Keyinchalik tez rivojlanib borayotgan paxtachilikni mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash uchun Respublikada yirik mineral o‘g‘it korxonalari qurila boshladi. 1940 yildayoq Chirchiqda azotli mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaradigan elektro-ximiya kombinati ishga tushirildi. 1946 yilda Quqon va 1957 yilda Samarqand sufirfosfad zavodlari qurildi. Bu korxonalar asosiy ishlab chiqarish kompanenti bo‘lgan fosforidni ilgari Kola yarim orolidan olardi. Endilikda Qoratov (Qozog‘iston) konidan olmoqda. Respublikada mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish keng ko‘lamda rivojlanishga Buxoro-Xiva geologik provisiyasidan topilgan yirik tabiiy gaz konlarini ishga tushirilishi yordam berdi. Bu konlar ishga tushirilishi bilan Chirchiq elektro-ximiya kombinati gaz asosida ishlashga o‘tdi. 60-yillar davomida tabiiy gaz asosida ishlaydigan Farg‘ona azot o‘g‘itlari zavodi va Navoiy kimyo kombinati qurildi, 1969 yilda ishga tushirildi. Olmaliq kimyo zavodi murakkab o‘g‘itlar (ammofos) ishlab chiqarmoqda. 70 yillar o‘rtalarida Samarqand superfosfot zavodi qayta qurilib, bu yerda ham ammofos ishlab chiqarilmoqda. Endilikda Respublika boshqa rayonlaridan azot va superfosfat o‘g‘itlar keltirish o‘rniga o‘zi boshqa Respublikalarga o‘g‘itlar chiqarmoqda.

Respublika kimyo sanoati korxonalari bir yilda 2,8 mln.t azotli, 1,25mln t fosforli o‘g‘itlar ishlab chiqarish quvatiga ega. Xar yili ustga 26mln AQSH dollari miqdorida o‘g‘it eksport qilinmoqda.
Kimyo sanoati ishlab chiqaradigan va paxtachilik majmui bilan bog‘liq maxsulotlar ichida g‘o‘za zararkunandalarga va begona o‘tlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy vositalar, g‘o‘za bargini to‘kadigan defoliantlar kabi moddalar ham bor. Bunday moddalar Navoiy elektro-ximiya kombinatida, Farg‘ona azot o‘g‘itlari zavodida va boshqa tayyorlanmoqda.
Kimyoning turli maqsadlarida foydalaniladigan yana bir maxsuloti sulfat kislotadir. Yaqin yillargacha bu maxsulot Quqon va Samarqand superfosfat zavodlarida tayyorlanib, mineral o‘g‘itlar, organik sintez kimyosi, neftni qayta ishlash, rangdor metallurgiya, yengil va boshqa tarmoqlar extiyojini qondira olmas, shu tufayli u ko‘plab boshqa rayonlardan (asosan Uraldan) keltirilar edi. Endilikda Olmaliq kon metallurgiya kombinati tarkibidagi mis va rux zavodlari yonida sulfat kislota ishlab chiqaradigan ikkita seh ishga tushirildi va bu qimmatli maxsulot bilan ta’minlash ancha yaxshilandi.