O'zbekiston qo'shnilar bilan aloqalarni yaxshilamoqda O'zbekistonda rahbar o'zgarishi o'zaro ziddiyatli aloqalarga ega bo'lib kelgan qo'shni davlatlar bilan munosabatlarga ancha ijobiy ta'sir ko'rsatdi. 25 yillik tanaffusdan so'ng Toshkent-Dushanbe aviaqatnovlari yo'lga qo'yiladigan bo'ldi. O'zbekiston bu yo'nalishida charter reys amalga oshirilgani, muntazam qatnovlar keyingi yilning yanvar oyidan boshlanishi haqida ma'lumot tarqatdi. “O`zbekiston Havo yo`llari” delegatsiyasi Tojikistonda bo`lib muzokaralar o`tkazgan, yanvar oyidan Toshkent-Dushanbe o`rtasidagi qatnovlarni haftasiga ikki marta amalga oshirishga kelishilgan. Chegara hududlarida yashaydigan aholi tomonidan chegara postlari orqali o`zaro qatnovlar ham biroz yengillashgani qayd etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |