O’zbekistonning Markaziy Osiyo repsublikalari bilan aloqalarining yangi bosqichi
SamDU “Jahon tarixi” kafedrasi
1-kurs magistranti Abduhamidov Jalol
O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yosh mustaqil davlatlar – Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik, do’stlik va madaniy aloqalarini mustahkamlashga qaratildi. “Markaziy Osiyo” atamasi mintaqaga nisbatan g’arbda XX asrning 80-yillari oxirlaridan boshlab qo’llanila boshlagan. 1991-yildan keying, ya’ni mintaqa davlatlarining siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritganlaridan keying davrda ushbu hududni “Markaziy Osiyo” atamasi orqali atash keng tarqala boshladi. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 1993-yilda Olmaota shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvida ular mintaqaga nisbatan bundan buyon Markaziy Osiyo atamasini qo’llash to’g’risida kelishib olishdi.1 Bu beshta davlatlar tarixi, madaniyati, tili va dininin birligidan, tomirlasrining tutashib ketanligidan kelib chiquvchi jaddiy siyosat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot yo’li edi. Mintaqadagi davlatlar, xalqlar o’rtasida teng huquqli va o’zaro manfaatli hamkorlik o’rnatib uni mustahkamlash, rivojlantirish, madaniy-marifiy tadbirlarini qadam-baqadam amalga oshirib kelinmoqda.
Shuni alohida aytish kerakki, Prezident Shavkat Mirziyoyev davrida Markaziy Osiyo repsublikalari bilan manfaatli aloqalar yangi pallaga kirdi. “Biz o’zaro ishonch va manfaatlarni hisobga olish asosida xorijiy davlatlar, eng avvalo, qo’shni davlatlar, shu bilan birga, xalqaro institutlar bilan yaqindan hamkorlik qilishni bugungi kun talablari darajasida tashkil etamiz”.2 Markaziy Osiyo – O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi hisoblanadi va aynan shu mavzuda 2017-yil avgustda xalqaro anjuman ham bo’lib o’tdi. Unda BMT resident koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi doimiy vakili X. Freyzer O’zbekistonda qabul qilingan 2017-2021-yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasi va unga muvofiq qo’shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo’yicha amalga oshirilayotgan tashqi siyosat kelgusida nafaqat O’zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning yanada farovonlashuvi va barqaror rivojlanishining kafolati ekanini ta’kidladi. 3
O’zbekistonning Markaziy Osiyo repsublikalari bilan aloqalarini ikki bosqichga bo’lsak o’rinli bo’ladi: 1) 1991-2016-yillar; 2) 2016-yildan hozirgi kungacha. Birinchi bosqichda qardosh respublikalar bilan diplomatic aloqalar o’rnatilib, qator oliy darajadagi uchrashuvlar o’tkazildi. Ko’plab geosiyosiy va transchegaraviy muammolar hal etilsa-da, hali yechimini topishi kerak bo’lgan masalalar talaygina edi.
Ikkinchi bosqich bevosita Prezident Sh. Mirziyoyev faoliyati bilan bog’liq bo’lib, yuqorida aytilganidek, yangi pallaga kirdi. Xususan, 2017-yil Shavkat Mirzyoyev ikki marta (mart, may, oylari) Turkmanistonga tashrif buyurdi. Mart oyidagi muzokoralar yakunida prezidentlar O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida Strategik sheriklik to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. 2017-yil may oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyod shahrida bo’lib o’tgan AQSh va arab-musulmon davlatlari sammitida ishtiroki doirasida Tojikiston Prezidenti Imomali rahmon bilan ilk bor uchrashdi. 2017-yil iyunda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Ostona sammiti munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog’istonda bo’ldi. 2017-yil sentabrda Qozog’iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan O’zbekistonga keldi. 2017-yil sentabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkekda bo’ldi. 2017-yil dekabrda Qirg’iziston Prezidenti Sooranbay Jeenbekov rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.4
2018-yil Markaziy Osiyo integratsiyasi yili bo’ldi. Mintaqa yetakchilarining butun yil davmidagi sermahsul uchrashuvlari Markaziy Osiyoning eng ko’p aholiga ega, o’z chegaralari va qo’shnilari bilan munosabatlarda tobora ko’proq ochiqlikka intilayotgan mamlakat – O’zbekiston ishtirokida o’tdi. Shu yil mart oyidagi uchrashuv ilk bora Markaziy Osiyo rahbarlarining biror tashkilot doirasida emas, blaki o’zaro uchrashuvi bo’ldi.5 15-mart kungi uchrashuvdan so’ng, Markaziy Osiyo davlatlarining yuqori martabali vakillari 20-22-iyun kunlari Qirg’izistonga yig’ildilar. Ular shuningdek, 6-iyun kuni Ostonada bo’lib, Qozog’iston poytaxtining 20-yilligi munosabati bilan o’tkazilgan bayram tantanalarida ishtirok etdilar. Karvonsaroy nashri bilan suhbatda olmaotalik siyosatshunos Talgat Ismagambetovshunday deydi: “Mamlakatlar orasidagi munosabatlarda haqiqiy yutuqlar ko’zga tashlanmoqda… Hamkorlikni chuqurlashtirishga moyillik yaqqol sezilmoqda”. 6 2018-yil Sentabr oyi boshida Turkiy tilli davlatlarning hamkorlik kengashi Qirg’izistonning Cho’lpon ota shahrida o’zining 6-sammitini o’tkazildi, unda Prezident Shavkat Mirziyoyev faxriy mehmon sifatida ishtirok etdi. Bungacha O’zbekiston bu sammitga qatnashmagan edi.
2019-yil noyabr oyining so’nggi dekadasida poytaxtimiz Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvi boshlandi, Prezident Sh. Mirziyoyevning “Yaratganning inoyati bilan biz qo’shnilarmiz. Xalqlarimizning tarixi va taqdiri, kelajagi chambarchas bog’liq. Bu esa mintaqamizni birlashtiruvchi kata kuchdir” degan so’zlari qardosh respublikalarning hamkorlik aloqalari nechog’lik bardavom ekanligini isbotlab turibdi. Yana shuningdek, mazkur uchrashuvda davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda ko’p tomonlama hamkorlik bo’yicha yagona nuqtayi nazarni kelishish zarurligini ta’kidlab, uning asosiy yo’nalishlari haqida o’z fikrlarini bildirdi, qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Unga ko’ra:
Avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishdir. Katta bozorga ega, tabiiy xomashyo va inson resurslari salmoqli bo’lgan mintaqaning raqobatdosh ustunliklarini imkon qadar to’liq ishga solish muhim.
Ikkinchi muhim yo’nalish – mintaqaning transport jihatidan o’zaro bog’liqligini mustahkamlash va transit salohiyatini ro’yobga chiqarish.
Mintaqaning uzoq muddatli manfaatlarini hisobga olgan holda energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish zarurligi, O’zbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini oshirish, zamonaviy energetika infratuzilmasini yaratish borasidagi qo’shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekani ta’kidlandi.
Mamlakatlarning ulkan turizm salohiyatini amalga oshirish.7
Ko’rinib turibdiki, O’zbekistoning Markaziy Osiyo bilan har tomonlama siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi aloqalarida kata ijobiy siljishlar yaqqol ko’zga tashlanmoqda, bu ishlarning barchasi Prezident Sh. Mirziyoyevning uzoqni ko’zlab amalga oshirayotgan strategic siyosatlarining amaliy isboti sifatida namoyon bo’lmoqda. “Biz O’zbekiston tashqi siyosatini faollashtirish yuzasidan boshlagan keng ko’lamli ishlarni, milliy manfaatlarimizga javob beradigan, ochiq, pragmatic va chuqur o’ylangan tashqi siyosat yo’lini davom ettiramiz. Olib va yaqindagi barcha davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini, uzoq muddatli va ko’pqirrali sheriklikni yanada kuchaytiramiz. Bu borada quyidagi ustuvor jihatlarga sizlarning diqqatingizni qaratmoqchiman. Birinchi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar bilan barcha sohalarda o’zaro do’stlik, yaxshi qo’shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni mazmun va sifat hihatdan yangi bosqichga olib chiqishimiz zarur”.8
Do'stlaringiz bilan baham: |