Qoraqalpog’iston Respublikasi (sobiq Qoraqalpog’iston muxtor respublikasi) 1992- yil 9- yanvarda suveren respublika maqomini oldi. Uning maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrga teng bo’lib, 1530,2 ming kishi yashaydi. Qoraqalpog’iston Respublikasi tarkibiga 14 ta qishloq tumani (Amudaryo, Beruniy, Kegayli, Mo’ynoq, Nukus, Taxtako’pir, To’rtko’l, Xo’jayli, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Qonliko’l, Qorao’zak, Qo’ng’irot) va 12 ta shahar (Nukus, Beruniy, Bo’ston, Mang’it, Mo’ynoq, Taxiatosh, To’rtko’l, Xalqobod, Сhimbоy, Shumanay, Xo’jayli, Qo’ng’irot) kiradi. Qoraqalpog’istonning poytaxti Nukus shahri bо’lib, unda 236700 kishi yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |