O’zbekistonning soliq tizimi reja: kirish


SOLIQ VA SOLIQQA TORTISHNING TARIXIY ILMIY ASOSLARI



Download 96,75 Kb.
bet7/12
Sana28.05.2022
Hajmi96,75 Kb.
#612502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KARIMOV ILHOMJON





2.SOLIQ VA SOLIQQA TORTISHNING TARIXIY ILMIY ASOSLARI
Soliqlarning mohiyati to’g’risidagi qarashlar va ularning jamiyat iqtisodiy tizimidagi o’rni jamiyat munosabatlarining rivojlanishi bilan mos ravishda rivojlanib bormoqda. Soliqqa tortish to’g’risidagi qarashlarning shakllanishi bir necha bosqichlardan iborat bo’lib, boshlang’ich bosqichlarda soliqlarga iqtisodiy kategoriya sifatida qaralgan bo’lsa, so’ngi bosqichlarida ularning huquqiy jihatlariga ko’proq e’tibor qaratila boshlandi.
Soliqqa tortish ilk ko’rinishlaridan biri - bu mag’lub bo’lgan davlatdan sovg’a tariqasida undirilgan. Mag’lub bo’lgan davlatning hamma boyliklari g’olib davlatga harbiy mukofot sifatida va xarajatlarini qoplash uchun o’tgan. Keyinchalik mag’lub bo’lgan davlat g’olib davlatni moddiy jihatdan ta’minlab turishlari (yoki pul to’lab turishlari) shart edi. Boshqacha qilib aytganda - soliqlarning birinchi shakli mag’lublardan soliq (yoki mag’lublar solig’i) sifatida undirilgan. Davlatchilik munosabatlari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida va tinchlik paytlarida soliqqa tortish tizimi zarur qurbonlik sifatida jamiyatning ixtiyoriy emas, balki majburiy talablariga asoslangan tarzda amalga oshirilgan. O’sha davrning o’zidayoq soliqning muhim belgisi - majburiylik sezilib turardi. Bundan tashqari soliqqa tortish hali takomillashmagan bo’lsa ham, uning muhim elementlaridan biri - soliq stavkasi ajralib turgan. Moiseyning beshligida shunday deyilgan “… va barcha erdagi donlarning va daraxt hosillarining 110 qismi Xudoga tegishlidir”, ya’ni birinchi daromad solig’i stavkasi 10 foizni tashkil etgan.
Qadimgi Misrda va ko’plab sharqiy davlatlarda soliq davlat boshlig’iga tegishli bo’lgan erdan foydalanganlik uchun ijara haqi sifatida undirilgan. Dastlabki feodal davlatlarida soliqlar davlat boshlig’iga sovg’a sifatida berilgan. Tasodif emaski o’rta asrlarda Angliyada “soliq” va “sovg’a” so’zlari deyarli sinonim so’zlar bo’lib, ikkilasi ham “gift” so’zi bilan ifodalangan. Germaniyada esa soliqning nomi davlat tomonidan soliq to’lash murojaati bilan bog’liq bo’lgan. Keyingi davrlarda soliqlarga
xalqni o’z davlatiga yordami sifatida qaralgan. Ґozirgi kungacha nemis tilida soliq nomi - “steuer” qo’llab-quvvatlash ma’nosini bildiradi. Ammo XVIII asrda soliq nafaqat iqtisodiy ma’noga ega bo’lgan, balki huquqiy ma’noga ham egaligi haqida tasavvur shakllangan. Aynan shu davrda soliqlarga fuqarolarni davlat oldidagi yuridik majburiyati sifatida qaraldi. Shunday qilib, ingliz tilida hozirgacha ba’zi bir soliqlar “duty” deb nomlanadi, ya’ni qarz, majburiyat deganidir.
Soliqqa tortishning to’laqonli nazariy asoslanishi chuqur tarixiy ildizga ega emas. XVII asrgacha hamma soliq to’g’risidagi tasavvurlar tasodifiy va tartibsiz xarakterga ega bo’lgan, bu esa ushbu davrgacha soliqlarga bag’ishlangan tadqiqotlar tor doirada olib borilganligidan dalolat beradi. Vaqtinchalik va tasodifiy soliqlarni doimiy va umumiy to’lovlarga aylantirilishi aholining noroziligiga olib keldi va bu holat moliya ilmidan soliqni nazariy asoslab berishni talab qilar edi. Uzoq vaqt davomida soliq nazariyasida - klassik qarashlar asosiy nazariya bo’lib keldi. Bundan 200 yillar chamasi ilgari A. Smit tomonidan davlat moliyasi evolyutsiyasini o’rganishga asos solindi. Bu nazariya mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ektlar daromadidan davlat xazinasiga tartibli va samarali ravishda soliq undirishning to’rt tamoyilini o’rtaga qo’ydi tenglik, aniqlik, to’lashning qulayligi va arzonligi. Klassik-olimlar U. Peti, J. B. Sey va ingliz iqtisodchilari D. Rikkardo, J. Mil lar iqtisodiyotni samarali va o’zini-o’zi boshqara oladi deb hisoblashgan. Ularning fikricha talab taklifni yaratadi, agar ishlab chiqaruvchilar ko’payib ketishsa ular o’zlari taqchil tarmoqlarga o’tishini, soliqlar esa faqatgina byudjet daromadining manbai sifatidagina rol o’ynaydi xolos deb hisoblashgan. Soliqlar bo’yicha olib borilgan izlanishlar faqatgina uni undirish (tenglik va progressivlik) va undirilgan mablag’larni fiskal ehtiyojlarni qondirish uchun ishlatish ustida olib borilar edi. Ammo iqtisodiyotning rivojlanishi va iqtisodiy tsikllarning bo’lib turishi klassiklar nazariyalarni bir qadar o’zgarishiga olib keldi, ya’ni davlatning roli va iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko’rsata olishini belgilab berish kerak bo’lib qoldi. Bundan tashqari soliqqa tortishning ijtimoiy-iqtisodiy chegaralarini ham belgilab olish kerak edi. Asosiy soliq nazariyalari XVII asrdan boshlab shakllana boshladi va asosiy tamoyillarning mujassamlashganligi sifatida burjuaziya ilmida umumiy soliq nazariyasi nomini oldi. Uning asosiy yo’nalishlari bevosita jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi ta’siri ostida shakllandi.
Umuman olganda, soliq nazariyasi deganda soliqlarning mohiyati va ahamiyati, ularning jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’rni, roli va ahamiyati haqidagi ilmiy bilimlarning u yoki bu tizimi ifodalanadi. Boshqacha qilib aytganda, soliq nazariyasi soliqlarning u yoki bu vazifasini tan olinishiga qarab davlatlarning soliq tizimlarini turli xil shakllanish modellarini o’zida aks ettiradi. Keng ma’noda soliq nazariyasi har qanday umumiy ilmiy tadqiqotlarni o’rganish bilan birga (umumiy soliq nazariyasi) soliqqa tortishning alohida muammolarini ham o’rganadi (xususiy soliq nazariyasi). Xususiy soliq nazariyalari turli xil soliqlarning o’zaro nisbatlarini, soliqlarning tarkibini, soliq stavkalarini va boshqalarni o’rganadi. Bu nazariyaning yaqqol misoli yagona soliq nazariyasidir. Shu tariqa umumiy soliq nazariyalari soliqqa tortishni umumiy jihatlarini, xususiyatlarini belgilab bersa, xususiy soliq nazariyalari esa qaysi soliqlarni joriy qilish kerakligi, ularning sifat tarkibi qanday bo’lishi kerakligi va boshqalarni belgilab beradi.

Soliqlar va soliqqa tortish” fanining maqsadi.


Soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar to`g`risida ilmiy tasavvur hosil qilish va ularni hisoblab chiqarish, undirish, to`lash jarayonlarini amalga oshirish bo`yicha ko`nikmalar shakllantirish. Soliqlar va soliqqa tortish” fanining predmeti Soliqlarning nazariy, huquqiy, tashkiliy, uslubiy asoslari, soliq tizimi va soliqqa tortish tizimi, ularning tarkibi va shakllanish, amal qilish, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganishdir. “Soliqlar va soliqqa tortish” fanining vazifalari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
-mamlakatning soliq munosabatlari, soliq tizimi va soliqqa tortish amaliyotini ilmiy tahlil qilish;
-soliqlar va soliqqa tortishning nazariy, huquqiy, tashkiliy, uslubiy asoslari to`g`risida bilim berish;
-mamlakatning soliq siyosati, tizimi, amaliyoti va ularning yutuqlari, muammolari va istiqbollari to`g`risida tasavvur hosil qilish;
-soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni hisoblab chiqarish, undurish, to`lash, hisobotlarini tuzish va taqdim etish ko`nikmalarini shakllantirish;
-soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar sohasidagi bilimlar va tajriba, yutuqlar va ilg`or g`oyalarni targ`ibot qilish.
Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda avvalombor soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan hisoblanadi. Soliq to‘lovchilarga soliqqa tortish tizimida qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini yengillashtirish, soliq qonunchiligining barqarorligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or mamlakatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “…soliq tizimi uzoq muddat davomida aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Shuning uchun soliq tizimida puxta o‘ylangan, uzoq muddatga mo‘ljallangan siyosatni amalga oshirish lozim”1. Shu boisdan ham ta’lim tizimida soliq sohasidagi bilimlarni o‘rgatishda Respublikamizda amalga oshirilayotgan soliq sohasidagi islohotlarni talaba-o‘quvchilarga to‘laroq yetkazish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish, oliy o‘quv yurtlari ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar tayyorlash, soliq sohasida amaliy tadqiqotlar olib borish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimida tadbiq etishni amalga oshirish xukumatimiz diqqat e’tiborida bo‘lgan asosiy vazifalardan hisoblanadi.
2. Soliqlar davlatning korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, uy xo`jaliklari, fuqarolar bilan o`zaro pul munosabatlari bo`lib, har birining daromadlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi va sezilarli ta’sir ko`rsatadi. Yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan boshlab ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Shuning uchun barcha aholining soliqlar to`g`risida ma`lum tasavvurga ega bo`lishi soliq ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, soliq munosabatlarini takomillashtirishda ijobiy rol o`ynashi shubhasizdir. Aholining ma’rifiy-ma’naviy ilg`or vakillari hisoblangan oily va o`rta maxsus ma`lumotga ega bo`lgan mutaxassislar esa soliqlar to`g`risida to`liqroq va chuqurroq bilimga, yaxshiroq tasavvurga va aniqroq ko`nikmaga ega bo`lishlari maqsadga muvofiq. Bunday intellektual salohiyatga ega bo`lish nafaqat iqtisodiy ta`lim yo`nalishlarini bitiruvchilari uchun juda zarur. Amaldagi soliq tizimini bozor iqtisodiyoti tamoyillari asosida isloh qilish sharoitida ta'lim tizimida soliq sohasidagi bilimlarni o‘rganish, tahlil qilish va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish muhim ahamiyatga ega bo‘lish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy islohotlar yo‘lini tanlaganidan so‘ng, oldimizda mamlakatimizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, boshqa bozor iqtisodiyotiga o‘tishdek murakkab jarayonni boshidan kechirgan rivojlangan va rivojlanayotgan xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalaridan kelib chiqqan holda mohiyatan yangi soliq tizimini vujudga keltirish vazifasi turar edi. Bozor munosabatlari, xo‘jalik yuritishning yangi shakllari rivojlanishi bilan soliq qonunchiligiga zikr etilgan tamoyillardan kelib chiqadigan hamda islohotlarning tegishli bosqichi sharoitiga mos keladigan jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. Soliqlar va soliqqa tortish fanini o‘qitishdan asosida, talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq va soliqqa tortish tizimi bilan yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, amalda qo‘llay olish ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir. Ushbu fan orqali asosan talabalarni soliq turlarini, soliq ob’yektlari, sub’yektlari, soliqni hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari,soliq organlariga hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi, hisoblanayotgan soliqlarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini o‘rgatiladi.Soliqlar va soliqqa tortish fani bo‘yicha mazkur sohada erishilgan asosiy yutuq, muammolar va uning rivojlanish istiqbollari haqida tasavvur hosil qilish, “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha maxsus bilimlarni, kasb faoliyati ko‘nikmalari va uquvlarini shakllantirishga qaratilgandir. Shu bilan bir qatorda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlarning mazmun va mohiyatini talabalar ongiga singdirishdan iboratdir.
2.Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqeylik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.

Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu ob’yektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha sub’yektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob’yektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni ob’yektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi.


“Soliqlar, - deb yozadi D.Rikardo, - hokimiyat ixtiyoriga kelib tushadigan yer mahsuloti va mamlakat mehnatining bir qismini tashkil etadi va oxir-oqibatda ular kapital hisobidan yoki mamlakat daromadi hisobidan to‘lanadi”.3 Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, D. Rikardo soliqlar mohiyatini yoritib, o‘z navbatida A. Smit tomonidan yaratilgan soliqlar nazariyasini ma’lum darajada rivojlantirgan.

Download 96,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish