O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi


Markaziy Osiyo hududidagi uch xonlik va madaniy hayot



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/49
Sana03.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#735143
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49
Bog'liq
Mansurov U. O`zbekistonning madaniyati va san`ati tarixi

Markaziy Osiyo hududidagi uch xonlik va madaniy hayot. 
XVIIasrning 
birinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyo hududida uchta yangi davlat: Buxoro 
amirligi, Qo'qon va Xiva xonliklari vujudga keldi. O'rta asrlarda butun dunyo 
madaniyati va ma'naviy hayotiga o'zining muhrini bosa olgan hududlarda iqtisodiy, 
siyosiy va madaniy hayot butunlay izdan chiqa boshladi. Bu uchala davlatda ham 
beqarorlik, o'zaro yakdillikka rahna solindi. Jaholatparastlik kuchaydi. Fan va 
madaniyatga bo’lgan e'tibor susayib, o'zaro iqtisodiy, madaniy va savdo-sotiq 
aloqalari izdan chiqa boshladi.
 
XVIIIasr madaniyatining asosiy xususiyati – ma'naviy hayotida o'ta tushkun 
kayfiyatning hukmronlik qilishidir. Bu davrda tabiiy fanlar rivoji uchun barcha 
yo'llar berkitib qo'yilgan, hukmdorlar ruhiyatiga zid keladigan barcha g'oyalar va 
qarashlarga keskin zarba berilgan. Mintaqa madaniy hayotida muhim rol o'ynagan 
buyuk karvon yo'llarining ahamiyati ham ancha susaygan edi. Din va davlatning 
kuchi bir joyga birlashtirildi. Shu boisdan endigina shakllanayotgan demokratik 
fikrlar ana shu qudratli kuch oldida ojizlik qilib qoldi. Jamiyatning yakka 
mafkuraviy hukmroni hisoblangan din jamiyatning moddiy va ma'naviy 


122 
taraqqiyotiga, uchala xonlikda istiqomat qiluvchi xalqning yakdilligiga to'sqinlik 
qildi. 
Bu davr madaniyatining asosiy tomonlaridan yana biri – xalq og'zaki ijodi va 
xalq tomosha san'atining rivojlanganligidir. Bu davrda xalq baxshilari, sozanda va 
xonandalari, qiziqchilari va masxarabozlari xalq tomonidan yaratilgan ko'plab 
hikoyatlar, rivoyatlar, dostonlar, masallar va matallarning haqiqiy targ'ibotchilariga 
aylandilar. Bu davrda “Yusuf va Zulayho”, “Tohir va Zuhra”, “Bo'z o'g'lon”, 
“Yusuf va Ahmad” kabi dostonlar vujudga kelgan bo'lsa, “Alpomish” va 
“Go'ro'g'li” dostonlarining ko'plab variantlari yaratila boshlandi. Qiziqchi va 
masxarabozlar hamda qo'g'irchoqbozlar esa xalqning nochor ahvolini tasvirlovchi 
sahna ko'rinishiarim, hukmdorlar, boylar va ularning gumashtalari munofiqliklarini 
fosh etuvchi kichik-kichik asarlarni namoyish qildilar. 
Umuman olganda, xalq og'zaki ijodi va tomosha san'ati targ'ibotchilari 
hisoblangan baxshilar va san'atkorlar o'zlarining ijodlari hamda tomoshalari bilan 
uchala xonlikda istiqomat qiluvchi, yagona diniy e'tiqodga. Turmush tarzi va 
ma'naviyat qadriyatlariga ega bo'lgan elatlarning boshini bir joyga qovushtirishga 
va milliy o'zligini anglatishga xizmat qildilar. 
XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida adabiy jarayon quyidagi uch 
yo'nalishda mavjud bo'lganligini ko'rish mumkin. Birinchi yo'nalish saroy 
adabiyoti doirasidagi, ikkinchi yo'nalish unga qarama-qarshi yo'nalishdagi va 
uchinchi yo'nalish – bu azaliy an'analarga sodiq qolgan va uning rivojlanishiga 
ulkan hissa qo'shgan ijodkorlarning faoliyati shaklidagi adabiy jarayondir. 
Birinchi yo'nalishda ijod qilgan shoirlar asosan hukmdor va yirik mulk 
egalarining madhi bilan shug'ullanganlar. Ikkinchi yo'nalishda ijod qilgan shoirlar 
esa o'z asarlarida ko'proq xalqni talash evaziga boylik orttirayotgan, elga zulm 
o'tkazayotgan amaldor va boylarni tanqid ostiga olganlar. Xalqning ularga bo'lgan 
noroziliklari hamda g'azabini tasvirlaganlar. Masalan, bu davrda ijod etgan 
Muhammad Sharif Gulxaniy, Maxmur, G'oziy kabilarning asarlari xalqning nochor 
ahvoli, boy-badavlat kishilar, amaldorlar, riyokor nihoniylarning qilmishlarini 
tasvirlab beradi. 


123 
Uchinchi yo'nalish – azaliy an'analarni davom ettirgan ijodkorlar o'z asarlari 
orqali o'tgan asrlar davomida shakllanib va rivojlanib kelayotgan poetik ijodning 
hali noma'lum bo'lgan qirralariga qo'l urib, o'zlarining lirik g'azallari bilan inson 
ruhiy kechinmalarining sahifalarini ochib beradilar. Bu an'anaga sodiq qolgan 
shoirlar har uchala xonlik hududida o'ziga xos ijodiy-badiiy jarayonni vujudga 
keltira olganlar. Bu davrda Qo'qon xonligida Amiriy taxallusi bilan g'azallar bitgan 
Qo'qon xoni Umarxon, uning rafiqasi, Nodira taxallusi bilan ijod qilgan 
Mohlaroyim, shuningdek, o'z davrining mashhur shoirlari sanalgan Uvaysiy
Mahzuna, Maxmur, Mushtariy, Fazliy Namangoniy kabilar ijod etganlar. Buxoro 
amirligi hududida esa “Malik ush-shuaro” nomini olgan Mushfiqiy, Shahrisabzda 
ijod qilgan Xiromiy o'z davrining yirik iste'dod egalari bo'lganlar. Xiva xonligida 
Munis Xorazmiy va Ogahiylar mashhurlikda tengsiz shoirlar edi. Munis nafaqat 
o'zining lirik g'azallari bilan dovrug' taratgan, balki hokimiyat uchun kurashib, xalq 
boshiga og'ir kunlarni solayotgan, ko'plab kulfatlarning sababchilari bo'lgan 
hukmdorlar va boylarni tanqid ostiga olgan. Ogahiy she'riyati esa o'zining 
xalqchilligi, fikrlar nafisligi va hayotiyligi bilan ajralib turadi. 
Bundan tashqari, Ogahiy tarixchi olim sifatida ham mashhur bo'lgan. U XIX 
asrda Xiva xonligi va uning atrofidagi davlatlar tarixini yoritib beruvchi “Zubdat 
ut-tavorix”, “Riyoz ud-davla”, “Jomiy ul-voqeoti Sultoniy” nomli asarlar yozgan. 
Shuningdek, Ogahiy ko'plab tarixiy asarlar, masalan, Muhammad Mahdixonning 
“Nodirnoma”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Muhammad Mun-Yusuf 
Munshiyning “Tazkirai Muqimxoniy”, Nizomiddin Ahmad Xiraviyning “Tabaqoti 
Akbarshohiy”, Rizoqulixon Hidoyatning “Ravzat us-safoi Nosiriy” kabi asarlarini, 
Nizomiy Ganjaviyning “Haft paykar”, Sa'diy Sheroziyning “Guliston”, Xusrav 
Dehlaviyning “Hasht bihisht”, Abdurahmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho”, 
“Solomon va Ibsol”, “Bahoriston”, Badriddin Hiloliyning “Shohu gado”, 
Vosifiyning “Badoye' ul-vaqoye'” asarlarini hamda falsafiy-axloqiy mavzudagi 
Kaykovusning “Qobusnoma”, Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” 
asarlarini o'zbek tiliga tarjima qildi. 


124 
Xulosa qilib aytganda, uchta xonlikning vujudga kelishi, eng avvalo, 
hududiy va milliy parchalanishning yaqqol namunasi bo'lgan. O'z navbatida, milliy 
parchalanish milliy yakdillikni yemirib, mahalliychilikning avj olishiga zamin 
hozirlab berdi. Milliy parchalanish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab milliy 
va ma'naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzulni kuchaytirdi, davlatlarning iqtisodiy va 
harbiy qudratini yemirib tashladi. Milliy parokandalik Markaziy Osiyo xalqiarini 
Rossiya imperiyasiga iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy qaramlikka olib keldi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish