O’zbekistonning soliq tizimi reja: kirish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI I BO’LIM. UMUMIY QOIDALAR



Download 54,62 Kb.
bet9/13
Sana28.04.2022
Hajmi54,62 Kb.
#587897
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Soliq bu keng qamrovli va uzoq tarixga ega bo

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI I BO’LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-bob. Asosiy qoidalar 1-modda. O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar Ushbu Kodeks soliqlar va yig’imlarni belgilash, joriy etish va bekor qilishga, hisoblab chiqarish hamda to’lashga doir munosabatlarni, shuningdek soliq majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga soladi. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, bojxona to’lovlarini belgilash, joriy etish va to’lashga doir munosabatlarga, xuddi shuningdek bojxona majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq munosabatlarga nisbatan qo’llanilmaydi. 2-modda. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va qabul qilinishi ushbu Kodeksda to’g’ridan-to’g’ri nazarda tutilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlardan iborat. Ushbu Kodeksga o’zgartishlar kiritish, shu jumladan uning qoidalarini bekor qilish, amal qilishini to’xtatib turish yoki o’z kuchini yo’qotgan deb e’tirof etish shunday o’zgartishlarni kiritish to’g’risidagi alohida qonunlar bilan amalga oshiriladi. Ushbu Kodeksga kiritiladigan o’zgartishlar huquqiy jihatdan tartibga solishning mustaqil predmetini o’z ichiga olgan yoki boshqa qonunlarni o’zgartiruvchi qonunlarga kiritilishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, O’zbekiston Respublikasi hududida soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari normalarining bir hil qo’llanilishi maqsadida soliq organlari uchun majburiy bo’lgan uslubiy tavsiyalarni chiqarishga xaqli. Mazkur uslubiy tavsiyalar normativ-huquqiy hujjat hisoblanmaydi. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining qoidalarini o’zgartiruvchi, istisno etuvchi, to’ldiruvchi yoki boshqacha tarzda buzib ko’rsatuvchi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan bo’lsa, ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi. 2 Ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq bo’lmagan normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari soliq solish maqsadida qo’llanilmaydi. 3-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni yoki ularning qismlarini ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas deb topish Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi, agar mazkur hujjatga nisbatan quyidagi shartlardan loaqal bittasi bajarilsa, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas deb e’tirof etiladi: 1) hujjat ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatni qabul qilish huquqiga ega bo’lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo’lsa yoxud normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo’lsa; 2) soliq munosabatlari sub’ektlarining huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa; 3) soliq munosabatlari sub’ektlari harakatlarining ushbu Kodeksda belgilangan asoslarini, shartlarini, ketma-ketligini yoki tartibini o’zgartirsa; 4) ushbu Kodeksda taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo’l qo’ysa; 5) ushbu Kodeksning normalariga yoki muayyan qoidalarining mazmuniga boshqacha tarzda zid bo’lsa. Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi ular qabul qilingan sanadan e’tiboran ushbu Kodeksga muvofiq emas deb e’tirof etiladi. Normativ-huquqiy hujjatlar yoki ularning qismlari sud tartibida ushbu Kodeksga muvofiq emas deb e’tirof etiladi. Ushbu Kodeksga muvofiq bo’lmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organi bu hujjatni u sudda ko’rib chiqilguniga qadar bekor qilishga yoki unga zarur o’zgartishlar kiritishga haqli. 4-modda. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining vaqt bo’yicha amal qilishi Soliq solish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq majburiyatlari yuzaga kelgan paytda amalda bo’lgan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qo’llaniladi. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki engillashtiradigan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega. Soliqlar va yig’imlarni bekor qilishni, soliqlar va yig’imlarnining stavkalarini kamaytirishni, soliq to’lovchilarning majburiyatlarini bekor qilishni yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda engillashtirishni nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, agar bu soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida to’g’ridan-to’g’ri 3 nazarda tutilgan bo’lsa, orqaga qaytish kuchiga ega bo’lishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Yangi soliqlar belgilanishini nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kamida uch oy o’tgach amalga kiritiladi. Soliq imtiyozlarini bekor qilishni, yangi majburiyatlarni joriy etishni, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni yoki soliq munosabatlari sub’ektlarining holatini boshqacha tarzda og’irlashtirishni nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari ham huddi shunday tartibda amalga kiritiladi. Soliqlar va yig’imlar stavkalarining o’zgartirilishini nazarda tutuvchi soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, agar ularda kechroq muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, ular rasmiy e’lon qilingan oydan keyingi oyning birinchi kunidan e’tiboran amalga kiritiladi. Ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida ko’rsatilmagan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlari, agar hujjatlarning o’zida kechroq muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 5-modda. Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarni hisoblash tartibi Soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar ro’y berishi kerak bo’lgan voqea yoki amalga oshirilishi kerak bo’lgan harakat ko’rsatilgan kalendar sana bilan yoki vaqtning yillar, choraklar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan o’tish davri bilan aniqlanadi. Kalendar sanadan yoki voqea ro’y berishi kerak bo’lgan sanadan keyingi kun soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatni hisoblash kuni deb hisoblanadi. Yillar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tugaydi. Bunda ketma-ket keladigan 12 oydan iborat har qanday vaqt davri yil deb e’tirof etiladi, kalendar yil bundan mustasno. Choraklar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. Bunda chorak uch kalendar oyga teng deb hisoblanadi, choraklarni sanash esa kalendar yil boshidan e’tiboran olib boriladi. Oylar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. Agar muddatning tugashi tegishli sana mavjud bo’lmagan oyga to’g’ri kelsa, muddat mazkur oyning oxirgi kunida tugaydi. Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan bo’lsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ishlanmaydigan bayram kuni deb e’tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi. Agar muddatning oxirgi kuni O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq dam olish va (yoki) ishlanmaydigan kun deb e’tirof etiladigan kunga to’g’ri 4 kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ishlanmaydigan kundan keyingi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi. Amalga oshirilishi uchun muddat belgilangan harakat muddatning oxirgi kuni soat 24 ga qadar bajarilishi mumkin. Agar hujjatlar yoxud pul mablag’lari aloqa tashkilotiga muddatning oxirgi kuni soat 24 ga qadar topshirilgan bo’lsa, muddat o’tkazib yuborilmagan deb hisoblanadi.
O‘zbekiston Respubliksasi soliq siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari.

Download 54,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish