O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligini kuchaytirish davr talabi


Mintaqa davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish O`zbekiston tashqi siyosatidagi eng ustuvor masala sifatida e`tirof etilgan2



Download 186,87 Kb.
bet10/17
Sana10.09.2021
Hajmi186,87 Kb.
#170490
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Markaziy Osiyo

Mintaqa davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirish O`zbekiston tashqi siyosatidagi eng ustuvor masala sifatida e`tirof etilgan2.



O'zbekistonning mintaqadagi yangi tashqi siyosati


Ijtimoiy hayot 9 Dekabr 2020 571

Matn: Баҳор Хидирова

Ilk bor Markaziy Osiyo davlatlarining maqsadlari va manfaatlari yagona mintaqa sifatida namoyon bo'ldi.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 28 yillik bayrami munosabati bilan  Prezidentimizning xalqimizga  yo'llagan tabrigida ilgari surilgan muhim fikr va g'oyalar shu kunlarda mamlakatimiz jamoatchiligi o'rtasida qizg'in muhokama qilinmoqda. Darhaqiqat, Konstitutsiyamizning qoida va tamoyillaridan kelib chiqib, bundan to'rt yil oldin  qabul qilingan Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalar izchillik bilan amalga oshirilishi natijasida bugun  xalqimizning dunyoqarashi tubdan o'zgardi.

Jamiyatimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirilyapti. Hatto, global pandemiya sharoitida ham boshlangan xayrli ishlar aslo susaymadi. Aksincha, vaziyatdan kelib chiqib inson huquq va manfaatini ta'minlashga oid chora-tadbirlar yanada jadal­lashdi.

Albatta, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunday keng qamrovli ishlar eng avvalo, xalqimizning turmush farovonligini yaxshilash, jamiyatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishda muhim omil bo'lmoqda. Xalqimiz bugungi kunda murakkab sinovlarni mardona engib, yurtimizda erkin, obod va farovon hayot — yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida fidokorona mehnat qilmoqda.

Bugun “Yangi O'zbekiston” degan ibora xalqaro maydonda nafaqat yangi tushuncha, balki real ijtimoiy hodisa sifatida qabul qilinmoqda. Konstitutsiyamiz yaratib bergan ulkan huquqiy imkoniyatlarning samarasi bo'lgan  bunday  yutuq  va natijalar barchamizga,  albatta, yuksak g'urur va iftixor bag'ishlaydi.

Aytish kerakki, Konstitutsiyamiz xalqimizning asrlar davomida orzu qilgan mustaqilligining yorqin ramzi, tinch va osuda hayot kechirishi, milliy qadriyatlarimiz, tariximiz va madaniyatimizning tiklanishi, shuningdek, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab bergan qomusiy hujjatdir.

Shu bilan birga Konstitutsiyamiz vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va xavfsizligini ta'minlash, suverenitetimizni mustahkamlash, mamlakatimizning xalqaro munosabatlarda teng huquqli sub'ekt sifatida faoliyat olib borishini o'zida mujassam etgan milliy manfaatlarimiz yig'indisidir.

Bundan tashqari, davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub o'zgarishlar va keng ko'lamli islohotlar, shu jumladan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari tamoyillarining mustahkamlanishi, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish, uzoq va yaqin xorijiy davlatlar bilan o'zaro manfaatli aloqalarning o'rnatilishida Konstitutsiyamiz muhim poydevor bo'lib xizmat qilmoqda.

Bugun O'zbekistonning Konstitutsiyada belgilangan xalqaro huquqning belgilangan tamoyil va me'yorlariga asoslangan, tinchlikparvar, do'stona va o'zaro manfaatli hamkorlikka qaratilgan faol tashqi siyosat olib borishi ichki siyosatimizning mantiqiy davomidir. U mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga, fuqarolar  tinchligi va milliy totuvligini ta'minlashga, mamlakatimizning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga va xalqaro maydonda o'z salohiyatini to'liq namoyon qilishiga zamin yaratmoqda.

Yuqorida sanab o'tilgan vazifalar va milliy manfaatlarimizni amalga oshirishga qaratilgan O'zbekistonning tashqi siyosati nimalarda namoyon bo'lmoqda?

Birinchidan, bu so'nggi yillarda ­O'zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasida olib borayotgan mutlaqo yangi tashqi siyosatidir. Davlatimiz rahbari  SHavkat  Mirziyoev  ta'kidlaganidek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan do'stona, yaqin qo'shnichilik va o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash bu tashqi siyosatimizning ustuvor yo'nalishi sifatida belgilangan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad — mintaqada tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirish va xalqlarning farovon hayot kechirishiga sharoit yaratish.

Mintaqaviy munosabatlarning yangi bosqichga chiqishiga 2017 yil Samarqand shahrida BMT shafeligida Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta'minlash bo'yicha “Markaziy Osiyo:  yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik” mavzusida xalqaro konferentsiya o'tkazilishi va ushbu tarixiy tadbirdan keyin shakllangan “Samarqand ruhi”  katta zamin yaratdi.

Buning natijasida, qisqa vaqt ichida Markaziy Osiyo xalqlarining birgalikdagi sa'y-harakatlari tufayli mintaqada do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va hamkorlik muhitini yaratishga erishildi.

Siyosiy ishonch yuksak darajaga ko'tarildi. Bu esa  mintaqadagi hayotiy muhim muammolarni samarali hal etish imkonini bermoqda. O'zbekiston rahbariyati ushbu yo'nalishda izchil, chuqur o'ylangan va tashabbuskor tashqi siyosat olib bormoqda.

Shu o'rinda alohida qayd etish lozimki, Markaziy Osiyodagi ijobiy o'zgarishlar mintaqani jahon hamjamiyatida o'rni va nufuzini oshirishga xizmat qilmoqda. Birinchi navbatda, bunga misol sifatida ilk marotaba BMTda “Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash” rezolyutsiyasi qabul qilinganligini keltirib o'tsak bo'ladi.

O'zbekiston  tashabbusi bilan qabul qilingan ushbu rezolyutsiyaning muhim jihatlaridan   biri shundaki,   ushbu hujjat orqali barcha Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining mintaqada ishonch va yaxshi qo'shnichilik muhitini yanada mus­tahkamlashga bo'lgan intilishi va qat'iy siyosiy irodasi namoyon bo'ldi.

Ikkinchidan,  Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan ilk marotaba mintaqadagi hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari umumiy va yaxlit konsensusga birlashtirgan holda xalqaro hujjatda belgilab olindi. SHu bilan bir qatorda, rezolyutsiyaning  qabul qilinishi  Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqa taqdiri uchun ma'suliyatni to'liq o'z zimmalariga olishga tayyor ekanliklarini tasdiqladi. Ilk bor Markaziy  Osiyo davlatlarining  maqsadlari va manfaatlari yagona mintaqa sifatida namoyon bo'ldi.

Ushbu fikrning mantiqiy davomi sifatida ta'kidlash joizki,  AQSH  Karnegi markazi mutaxassislari e'tirof etishicha, mintaqada kuzatilayotgan jarayonlarni  yangilanayotgan Markaziy Osiyo­ning o'ziga xosligini topishga bo'lgan  harakat,  deb baholash mumkin.  Hozirgi mintaqaviy yaqinlik va do'stona munosabatlar, Markaziy Osiyo davlatlari mus­taqillikka erishgan davrdan beri ilk bora kuzatilayotgan ijobiy hodisadir.

Jahon hamjamiyatida Markaziy Osiyo­ning ahamiyati va roli oshib borayotganligini mintaqada va boshqa chet el mamlakatlari yoki xalqaro birlashmalar o'rtasida muloqotning turli formatlari tashkil qilinayotganligida ko'rishimiz mumkin. Mavjud “Markaziy Osiyo — AQSH”, “Markaziy Osiyo — Evropa ittifoqi”,  “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi”, “Markaziy Osiyo — YAponiya” kabi muloqot formatlari qatoriga oxirgi yillarda “Markaziy Osiyo — Hindiston”, “Markaziy Osiyo — Xitoy” va “Markaziy Osiyo — Rossiya Federatsiyasi” singari yangi formatlar qo'shildi.

Bu nimadan dalolat beradi?

Avvalambor, mintaqadagi ijobiy o'zgarishlar natijasida yuzaga kelgan mutlaqo yangi muhit dunyoning etakchi davlatlari tomonidan Markaziy Osiyoga nisbatan e'tiborning oshganligini ko'rsatyapti. endilikda, chet el mamlakatlari mintaqa mamlakatlari bilan nafaqat ikkitomonlama hamkorlik doirasida, balki yagona mintaqaviy ko'ptomonlama  munosabatlarni rivojlantirishga ahamiyat qaratmoqda.

Shuningdek, “Markaziy Osiyo va + ” formatlar orqali mintaqadagi umumiy ehtiyojlari doirasidan kelib chiqqan holda, yagona maqsadlarni amalga oshirish uchun zamin yaratilyapti.

Bu o'z navbatida, mintaqadagi  barcha  mamlakatlar manfaatlarini inobatga olgan  Markaziy Osiyoda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlashga qaratilgan katta qadamdir. Shu bilan birga, mintaqa hamda boshqa davlat  va  xalqaro institutlar o'rtasida yangi formatlarning tuzilishi bu, Markaziy Osiyoning geosiyosiy va iqtisodiy ahamiyati oshib borishiga, shuning­dek,  mintaqaga xalqaro munosabatlardagi yaxlit siyosiy-diplomatik sub'ekt sifatida qaralishiga olib kelmoqda.

Bu, o'z navbatida, mintaqaning barqarorligini ta'minlab, investitsion jozibadorligini oshiryapti, tashqi davlatlar va investorlar bilan hamkorlik uchun keng imkoniyatlar ochib beryapti. Ayni paytda O'zbekiston va mintaqa davlatlari o'rtasida shakllangan yangi muhit barcha yo'nalishlarda o'z natijasini bermoqda.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, transchegaraviy, suv resurslaridan oqilona foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, chegara punktlarini kesib o'tish kabi eng dolzarb muammolarni mintaqa davlatlari ochiq va do'stona ruhda echishmoqda.

Shu o'rinda ba'zi bir misollarni keltirib o'tsak:

O'zbekiston va mintaqa davlatlari o'rtasida savdo aylanmasi 2016 yilda 2,4 milliard AQSH dollarini tashkil etgan bo'lsa, ushbu raqam 2019 yilga kelib 5,2 milliard AQSH dollariga etdi. Pandemiya sharoitiga qaramasdan, joriy yilning yanvar`-oktyabr` oyida tovar aylanmasi 3,8 milliard AQSH dollarini tashkil qildi.

O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida savdo-iqtisodiy va investitsion munosabatlarning jadallik bilan rivojlanishiga yana bir dalil sifatida qo'shma va xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar sonining o'sish ko'rsatkichlarini keltirib o'tish mumkin. Misol uchun, 2017 yil O'zbekiston hududida Markaziy Osiyo davlatlari kapitali ishtirokidagi korxonalar soni  312 ta  bo'lsa, joriy yilning iyul` oyiga kelib ushbu raqam 4 barobarga oshib, 1 357 taga etdi.

Chegara punktlardagi ba'zi bir to'siqlarning olib tashlanganligi natijasida O'zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari o'rtasida aloqalar tubdan yaxshilandi. Taqqoslash uchun, 5 yil oldin O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasidagi chegara punktlaridan bir sutkada 200-300 nafar fuqaro o'tgan bo'lsa, hozirgi kunda bu raqam 30 mingtaga etdi.

Tojikiston bilan ham chegara punktlarini sutkasiga 20 ming nafar fuqaro kesib o'tmoqda. Bularning barchasi mintaqa davlatlari xalqlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasidir.

Shu bilan birga aytib o'tish lozimki, Markaziy Osiyo mintaqasida shakllangan do'stona va yaxshi qo'shnichilik muhiti sababli mintaqaning investitsion-iqtisodiy salohiyati yanada oshib bormoqda. Xususan, Markaziy Osiyo davlatlarining investitsion jozibadorligi yaxshilanib, 2019 yilda mintaqa mamlakatlari iqtisodiga 37,6 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilindi. Bu ko'rsatkich 2016 yilga nisbatan 40 foiz ko'p. O'z navbatida mintaqa davlatlarining chet el mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2019 yilda 2016 yilga nisbatan 56 foiz oshib, 168 milliard AQSH dollarini tashkil qildi. Mintaqa mamlakatlariga tashrif buyuruvchi fuqarolar soni 2019 yilda 18 million nafardan oshib, 2016 yilga nisbatan 93 foiz o'sishga erishildi.

Ushbu ko'rsatkichlarning yaxshilanishi, o'z navbatida mintaqa yalpi ichki mahsulotining jadal o'sishiga olib kelmoqda. Xususan, 2016 yilga nisbatan 2019 yilda mintaqa YAIM 19,6 foiz o'sib, 302,8 milliard AQSH dollariga etdi.

Yaponiyaning nufuzli “The Diplomat” nashrining yozishicha, SHavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi ­Prezidenti etib saylanishi Markaziy Osiyoda mintaqaviy munosabatlarning butkul yaxshilanishiga turtki bo'ldi. ­O'zbekiston rahbari tashqi siyosatidagi birinchi amaliy harakatlari, qo'shni davlatlar bilan saqlanib qolgan muammolarni konstruktiv yo'llar orqali echib, munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Buning natijasida Markaziy Osiyo imkoniyatlar mintaqasiga aylanib bormoqda.

O'zbekistonning mintaqaviy tashqi siyosati haqida gap ketar ekan, yana bir muhim yo'nalish — bu shubhasiz, Afg'onistondagi vaziyatdir. Davlatimiz  rahbari  SHavkat  Mirziyoev ta'kidlaganidek, Afg'oniston Markaziy Osiyo mintaqasining bir qismi hisoblanib, ikki mamlakat xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-tsivilizatsion makonda yashab kelgan.

Qayd etib o'tish lozimki, hozirda dunyo hamjamiyatida Afg'onistonda tinchlikni o'rnatishga qaratilgan sa'y-harakatlarning sezilarli faollashuviga turtki bergan hodisa, bu — 2018 yil mart ­oyida Toshkentda Afg'oniston bo'yicha o'tkazilgan xalqaro konferentsiyadir.

Anjuman yakunida qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi Afg'oniston hukumati va “Tolibon” harakati o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri tinchlikparvar muzokaralarni zudlik bilan boshlash zarurligi bo'yicha mintaqaviy va global darajadagi yagona pozitsiyani namoyish etdi.

Afg'onistonda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashda O'zbekiston tashqi siyosatidagi ustuvor maqsad bu, shubhasiz, Markaziy Osiyo davlatlari bilan ushbu yo'nalishda keng qamrovli harakatlarni amalga oshirishdir. O'z navbatida, so'nggi yillarda Markaziy Osiyodagi yangi mintaqaviy hamkorlik Afg'oniston masalasida ham yagona pozitsiya shakllanishiga olib keldi. Xususan, 2018 yil yanvar` oyida BMT Xavfsizlik Kengashida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokida “Xavfsizlik va taraqqiyotning o'zaro bog'liq modeli sifatida Afg'oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo'lga  qo'yish” mavzusida maxsus uchrashuv tashkil qilindi.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining 2019 yil Toshkent shahrida o'tkazilgan ikkinchi  Maslahatlashuv  uchrashuvlari doirasida qabul qilingan Qo'shma bayonotda barcha davlatlarning Afg'onistonda tinchlikni o'rnatish manfaatdorligi aks ettirildi. Bunda mintaqa davlatlari Afg'onistonni Markaziy Osiyo savdo-iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarga jalb etish bo'yicha sa'y-harakatlarni davom ettirish muhimligini ta'kidlab o'tishdi.

Qayd etish lozimki, Toshkentning Afg'oniston yo'nalishidagi yangilangan siyosati va tashabbuslari butun Afg'onistonda — mamlakat aholisi, rasmiy hukumat, turli siyosiy kuchlar tomonidan munosib kutib olinmoqda.

O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasidagi munosabatlar faollashuvi natijasida ikkitomonlama savdo-iqtisodiy aloqalar sezilarli darajada faollashdi. Xususan, ikki davlat o'rtasidagi savdo aylanmasi 2019 yilga kelib 617 million AQSH dollarini tashkil qildi, bu 2015 yilga nisbatan 28 foiz yuqori ko'rsatkichdir. Savdo-iqtisodiy aloqalarning faollashuvi transport-logistika sohasiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Misol uchun, 2019 yilga kelib temir yo'l orqali yuk tashish hajmi 10 foiz oshib, 1,1 million tonnaga etdi.

Ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik energetika sohasida ham jadallashmoqda. Xususan, O'zbekiston Afg'onistonga elektr energiyasini etkazib berish haj­mini 2002 yilga nisbatan 30 baravarga oshirdi.

Ikkitomonlama munosabatlarning muhim yo'nalishlaridan yana biri, bu — afg'onistonlik malakali kadrlarni tayyorlash masalasidir. Ushbu maqsadda 2018 yil Termiz shahrida Afg'oniston fuqarolarini o'qitish markazi ochilib, bugungi kunda 136 nafar afg'onistonlik talaba o'qishni yakunladi. Ushbu bitiruvchilar hozirgi kunda Afg'oniston parlamenti, vazirlik va idoralarida faoliyat ko'rsatyapti. Hozirgi kunda Termizdagi o'quv markazida 172 nafar afg'on talabasi tahsil olmoqda. e'tiborga molik jihati shundaki, ularning  46 nafari afg'onistonlik qizlar.

Germaniyaning Ilm-fan va siyosat jamg'armasi ekspertlari fikriga ko'ra, O'zbekistonning mintaqadagi, shu jumladan, Afg'oniston yo'nalishidagi tashqi siyosati mamlakatni investorlar uchun jozibador va xalqaro hamjamiyatda ishonchli hamkor sifatida gavdalanishiga sabab bo'lmoqda. Germaniyalik mutaxassislarning ta'kidlashicha, ­O'zbekiston ichki va tashqi siyosatida olib borayotgan  butkul  yangicha  islohotlar  nafaqat mamlakatning  ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatyapti, shu bilan birga   O'zbekistonning xalqaro maydondagi muhim davlatlardan biri sifatida tan olinishiga olib kelmoqda.

Uchinchidan, global va umumbashariy muammolarni echishda O'zbekiston o'z tashabbuslari va amaliy harakatlari natijasida xalqaro tashkilotlar va davlatlar tomonidan strategik va ishonchli hamkor sifatida tan olinmoqda. Xususan, 2018 yil 12 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida “Ma'rifat va diniy bag'rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilindi. Mazkur hujjat loyihasi O'zbekis­ton tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib,  BMTga a'zo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi. Qayd etib o'tish lozimki, ushbu tarixiy rezolyutsiyaning qabul qilinishi 2017 yil sentyabr` oyida N`yu-Yorkda bo'lib o'tgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezident SHavkat Mirziyoev ilgari surgan tashabbusning amaliy ifodasi bo'ldi.

Shu bilan bir qatorda, joriy yil oktyabrida  O'zbekiston  ilk bor BMTning Inson huquqlari kengashiga a'zo sifatida saylandi. Mamlakatimizda ushbu sohani yanada rivojlantirish maqsadida Inson huquqlari bo'yicha Milliy strategiya va uni amalga oshirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” ham tasdiqlangan. O'z o'rnida ushbu tashabbuslarning zamirida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan inson huquqlari, ya'ni, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'i nazar, mamlakatimiz fuqarolari tengligining ta'minlanishi bo'yicha tamoyillar muhim o'rin tutadi.

Mushtarak qilib aytganda, bugungi kunda O'zbekiston olib borayotgan mintaqaviy va global tashqi siyosatning ijobiy mahsuliga asos bo'lib Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyil va vazifalarning mujassamligi namoyon bo'lmoqda. eng muhimi, mamlakatning tashqi siyosati davlat va xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilmoqda.

 

                            Akrom NE'MATOV,



  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktorining birinchi o'rinbosari

Amir SALOMOV,

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti bo'lim rahbari3


Download 186,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish