Toshkent viloyati - (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni Toshkent shahri bilan birga hisoblaganda 15,6 ming kvadrat kilometr bo’lib, 4520,4 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Bekobod, Bo’ka, Bo’stonliq, Zangiota, Oqqo’rg’on, Ohangaron, Parkent, Pskent, Toshkent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo’l, O’rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq) va 16 ta shahar (Angren, Bekobod, Bo’ka, «Do’stobod», Keles, Olmaliq, Ohangaron, Oqqo’rg’on, Parkent, Pskent, To’ytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiobod, Yangiyo’l, G’azalkent) mavjud. Viloyat markazi Toshkent shahrida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |