O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi
Qonun ustuvorligi, huquqiy fuqarolik jamiyati “o’zbek modeli”ning asosiy tamoyillaridan biri sifatida. Demokratik jarayonlarning yanada chuqurlashuvi. Ko’p partiyaviylik. Siyosiy partiyalarning tashkil etilishi.
Soxta demokratlarga qarshi kurash. YAngi qonunchilikning asosiy yo’nalishlari. Qonunchilikning liberalashtirilishi. O’zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarining yaratilishi. Sud hokimiyati islohotlari. Ommaviy axborot vositalari faoliyatini isloh qilinishi.
Fuqarolik jamiyati tushunchasi. Mustaqil O’zbekistonda shakllantirilayotgan fuqarolik jamiyatining asosiy komponentlari va xususiyatlari. Fuqarolarning siyosiy faolligining o’sishi. Davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirishda demokratik jarayonlarning yanada liberallashuvi.
O’zbekistonda xavfsizlik va barqarorlik tizimining shakllanishi va rivojlanishi
Konstitutsiya xavfsizlik va barqarorlikning kafolati. Barqaror rivojlanish tushunchasi. Xavfsizlik tizimining asosiy elementlari. Zamonaviy tahdidlar. Milliy xavfsizlik va davlat chegaralari daxlsizligini ta’minlash zaruriyati. O’zbekiston Qurolli kuchlar va chegara qo’shinlarining barpo etilishi. Milliy xavfsizlik va davlat mudofaa qobiliyatining mustahkamlanishi borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar. Ichki Ishlar Vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi islohotlar. Mintaqaviy xavfsizlik muammolari. O’zbekiston va global xalqaro xavfsizlik tizimi. Axborot xavfsizligi. O’zbekistonning MDH, Shanxay Hamkorlik tashkiloti, AQSh va NATO bilan mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasida o’zaro hamkorligi.
Ma’muriy boshqaruv tizimidan voz kechish va bozor islohotlari kontseptsiyasining shakllanishi
O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishdagi birlamchi sharoitlari, uning xususiyatlari (iqtisoddagi inqirozning ochiq shakllari, paxta yakkahokimligi, iqtisodning xom-ashyo xarakteri, sobiq SSSR markaziy hududlariga iqtisodiy qaramlik va h.k.)
Ma’muriy-boshqaruv tizimidan voz kechish, bozor iqtisodiga o’tish.
O’zbekistonning o’ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish yo’lini tanlashi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning iqtisodiy tizimni rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqishdagi roli. Ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish “o’zbek modelining” kontseptsiyasi va tamoyillari, uning dunyo tomonidan tan olinishi.
Tarkibiy iqtisodiy o’zgarishlarning dastlabki bosqichi
1990-yillarning boshidagi inqirozning kuchayishi sabablari.
Dastlabki bosqichdagi milliy iqtisodiy siyosatning ustuvor maqsadlari va asosiy yo’nalishlari. Bozor islohotlarining huquqiy bazasini yaratish jarayonlari. Bozor iqtisodi talablariga javob beradigan yangi tizimning yaratilishi va ichki bozorni himoya qilish bo’yicha amalga oshirilgan inqirozga qarshi choralar.
Institutsional o’zgarishlar. Milliy moliya – bank tizimining shakllanishi. Ko’p ukladli iqtisodiyotning vujudga kelishi. Agrar sohadagi iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi. Dastlabki bosqichdagi tarkibiy iqtisodiy islohotlarning asosiy natijalari.
Bozor iqtisodiyoti institutlarining mustahkamlanishi va rivojlanishi. Mulkdorlar sinfining shakllanishi
Ikkinchi bosqichdagi iqtisodiy islohotlarning vazifalari va ustuvor yo’nalishlari. Xususiylashtirish jarayonining chuqurlashuvi va raqobatbardosh muhitning shakllanishi, ko’chmas mulk va qimmatbaho qog’ozlar bozorining yaratilishi, haqiqiy mulkdorlar qatlamining kengayishi.
Makroiqtisodiy barqarorlikning ta’minlanishi. Milliy valyutaning joriy qilinishi va pul muomilasini mustahkamlash choralari. Soliq tizimini takomillashtirish, xom-ashyo, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish.
Respublika eksport salohiyatini kengaytirlishi.
Sanoatni tubdan yangilashdagi muammolari. Sanoat, transport va aloqada yangi sohalarning yaratilishi. Fermer va dehqon xo’jaliklarining rivojlanishi. Energetika va don mustaqilligining qo’lga kiritilishi. Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichining asosiy natijalari: muvaffaqiyatlar va muammolar.
Iqtisodiy sohani tarkibiy liberallashtirish
Do'stlaringiz bilan baham: |