O’zbekistonning neft`-gaz tarmog’i tarixi bu



Download 48,5 Kb.
Sana27.04.2022
Hajmi48,5 Kb.
#585653
Bog'liq
Uzneftgaz


O’zbekistonning neft`-gaz tarmog’i tarixi bu:
- neft` qazib olishning bir asrdan ziyod tajribasi:
O’zbekistonda neftni sanoat asosida ishlash 1885 yildan boshlandi. Farg’ona vodiysidagi Чimyon qishlog’i yaqinida ikkita quduqdan neft` qazib olindi. 1900 yilda bu hududda jiddiy qidiruv ishlari olib borildi va 1904 yili 270 metrdan ziyod chuqurlikdan neft` otilib chiqa boshladi.
- Uglevodorod xom ashyosini qayta ishlashning bir asrlik tajribasi:

11906 yili Farg’ona viloyatida vaqti-vaqti bilan ishlovchi bitta ikki kubli qurilmadan iborat neft` haydash zavodi qurildi. Bu erga neft` ot-aravalarda olib kelinardi. Uning sifati termometr va areometrlar bilan aniqlanardi. Ishlab chiqarishning asosiy mahsuloti yoritgich kerosin va isitgich mazut edi. O’sha paytlarda zavod hududidan tashqaridagi chuqurliklarda benzin yoqib yuborilardi va 1915-1916 yillarda O’rta Osiyoda ichki yonuv dvigatelli avtomobillar paydo bo’lganida uni qo’llash imkoni topildi. Mahsulotlar temir yo’l va ot-aravalarda xorijga- Afg’oniston va Xitoyga chiqarilardi. 1907 yili zavodni aka-uka Nobellar harid qildilar va zavod bosqichma bosqich ta’mirlana boshlandi. O’sha yili Чimyon konidan zavodgacha to’rt dyumli neft` quvuri tortildi va undan foydalanishga kirishildi, rezurvuar parki qurildi. 1940 yili zavodning o’z laboratoriyasi bo’lganida va texnologik jarayonlar sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarilganida, uning yillik quvvati 176 ming tonnaga etdi.


1972 yili Qashqadaryo viloyatida dunyodagi yirik zavodlardan biri Muborak gazni qayta ishlash zavodi qurildi, 1980 yili esa SHo’rtondagi zavod ishga tushirildi.
- Gaz qazib olishning yarim asrlik tarixi:
Birinchi gaz Qizilqumdagi Satalantepa degan kondan 1953 yili qazib olindi. 1962 yili noyob Gazli konini ishlatish uchun transkontinental` Buxoro- Ural, O’rta Osiyo-Markaz gaz quvurlari tarmog’i tortildi.
Rivojlanishning mustaqil yo’li
Mustaqillikning dastlabki yillarida davlatimiz tomonidan yonilg’i-energetika mustaqilliga erishish vazifasi qo’yildi. Suyuq uglevodorodlar qazib olish sur’atlari ancha o’sdi, bu ichki extiyojni ancha qoplash va mahsulotlarni eksport qilish imkonini berdi. Tarmoqning jadal rivoji tuzilmaviy qayta o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qilardi.

1992 yil 3 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O’zbekiston neft` va gaz sanoati “O’zbekneftgaz” Davlat konsernini tashkil etish to’g’risida” gi Farmoni chiqdi.


1992 yil 23 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Davlat neft` va gaz sanoati – “O’zbekneftgaz” konsernini “O’zbekneftgaz” neft` va gaz sanoati korporasiyasiga aylantirish to’g’risida”gi Farmoni chiqdi.
1998 yil 11 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekneftgaz” Milliy neft`–gaz sanoati korporasiyasini “O’zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasiga aylantirish to’g’risida” gi N UP- 2154 – raqamli Farmoni imzolandi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 523-qarori kuchga kirdi.
“O’zbekneftgaz” MXK O’zbekiston Respublikasi yustisiya Vazirligi tomonidan 1999 yili 22 aprelda N1202- raqam bilan ro’yhatdan o’tgan, ta’sis hujjatlariga kiritilgan o’zgarishlar va qo’shimchalar 2000 yil 3 fevralda O’zbekiston Respublikasi yustisiya Vazirligi tomonidan ro’yhatga olingan.

SANAlar
1997 yil - Buxoro neftni qayta ishlash zavodi,


2000 yil - Farg’ona neftni qayta ishlash zavodi ta’mirlashdan so’ng,
2001 yil - SHo’rton gaz kimyo majmui foydalanishga topishirildi
Tuzilma
“O’zbekneftgaz” MXK - tik integrlashgan uch bosqichli xolding kompaniyasidir.
Kompaniyaning amaldagi boshqarish tizimi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 avgustdagi “O’zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi faoliyatini takomillashtirishni tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar to’g’risidagi № PP-446- raqamli Qarori va 2008 yil 1 iyuldagi “O’zbekneftgaz” Milliy xoding kompaniyasining ijro apparati tashkiliy tuzilmasiga o’zgarishlar kiritish to’g’risida”gi №PP-906- raqamli Qaroriga muvofiq tasdiqlangan.
Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi “O’zbekneftgaz” MXKni boshqarishning oliy organi hisoblanadi.
Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi boshqaruvchilar Kengashini saylaydi. Mazkur organ «O’zbekneftgaz» MXK faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, tarmoqni rivojlantirish strategiyasi va istiqbolini belgilaydi, taktika va yaqin vaqt ichida bajarilishi lozim bo’lgan vazifalarni ishlab chiqadi.
Xolding kompaniyasining ijro apparati (Boshqaruv) boshqaruvchilar Kengashining ishchi organi hisoblanadi, boshqaruvchilar Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning nazorati va ijrosini ta’minlaydi, kompaniyaning barcha moliyaviy-xo’jalik faoliyatini joriy boshqarishni amalga oshiradi.
Xolding kompaniyasi Boshqaruvi Raisi boshqaruvchilar Kengashi Raisining o’rinbosari hisoblanadi.
“O’zbekneftgaz” kompaniyasi tarkibiga 6 ta aksiyadorlik kompaniyalari kiradi.

· “O’zneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi (Toshkent sh.)- neft` va gaz konlarini ishlash, neft`, gaz va gaz kondensatni qazib olish, tabiiy gazni qayta ishlash bilan shug’ullanadi;


· “O’zgeoburg’uneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi (Qarshi sh.)- neft` va gaz quduqlarini qidirish, izlash va ishlatish, burg’ulash ishlarini amalga oshiradi.
· “O’ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi ( Toshkent sh.)- gazni er ostida

saqlash, uzatish, inshoatlarni boshqarish, O’zbekiston tabiiy gazini respublika iste’molchilari va respublikadan tashqariga uzatish, shuningdek qo’shni davlatlardan tabiiy gazni tranzit qilishni amalga oshiradi. O’z faoliyatini ta’minlash uchun magistral gaz uzatish tizimi qurilishi va kapital ta’mirlashni bajaradi. Respublika aholisini tabiiy gaz bilan ta’minlaydi.


· “O’zneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi (Toshkent sh.) –loyihalash, neft` va gaz qazib chiqaradigan, uzatadigan, qayta ishlaydigan inshoatlarni kapital qurilish, ta’mirlash va jihozlash, transport ishlarini amalga oshiradi.

· “O’zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi ( Toshkent sh.) - Farg’ona, Oltiari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarining 100% mulkiga egalik qiladi, neft` va gaz kondensatini qayta ishlaydi, shuningdek neft` mahsulotlarini iqtisodiyot tarmoqlariga va Respublika aholisiga etkazib beradi, neft` bazalar, ortish-tushirish terminallari, avtoyonilg’i quyish shahobchalari tarmog’iga egalik qiladi, O’zbekistonning ichki bozorida neft` mahsulotlarini realizasiya qiladigan korxonalar faoliyatini nazorat qiladi;


· “O’zneftgazmash” акциядорлик компанияси (Чирчи? ш. ) – нефть-газ ва газ кимёси мажмуалари корхоналари ва ташкилотлари, шунингдек, Республика и?тисодиётининг турдош тармо?лари эхтиёжи учун машинасозлик ма?сулотлари ишлаб чи?аради, нефть-газ тармо?и машинасозлик заводларининг фаолиятини мувофи?лаштиради.

Rahbarlik qilinadigan tuzilmalar:


“IGIRNIGM” OAJ


- Neft` va gaz konlari geologiyasi va ularni rivojlantirish instituti
“O’zLITIneftgaz” OAJ
- O’zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy- tadqiqot va loyihalash instituti
“O’ztashqineftgaz” OAJ mahsulotlar, moddiy
– Texnika manbalari va texnologiyani eksport va import qilish bilan shug’ullanadi.

“Neftgazdepozit”


- Qimmatbaho qog’ozlarni hisobga olish va saqlash bilan shug’ullanadigan depozit “Neftgazdepozit” unitar korxonasi

“Neftgazinvest ” sho’’ba korxonasi


“O’zneftgazaloqa” ishlab chiqarish


– Texnologiya aloqa boshqarmasi

O’zbekiston harbiylashtirilgan qism


Neft` va gaz sanoatining kasb-hunar kollejlari:
Buxoro shahrida
Urganch shahrida
Farg’ona shahrida
Qoraqalpog’iston Respublikasida
O’zbekiston neft` va gaz jurnali


Kengashi
Download 48,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish