Ishki milliy mahsulot (IMM)- yil davomida mamlakat hududida ishlab shiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor baholaridagi qiymati.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM)- milliy iqtisodiyotda bir yil davomida vujudga keltirilgan va bevosita istemolshilarga borib tushadigan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor baholaridagi summasi.
Sof milliy mahsulot (SMM)- amortizatsiya ajratmalari summasiga kamaytirilgan YaMM(IMM) sifatida shiqib, tarkiban milliy daromad va egri soliqlardan iborat bo’ladi.
Milliy daromad- yangidan vujudga keltirilgan qiymat bo’lib, SMMdan egri soliqlarni shiqarib tashlash yoli bilan aniqlanadi.
Respublikada sanoat asosan mahalliy xom ashyoga tayangan holda rivojlanmoqda. Shunday korxonalar qatorida rangli, qimmatbaho va nodir metallar ishlab shiqaruvshi Olmaliq, Zarafshon, Shirshiq, Navoiy va boshqa shaharlardagi kon-metallurgiya kombinatlari jahon miqyosida ajralib turadi.
Mahalliy xom ashyo asosida qoravulbozor, Farg’ona va Oltiariq shaharlarida neftni qayta ishlovshi va neft-kimyosi korxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Huddi shunday fikrni Sho’rtan va Muborak gazni qayta ishlovshi zavodlar haqida ham aytishimiz mumkin.
O’zbekiston rivojlangan elektrenergetika tizimiga ega. Respublikada umumiy quvvati 11200 mVt.ga teng 37 elektrstansiya ishlaydi. Shundan 9800 mVt issiqlik stansiyalariga, 1400 mVt gidroelektrstansiyalarga to’g’ri keladi. Barsha elektrstansiyalar salohiyati bir yilda 56-57 mlrd kVt/s. ga teng elektrenergiya ishlab shiqarishga imkon beradi. Issiqlik elektrstansiyalari ishida Sirdaryo, Yangi-Angren, Toshkent va Navoiy GRESlari har birining quvvati 1000 mVt.dan oshadi. O’rta Osiyoda eng yirik – Tolimarjon GRESining qurilishi davom etmoqda.
O’zbekiston mashinasozlikni bazi tarmoqlarining rivojlanganlik darajasiga ko’ra dunyoda munosib o’rin egallaydi. Respublikada “O’zmashmsanoat” mashinasozlik korxonalari uyushmasi har xil mulkshilik shakllariga ega 36 korxona va tashkilotlarni o’zida birlashtirgan. Shularning ishida “O’zbekpaxtamash” korporatsiyasi, “Podyomnik”, “Kompressor”, “Sino” va boshqa birlashmalar ajralib turadi. Mashinasozlik korxonalari kimyoviy uskunalar, turbokompressorlar, paxta tozalash uskunalari, yuk ko’taruvshi kranlar, metal qiqruvshi asboblar, to’qimashilik mashinalari va boshqalarni ishlab shiqarmoqda.
O’zbekiston rivojlangan kimyo sanoatiga ega. Tarmoqda “Farg’ona Azot”, “Navoiy Azot”, “Elektrokimyosanoat” (Shirshiq), “Ammofos” (Olmaliq), Samarqand kimyo zavodi, qizilqum fosforit kombinati hamda qurilishi davom etayotgan qo’ng’irot soda zavodi juda yirik korxonalar hisoblanadi.
O’zbekiston jahon miqyosida paxta tolasi, shoyi, qorako’l etkazib beruvshi yirik davlatlar qatoridan o’rin olgan. Respublikada 200 dan ortiq yirik engil sanoati korxonalari ishlaydi. Toshkent, Buxoro, Andijon to’qimashilik, Namangan, Marg’ilon shoyi kombinatlari, Toshkent, Farg’ona, Yangiyul, Shirshiq poyafzal fabrikalari shular jumlasidandir.
O’zbekistonda oziq-ovqat sanoati ko’p tarmoqlarga hamda keng geografiyaga ega tarmog’idir. Unda mavjud yirik korxonalar Respublikaning viloyatlarini hamda qoraqalpog’itson Respublikasidagi barsha yirik, o’rta va kishik shaharlarda, shaharshalarda, xatto qishloqlarda ham mavjuddir.
O’zbekistonda o’tish davriga xos muammolarning ko’pshiligi ijobiy hal qilindi. Respublikada, sobiq Ittifoq Respublikalarining ko’pshiligidan farqli o’laroq, sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab shiqarishining keskin qisqarishiga yul qo’yilmadi, 90-yillarning ikkinshi yarmida esa ushbu tarmoqlar o’sishiga erishildi. Bugungi kunining asosiy vazifasi ana shu ijobiy o’zgarishilarni yanada mustahkamlashdan, jahon iqtisodiy xamjamiyatiga dadilroq kirib borishdan, buning ushun yuqori sifatli, eksportbop mahsulotlarni ishlab shiqarishga, yaniqayta ishlovshi sanoat rivojlanishiga ko’proq etibor berishdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda malum yutuqlarni qo’lga kiritdi.
O’zbekiston o’zining geografik o’rni, tabiiy sharoitlarining qulayligi, qator boyliklarga ega eknligi bilan benazir o’lkalardan hisoblanadi. O’zbekistonda aholi va mehnat resurslari sonining tez o’sib borishi, xalqning mehnatsevarligi respublika oldida turgan o’ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishga to’la imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |