O’zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi, aholisi va moddiy imkoniyatlari reja



Download 20,63 Kb.
bet1/8
Sana18.02.2022
Hajmi20,63 Kb.
#452497
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ozb mamuriy-hududiy tuzilishi


O’ZBEKISTONNING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI, AHOLISI VA MODDIY IMKONIYATLARI

Reja:

  1. O’ZBEKISTONNING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI

  2. O’ZBEKISTONNING AHOLISI VA MODDIY IMKONIYATLARI

  3. MAMLAKATIMIZDA GIDROENERGIYA SALOHIYATI

Oʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi — Oʻzbekiston hududining maʼlum qismlarga boʻlinishi.


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16bobi Oʻ.Oʻzbekiston respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishiga bagʻishlangan. Konstitutsiyaga koʻra, "Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat" (68-modda). Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi maʼmuriy hududiy boʻlinishi mamlakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishi, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. Viloyat Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriyhududiy tizimidagi yuqori boʻgʻindir va eng yirik boʻlinma sifatida alohida oʻrin tutadi. Hududiy tizimning qolgan boʻgʻinlari — tuman, shahar, shaharcha, sishloq, ovul viloyatning tarkibiy qismlari, ichki boʻgʻinlaridir. Qishloq joylaridagi iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiymadaniy hayotga tumanlar orqali bevosita rahbarlik amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika boʻysunuvidagi, viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tuman boʻysunuvidagi shaharlarga boʻlinadi. Respublika boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga aholisi 500 ming kishidan ortiq yirik iqtisodiy, madaniy, maʼmuriy markaz boʻlgan shahar (Toshkent shahri) kiradi. Viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida 30 ming aholisi boʻlgan, muhim maʼmuriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. Tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga sanoat korxonalari, kommunal xoʻjaligi, davlat uyjoy fondi, rivojlangan ijtimoiymadaniy muassasalari, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari mavjud boʻlgan hamsa aholisi 7 ming kishidan kam boʻlmagan va uning 2/, qismini ishchi, xizmatchilar, ularning oila aʼzolari tashkil etgan shaharchalar, aholi punktlari kiradi. Qishloq, ovul, shaharcha — respublika maʼmuriyhududiy tizimidagi eng quyi boʻgʻinlar. Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yoʻl staitsiyalari va boshqalar muhim obʼyektlar yaqinida joylashgan hamda, qoida tariqasida, kamida 2 ming aholisi boʻlgan aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini oʻzgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.
"Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriyhududiy tuzilish, toponimik obʼyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida"gi qonun (1996-yil 30 avg .)da viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini oʻzgartirish, maʼmuriy markazlarni koʻchirish tartibi belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy davlat hududiga ega bo’lib, uning ma’muriy-hududiy tuzilishini o’zi mustaqil belgilaydi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo mintaqasining o’rtasida, Аmudaryo bilan Sirdaryoning oralig’ida joylashgan. O’zbekiston hududi shimoli-g’arbda Turon pasttekisligining, janubi-sharqda Tyanshan va Olay tog’larining va janubi-g’arbda Qizilqum cho’lla¬rining bir qismini egallaydi. O’zbekiston Respublikasining hududi 448,9 ming kv. km. ni tashkil etib, sharqdan g’arbgacha 1425 km ga, janubdan shimolgacha 930 km ga cho’zilgan. Uning hududi va chegaralari daxlsiz, davlat tomonidan qo’riqlanadi. O’zbekiston qadimda ham, hozir ham sharq va g’arb, shimol va janub orasidagi ko’pdan ko’p xalqlar va mamlakatlar orasidagi aloqalarni bir-biri bilan bog’lovchi mamlakatdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68-69- moddalarida O’zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasidan iborat bo’lib, ularning chegaralarini O’zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi, deb belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta ma’muriy viloyat kiradi. Uning poytaxti Toshkent shahridir. Quyidagi jadval O’zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishini aniq va yaqqol ko’rsatadi.

Download 20,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish