdo va xizmat ko’rsatish sohalari ob’ektlariga, turar-joy binolariga ular joylashgan er uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek, erga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan, ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali xorij sarmoyasini jalb qilish.
7. Erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
8. Xalqaro lizing amaliyotini rivojlantirish orqali xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.
Umuman olganda, O’zbekiston Respublikasining me’yoriy-huquqiy va qonun hujjatlarida xorijiy investitsiyalar uchun quyidagi kafolatlar va rag’batlantirish omillari amal qiladi:
davlat investitsiya faoliyati sub’ektlarining huquqlarini kafolatlaydi;
davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari investitsiya faoliyati sub’ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas;
davlat investitsiyalar himoya qilinishini kafolatlaydi;
O’zbekiston Respublikasida investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari davlat mulkiga aylantirilmaydi;
investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi;
investitsiya faoliyati sub’ektining investitsiya faoliyati natijasida olingan foydasi (daromadi) soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langach, uning xohishiga ko’ra reinvestitsiya qilinishi yoki boshqa har qanday usulda ishlatilishi mumkin;
investitsiya faoliyati sub’ekti olgan aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar, uning maqsadli bank omonatlari, shuningdek, olingan mol-mulk olib qo’yilgan (rekvizitsiya qilingan) hollarda ular qiymati yoki ijara to’lovlari qonun hujjatlariga muvofiq qoplanadi (kompensatsiya to’lanadi);
O’zbekiston Respublikasining yangi qonun hujjatlarini qabul qilish investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirishi mumkin. Agar O’zbekiston Respublikasining keyingi qonun hujjatlari investitsiyalash shart-sharoitlarini yomonlashtirsa, unda xorijlik investorlarga nisbatan investitsiyalash sanasida amal qilgan qonun hujjatlari investitsiyalash paytidan boshlab o’n yil mobaynida qo’llaniladi. Xorijlik investor o’z xohishiga ko’ra yangi qonun hujjatlarining investitsiyalash shart-sharoitlarini yaxshilaydigan qoidalarini qo’llash huquqiga egadir;
xorijlik investorlarga xorij valyutasidagi pul mablag’larini O’zbekiston Respublikasiga va undan tashqariga, ular soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lashi sharti bilan, biron-bir cheklashsiz erkin o’tkazish kafolatlanadi.
Xulosa qilib aytganda, milliy iqtisodiyotimizda xorijiy investitsiyalarning me’yoriy-huquqiy asoslari bunyod etilgan bo’lib, ularda yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, soliq va bojxona imtiyozlari, qonun o’zgarmaslik kafolatlari, foyda olish va mulklarning rekvizitsiya qilinmasligi va boshqa kafolatlar respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb qilinishini yanada rag’batlantiradi va uning jahon xo’jaligi tizimiga uyg’unlashuvini ta’minlaydi.
1.3 O’zbekiston Respublikasining Tashqi savdo aloqalarini tartibga solish turlari va usullari
Har qanday davlatning tashqi savdo siyosati hukumatning umumiqtisodiy yo’nalishining muhim tarkibiy qismi sanaladi, yanada torroq ma’noda esa eksport-import tovar oqimlari hajmi, tovar tarkibi va jug’rofiy yo’nalishini tartibga solish bilan bog’liq budjеt-soliq faoliyati sohalaridan biridir. Tashqi savdoni tartibga solishning ma’muriy (mos ravishda tarifsiz) usullaridan foydalanilganda bozor mехanizmiga davlat organlari tomonidan ta’sir o’tkaziladi, ularning qarorlari va hatti-harakatlari ko’p jihatdan ishlab chiqaruvchilar va istе’molchilarning хohishlarini bеlgilab bеradi.
Tarifli usullar tovar bеvosita ta’sir qiladi. Bu usullar davlatlar tashqi savdo amaliyotida eng kеng tarqal narхiga gan, chunki ular birdaniga uchta vazifani hal qilish imkonini bеradi:
fiskal5 — budjеt uchun qo’shimcha mablag’larni olish;
rag’batlantiruvchi — хorijiy hamkorlar bilan aloqalarni
rivojlantirish;
protеksionistik — milliy tovar ishlab chiqaruvchilar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish. Tashqi savdoni tarifli tartibga solish usullari qatoriga bojхona bojlari, bojlar, yig’imlar, shuningdеk, boshqa bilvosita soliqlar, mas. aksizlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |