O’zbekistonning madaniyati va san’ati tarixi


Falsafiy tafakkur va tarix fanlari rivoji



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/49
Sana03.07.2022
Hajmi1,17 Mb.
#735143
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
Bog'liq
Mansurov U. O`zbekistonning madaniyati va san`ati tarixi

Falsafiy tafakkur va tarix fanlari rivoji. 
Bu davr madaniyatining 
xarakterli jihatlaridan biri o’tmish falsafiy merosini o’rganish, ilmiy-tabiiy 
bilimlarni o’zlashtirishga bo’lgan qiziqish bilan cheklanganlik, falsafa va adabiyot 
orqali insonparvarlik g’oyalarini ilgari surish bo’lgan. Shayboniylar va 


116 
Ashtarxoniylar davri madaniyatining yana bir muhim xususiyati tarixnavislik 
fanining rivojlanganligidir. Buning boisi, birinchidan, millatning shakllanish 
jarayoni, milliy o’zlikni anglashga, ikkinchidan, o’zi mansub bo’lgan xalq, elat 
yoki urug'ning kelib chiqishi, ularning til, e’tiqod, ruhiyat birligi, xalq tarixida ro’y 
bergan hodisalarni yoritishga bo’lgan intilishning kuchaya borishi, boshqa 
urug’lar, elatlar bilan aloqasi va boshqa jihatlarini bilishga, uchinchidan. milliy 
ong, milliy g'urur va millatparvarlikning shakllana borishi natijasidir. XVI asrdan 
boshlab Markaziy Osiyoda yashayotgan turli xalqlar, elatlar va uruglarning tarixini 
yorituvchi asarlar yaratish an'anaga aylana bordi. Masalan, Shayboniylar davrida 
tarixga oid quyidagi asarlar vujudga keldi. Muallifi noma'lum bo'lgan “Tavorixi 
go'zidayi Nusratnoma”, Mulla Shodiyning “Fathnoma”, Binoiy va Muhammad 
Solihlarning “Shayboniynoma”lari, Abdulloh Nasrullohiyning “Zubdat al-ason”, 
Fayzulloh Ro'zbixonning “Mehmonnomai Buxoro”, Zayniddin Vosifiyning 
“Badoye' ul-vaqoye'”, Hofizi Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” va boshqa 
asarlari yozildi.
 
Ashtarxoniy hukmdorlardan Subhonqulixon davrida fan taraqqiyotida 
ozgina bo'lsa-da siljish ro'y berdi. Masalan, Mulla Tursun Faroziy, Mulla Ne'mat 
Samarqandiylar matematika, astronomiya va geometriya bo'yicha, Abdulla 
Ofarinketiy, Ali Buxoriy, Mulla Rahmat Samarqandiylar musiqashunoslik bo'yicha 
faoliyat ko'rsatdilar. 
Subhonqulixon 1697-yilda Buxoroda 18 hujrali “Dorush-shifo” nomli 
madrasa-kasalxona qurdirdi. Bu maskan qoshida tashxisxona, dorixona, kutubxona 
va boshqa yordamchi binolar mavjud bo’lgan. “Dorush-shifo” xarajatlariga vaqf 
mulklaridan keladigan 40 ming tanga ajratilgan. Subhonqulixon o'z saroyiga 
tabiblarni yig'ib, tabobat borasida ilmiy anjumanlar tashkil etib turgan. Bu 
anjumanlarda o'sha davrda keng tarqalgan kasalliklar va ulami bartaraf etish 
yo'llari, tabobatga oid yangiliklar tinglangan. Subhonqulixonning o'zi tabobatga 
oid ikkita asar yozgan. Bu asarlar o'zbek tilida yozilgan bo'tib, ularning birinchisi 
“Subhon tibbiyoti” deb nomlangan va unda turli xil kasalliklarni aniqlash hamda 
davolash yo'llari tushunarli tarzda tasvirlab berilgan. Ikkinchi asari 8 qismdan 


117 
iborat bo'lib, “Subhonning hayotbaxsh tibbiyoti” deb yuritilgan. Asarning har bir 
qismida dorilarning sifatli tayyorlanishi va ishlatilishiga oid masalalar yoritilgan. 
Uning o'zi bu xususda shunday deb yozadi: “O'tmishdagi tabiblar bizga arab va 
fors tillarida yozilgan asarlar qoldirganlar. Men turk (o'zbek) tilida yozilgan tibbiy 
kitob uchratmadim. Mahalliy aholi arab va fors tilida yozilgan kitoblardan 
foydalana olmaydi. Shuning uchun men o'z kitoblarimni turk (o'zbek) tilida 
yozdimki, undan o'zimizning odamlar foydalansinlar”. 
Xullas, bu davrda Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan turli xil etnik 
guruhlarning kelib chiqishi, tili, urf-odatlari, moddiy hayot shart-sharoitlari hamda 
taxt tepasida turgan hukmdorlar sulolalari, ulaming davlat tepasiga kelishi, zafarli 
yurishlari va taqdiri haqidagi turli xil tarixiy asarlar yuzaga keldi. 

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish