Muvaqat prezident Shavkat Mirziyoyevning hokimiyatga kelishi ortidan mintaqa davlatlari bilan munosabatlarni yaxshilashi yangi hokimiyatdagi ijobiy o`zgarishlardan biri sifatida e`tirof etildi. Bu o`zgarish, ayniqsa, qo`shni davlatlar, chegara hududlarida yashayotgan o`zbeklar tomonidan ham olqishlandi. Tojikiston, Qirg`iziston bilan o`zaro do`stlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar o`tkazildi. Mintaqa davlatlari o`rtasida suvdan foydalanishdan tashqari chegarani aniqlash masalasi ham dolzarb turibdi. O`zbekiston Qirg`iziston va Tojikiston bilan demarkatsiya qilinmagan chegara hududlariga ega. Rasmiy Toshkent so`nggi paytda Tojikiston va Qirg`iziston rasmiylari bilan chegara hududlarini aniqlashtirish bo`yicha ham muhokamalar o`tkazgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |