O’ZBEKISTONNING SOLIQ TIZIMI REJA: KIRISH 1.O’ZBEKISTONDA SOLIQ TIZIMINI VUJUDGA KELISHI…………….
2.SOLIQ VA SOLIQQA TORTISHNING TARIXIY ILMIY ASOSLARI…
3.O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SOLIQ KODEKSI MAMLAKAT SOLIQ TIZIMINING XUQUQIY ASOSI………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOTLARROYXATI………………………….
KIRISH O‘zbekistonda mustaqillik yillarida soliq tizimini takomillashtirish hamda soddalashtirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bunda dunyoda taraqqiyotning «o‘zbek modeli» deya e’tirof etayotgan tadrijiy islohotlar muhim omil bo‘ldi. Natijada soliq ma’murchiligi shaffofligini ta’minlash, soliq to‘lovchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilish borasida muayyan yutuqlarga erishilmoqda. Zero, aniq maqsadlarga yo‘naltirilgan hamda izchil hayotga tatbiq etilgan chora-tadbirlar iqtisodiy mustaqilligimizni mustahkamlashda g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida hamda respublikamizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisida dolzarb va ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Oxirgi uch oyda respublikamizda iqtisodiy munosabatlarni liberallashtirish va kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan qator qonun hujjatlari, shu jumladan bevosita soliq sohasiga oid 3 ta Qonun, 2 ta Prezident Farmoni va 5 ta qarorlari qabul qilindi.
Bugungi seminarimizdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati va ulardan kelib chiqadigan vazifalar, shuningdek Prezidentimizning 2016 yil 27 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi 2699-sonli qarori hamda yuqorida qayd qilingan qonun hujjatlariga muvofiq berilgan soliq imtiyozlari va yengilliklar bilan kasaba uyushmalari faollarini yaqindan tanishtirish va ular orqali keng xalq ommasiga yetkazishdir.