О‘zbekistonning eng yangi tarixi


Xorazm Ma'mun akademiyasi. Ma'muniylar akademiyasi —



Download 235,37 Kb.
bet8/32
Sana06.08.2021
Hajmi235,37 Kb.
#139676
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
tarix

2.Xorazm Ma'mun akademiyasi. Ma'muniylar akademiyasi — Xorazmda X asr oxiri —XI asr boshlarida faoliyat ko‘rsatgan ilmiy muhit bo‘lib, Ma'muniylar davlati (992—1017 yy.) tarixi bilan bevosita bog‘liq. Ali ibn Ma'mun (997—1010) tog‘asi Abu Nasr ibn Iroq taklifi bilan saroyda ilm ahli uchun yaxshi sharoit yaratib bergan. Shu tariqa 1004 yildan boshlab Gurganjda «Dorul hikma va maorif» (ba'zi bir manbalarda «Majlisi ulamo») nomini olgan ilmiy muassasa to‘la shakllangan. Bu ilmiy muassasada xuddi Afinadagi «Platon», Bag‘doddagi «Bayt ul-hikmat» akademiyasi faoliyatiga o‘xshab ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilgan, juda ko‘p manbalar to‘plangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan; hind, yunon, arab olimlarining ishlari o‘rganilgan; Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniylarning o‘lmas asarlari, ilmiy ishlaridan foydalanilgan va tadqiq qilingan. XVIII—XX asr tarixchi olimlari tomonidan ilmiy muassasa har tomonlama o‘rganilgan va o‘z faoliyati nuqtai nazaridan bu dargoh o‘z davrining akademiyasi bo‘lganligi isbotlangan va unga «Ma'mun akademiyasi» nomi berilgan. Xorazm Ma'mun akademiyasi olimlari Yunoniston, Yaqin va O‘rta Sharq, Hindiston ilm-fan yutuqlarini ijodiy, tanqidiy o‘rganib, uni yanada yuksak bosqichga ko‘targanlar. Akademiya a'zolarining aksariyati olim sifatida Markaziy Osiyoda shakllanganlar. Ularning ilmiy faoliyati, asarlari tufayli Qadimgi Xorazm badiiy san'ati, adabiyoti, astronomiyasi, matematikasi, sug‘orish madaniyati yutuqlari jahon tamadduni xazinasiga kirgan va butun insoniyat manfaatlariga xizmat qila boshlagan.

Xorazmshoh Ma'mun ibn Ma'mun (Ma'mun II) saroyidagi olimlar shuhrati o‘z davrida uzoq o‘lkalarga tarqalgan. Bu esa Mahmud G‘aznaviyning g‘ashiga tekkan. U uyushtirgan suiqasd natijasida 1017 yilning bahorida Ma'mun II o‘ldirilgan va o‘sha yilning iyunida kuyovi uchun qasos olish bahonasi bilan Mahmud G‘aznaviy Xorazmga bostirib kirgan. Katta qirg‘in va talon-torojliklar natijasida Xorazm Ma'mun akademiyasi faoliyati tugatilgan va bu yerdagi olimlarning ko‘pchiligi G‘aznaga majburan olib ketilgan.

O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining «Xorazm Ma'mun akademiyasini qaytadan tashkil etish to‘g‘risida»gi farmoni (1997 yil 11 noyab.) O‘zbekistonning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon ilmiy hamjamiyatidagi o‘rnini mustahkamlash, mintaqalarda fanni yanada rivojlantirish hamda iste'dodli va fidoyi olimlarni qo‘llab-quvvatlash, yuqori intellektual muhit yaratishdagi milliy an'analarni rivojlantirishda quyilgan muhim qadam bo‘ldi.

3. IX-XII asrlarda  xalifalikdan  ajralib chiqqan mustaqil davlatlar Somoniylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar va G‘aznaviylar, Xorazmshohlar davrida bu mustaqil markazlashgan davlatlarni  yanada mustahkamlash uchun islom diniga, uning ta'limotiga, tarixiy ahkomlariga e'tibor bir necha bor kuchayadi. Shaharlarda masjidlar va madrasalar qurilishiga e'tibor berila boshladi. Bu davrda islom ta'limotiga  bebaho hissa qo‘shgan  Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziy kabi ko‘plab ulamolar yetishib chiqdilar. Ular shu kunga qadar hadis ilmining  eng ko‘zga ko‘ringan, butun musulmon dunyosi tomonidan tan olingan allomalar darajasiga  ko‘tarilgan zotlardir. Imom Buxoriy (810-870 yy.) islom dini masalalariga bag‘ishlangan yigirmaga yaqin asar yozdi. Shu kitoblar orasida Buxoriyning butun dunyoga mashhur qilgan asari «Al-Jome as-Sahih» («Ishonchli to‘plam»)dir. Bu asar 160 qismdan iborat bo‘lib, 3450 bobni o‘z ichiga oladi. Buxoriy hadislarni to‘plash va bayon etishda uning haqiqiyliga asosiy e'tibor bergan, uning haqiqatga yaqinligini isbotlovchi dalillarni keltirgan va shu asosda hadislarni klassifikasiya qilgan olimdir.

Imom at-Termiziy (824-892yy.) Termizdan uncha uzoq bo‘lmagan Bug‘ qishlog‘ida tug‘ilgan. U ham Buxoriy  singari Sharqning juda ko‘p shaharlarida bo‘lib, o‘z bilimini oshirishga harakat qiladi. At-Termiziy hadislardan tashqari filologiya, tarixga oid asarlar ham yozdi. Uning  o‘ndan ortiq yozgan asarlari orasida nomini butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari  «Jomi at-Termiziy» yoki «Sunan at-Termiziy»dir. Bu asar islomda ulamolar tomonidan  haqiqat deb tan olingan  mashhur hadislar to‘plamidan biridir. Termiziyning ilmiy merosi diniy ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga, axloqiy, didaktika tarixida ham juda katta o‘rin egallaydi.

Tasavvuf, ya'ni so‘fiylik islom dini asosida shakllangan diniy falsafiy oqim bo‘lib, poklangan, zohid, taqvodorlik ma'nosini anglatadi. Uning asosida bu dunyo lazzatlaridan voz kechish asosida ollohga yetish, uni bilish, u bilan birlashish yo‘lini qidirish yotadi. So‘fiylik Qur'on va shariat talablarini  albatta so‘zsiz bajarish, o‘zini xudoning quli deb bilish kabilar, o‘z xoxishi bilan tozalanib, ollohga, ruhiy ma'naviylikka singish orqali erishishga asoslanadi. Tasavvuf ta'limoti asosida inson  faoliyati va uning kamoloti yotadi.Al-Moturidiy (taxminan 870—943 yillar) — sunniy e'tiqodidagi ikki yirik oqimdan biri bo‘lmish moturidiya oqimining asoschisi, uning yakkaxudolik va Qur'onning tafsiriga bag‘ishlangan «Kitob at-tavhid» va «Kitob ta'vilot al-Qur'on» nomli asarlari ulamolar orasida katta e'tibor qozongan.Movarounnahrda tasavvuf ta'limoti X asrdan boshlab yoyila boshladi. Hozirgi  O‘zbekiston hududida tasavvufning rivojlanishida Yusuf Hamadoniy ta'limoti muhim rol o‘ynaydi. Manbalarda qayd qilinishicha,  Yusuf Hamadoniy 1043-1049 yilda Eronning Hamadon shahrida tug‘iladi. Yusuf Hamadoniy umrining katta qismini  O‘rta Osiyoda o‘tkazgan. U hunarmandchilik, kosibchilik bilan shug‘ullangan. Shuning uchun ham bo‘lsa kerak, uning ta'limoti asosan hunarmandlar orasida keng tarqalgan va ularning manfaatlarini ifodalagan. Yusuf Hamadoniy  so‘fiylik ilmi bo‘yicha ko‘plab shogirdlar tayyorladi. Hamadoniy ta'limotidan O‘rta Osiyoda ikki tasavvuf maktabi –Yassaviylik va Naqshbandiylik kelib chiqadi.O‘rta Osiyo  hududida birinchi vujudga kelgan so‘fiylik oqimi Yassaviylikdir. Bu oqimga 1105 yilda  Yassa (Turkiston) shahrida tug‘ilgan Ahmad Yassaviy asos solgan. Ahmad Yassaviy Buxoroda Yusuf Hamadoniydan  ta'lim olgach, yana ona shahri Turkistonga qaytib keladi madrasa va xonaqolar qurdiradi. Yassaviy ta'limotining asoslari turkiy tilda yozilgan  «Devoni Hikmat» asarida bayon etilgan. U o‘troq va ko‘chmanchi turkiy xalqlar orasida so‘fiylik ta'limotini targ‘ib qilishda  muhim ahamiyat kasb etgan.Ahmad Yassaviyning fikricha, shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma'rifat, ma'rifatsiz haqiqat bo‘la olmaydi. Ular doimo bir-birini  to‘ldiradi. Bu yo‘l kamolot yo‘li bo‘lib, inson hayotining asl mohiyatini tashkil etadi.

Yusuf Hamadoniyning yana bir shogirdi Abduxoliq G‘ijduvoniy (1103-1179yy.) bo‘lgan. Yassaviy bilan G‘ijduvoniy shu darajada iqtidorli  shogirdlardan bo‘lishganki, keyinchalik ulardan biri  «Yassaviya» ikkinchisi «Naqshbandiya» tariqatining asoschilari bo‘lib yetishadilar. Hoja Abduxoliq G‘ijduvoniy Sharq falsafa tarixida o‘ziga xos o‘rin  egallaydi. Uning falsafiy dunyoqarashi tasavvufdagi Hojagon (Hojalar) halqasida shakllandi.

Al-Marg‘inoniy (1123-1197 yy.) fikhga oid bir qator yirik asarlar yaratgan. Bu asarlar qatoriga «Bidoyat al-muntahiy» («Boshlovchilar uchun dastlabki ta'lim»), «Kifoyat al-muntahiy («Yakunlovchilar uchun tugal ta'lim»), «Kitob ul-mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi kitob»), «Manosik ul-haj» («Haj marosimlari»), «Majmua ul-navozil» («Nozilda bo‘lgan narsalar to‘plami»), «Kitob ul-faroiz» («Farzlar kitobi»), «Kitob ul-mashoix» («Shayxlar haqida kitob»), «Maziydun fi furu'il-hanafiya» («Hanafiya mazhabiga qo‘shimchalar»), «Biloyat ul-mubtadiy» asari uchun 8 jildlik sharh, «Al-Hidoya» («Kifoyat ul-muntahiy» uchun yozilgan 4 jildlik sharh) va boshqalar kiradi. Bu kitoblar nomlarining o‘ziyoq al-Marg‘inoniy islom dinining asosiy masalalarini naqadar keng qamrab olganligidan dalolat beradi. Al-Marg‘inoniyning butun islom olamida mashhur bo‘lgan shoh asari «Al-hidoya» asari sakkiz asrdan oshibdiki, butun musulmon olamiga, dunyoning barcha burchaklarilagi din, ma'naviyat, madaniyat, ruhiyat ahliga, huquqshunoslarga cheksiz manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

Najmiddin Kubro (1145-1221 yy.) - tasavvuf ta'limotining  O‘rta Osiyodagi yirik vakillaridan biri. So‘fiylikdagi  Kubroviya oqimining asoschisidir. Kubroviya tariqati Yassaviya tariqatidan farq qilib, tarki dunyochilik rad etiladi. Unda kamolot yo‘lida olib boriladigan mashaqqatli mehnat jarayonida  bu dunyo noz-ne'matlarimdan  bahramand bo‘lish kerakligi ilgari suriladi. Bu ta'limotda vatanga, xalqqa bo‘lgan muhabbat g‘oyasi nihoyatda kuchli bo‘lib, har qanday og‘ir sharoitda ham xalq bilan birga bo‘lish, vatan  himoyasi uchun kurashish, uning mustaqilligini saqlash zarurligi da'vat qilinadi. O‘z g‘oyasiga sodiq Najmiddin Kubro vatan himoyasi yo‘lida mo‘g‘ullarga qarshi kurashda shahid bo‘ldi va jasorat namunasini  o‘z muridlariga ko‘rsata oldi.



4. Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davri o‘zbek davlatchiligi tarixida alohida o‘ringa ega. Sohibqiron Amir Temur – buyuk shaxs, kuragi yerga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli ma'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtni, xalqni sevgan, bunyodkorlik, ilm-fan, madaniyat homiysidir.

Amir Temur nafaqat markazlashgan davlat tuzish, boshqaruv, harbiy mahorat sohasida balki, odob-ahloq, iymon-e'tiqod, ta'lim-tarbiya borasida ham  yuksaklikka, mukammallikka  erishgan siymolardan biridir. Bunga sohibqiron Amir Temur bobomizning ustozi, ma'naviy rahnamolariga ko‘rsatgan ehtiromi ham yaqqol misol bo‘ladi.

Amir Temur va temuriylar davri o‘rta asrlar davrining haqli ravishda “ikkinchi uyg‘onish davri” sifatida e'tirof etilishi, bu davrda yetishib chiqqan jahonga ma'lumu-mashhur zotlarning dunyo ilm-faniga qo‘shgan ulkan hissasi bilan ham salmoqli va o‘rinlidir.

Xususan, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Boysung‘ur Mirzo, Husayn Boyqaro, Bobur Mirzo kabi shoh va shahzodalar, temuriy malikalar Temuriylar ma'naviyati  poydevorini o‘zlarining ilm-ma'rifatga bo‘lgan hurmati tufayli mustahkamlab bordilar va bu yo‘lda o‘z hisoblaridan ko‘plab qurilishlar, bunyodkorlik ishlari va tashkiliy-moliyaviy ishlarni amalga oshirdilar.

Temur va temuriylar davri, umuman Sharq, xususan O‘rta Osiyo ilm-fani, madaniyati, ma'naviyati, adabiyot va san'ati rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, burilish davridir. Bu davr IX-XII asrlardagi ma'naviy-ma'rifiy hayotdagi rivojlanish va yuksalishning mantiqiy davomidir. Boshqacha nom bilan bu davrni  "Ikkinchi uyg‘onish davri” deb ham yuritiladi. O‘rta Osiyo xalqlari orasidan yetishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi huddi shu davrda shakllandi va ijod qildi. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar: Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy, olimlardan: Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy, faylasuf-shoirlardan: Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy, musavvirlardan: Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak Naqqosh, hattotlardan: Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Muhammad Xandon, Muhammad bin Nur va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning barchasi o‘sha davr va o‘zlarigacha bo‘lgan insoniyat ma'naviyati, ma'rifati va madaniyati yutug‘ining barcha sohalarini mukammal bilib, o‘zlashtirib olgan, o‘zlari tanlagan sohalarining hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho‘qqilarini egallagan ulug‘ siymolar, qomusiy ilm egalari hisoblanadi.

 Temuriylar sulolasining munosib davomchilaridan, davlat boshqaruvi va ilm-ma'rifat yo‘lini birgalikda olib borgan Amir Temurning nabirasi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek ham jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan siymolardan biridir. Uning hukmronligi davrida Samarqandda 2 ta ko‘rkam madrasa qurildi. Ularda diniy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy fanlardan ham saboq berilgan. Boshqa mashhur olimlar qatori uning o‘zi ham haftada bir marotaba bu madrasalarda yoshlarga dars berganligi ta'kidlangan. Keyinchalik Buxoro va G‘ijduvonda ham madrasalar qurildi, Samarqanddagi Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohizinda va Registon majmualari qurilishi yakuniga yetkazilib, boshqa shaharlarda ham karvonsaroylar, tim, chorsu, hammom kabi inshootlar barpo etildi.

Ulug‘bek ko‘p qirrali iste'dod sohibi bo‘lib, u ayniqsa adabiyot, tarix, matematika, astronomiya sohalariga qiziqdi. Uning eng buyuk ishlaridan biri - Samarqand shahrida o‘ziga xos Akademiya tashkil etganidir. Bu ilmiy maktabda 200 dan ortiq olim Ulug‘bek rahbarligida fanning turli sohalari bo‘yicha izlanishlar olib borgan. Qozizoda Rumiy (Salohiddin Muso ibn Muhammad), G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi (Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Samarqandiy), Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn Husayn Birjandiy, Mavlono Xavofiy kabi olimlarning aniq fanlar sohasidagi tadqiqotlari va ilmiy xulosalari salmoqli bo‘lgan. Ular Xorazm Ma'mun akademiyasi an'analarini muvaffaqiyatli davom ettirganlar.

Allomalar bolaga hurmat bilan munosabatda bo‘lish g‘oyasini ilgari suradilar, sxolastik o‘qitish va qattiy intizomga qarshi chiqadilar. Ularning fikricha, o‘qish bolada bilimlarga qiziqishni uyg‘otishi kerak.

Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekning  Samarqanddagi faoliyati XIV-XV asrlarda madrasalarning fanlar rivojini ta'minlovchi markazlari vazifasini bajarganligini ko‘rsatadi. Mirzo Ulug‘bek Samarqandning hukmdori bo‘lishi bilan birga astronom, matematik va tarixchi sifatida mashhur bo‘lgan. Shuningdek, allomaning mohir pedagog ham bo‘lganligini tarixiy dalillar qayd etadi. Chunonchi, alloma ko‘plab iste'dodli yoshlarni tarbiyalagan. U odamlar, ayniqsa yoshlarning ilmiy bilimlarni o‘rganishlariga katta ahamiyat bergan.

Alloma o‘z davlatida ta'lim sohasida jiddiy islohotlarni tashkil etdi. U madrasalarni davlat ta'minotiga o‘tkazdi, mudarris (o‘qituvchi)larga oylik ish haqi belgilagan, shogird (talaba)larga stipendiya ajratgan. Mirzo Ulug‘bek madrasa dasturlariga quyidagi fanlar: arab tili, adabiyot, Qur'on, Hadis, ritorika, mantiq, falsafa, fiqh (qonunchilik), metafizika, matematika, astronomiya, tibbiyot, geografiya, tarix kabi fanlarni kiritadi.

Mutafakkir tomonidan barpo etilgan hamda o‘zi bevosita ta'lim bergan madrasalarda o‘qish “anda” (kichik) – o‘qish muddati 2 yil, “aust” (o‘rta) – o‘qish muddati 3 yil, “a'lo” (oliy) – o‘qish muddati 3 yildan iborat bosqichlarda olib borilgan. Bunday yondashuvni hozirgi ta'lim tizimimizdagi bosqichma-bosqich, soddadan murakkabga qarab bilimlarni egallash bosqichiga ham qiyoslashimiz mumkin. Ayni vaqtda ular o‘rta asr yevropa universitetlari uchun ham xos bo‘lgan.

Buyuk iste'dod egasi sifatida alloma ilmiy farazlari, qarashlari bilan o‘z davridan bir necha asrlarga ilgarilab ketgan. Deyarli 600 yil avval Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek quyidagi aksiomani ilgari surgan: bilim olishga intilish davlat ravnaqiga yo‘l demakdir. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning hozirgi tajribasi mazkur fikrni to‘la tasdiqlaydi.

Vatanimiz tarixida o‘zining salmoqli o‘rni va davlatchiligimizni shakllantirishga, markazlashgan davlat tuzishga, ilm-fan, madaniyatni yuksaltirishga homiylik qilgan shaxslardan biri  bu – buyuk sohibqiron Amir Temurdir.

1996 yil Amir Temur yili deb e'lon qilinishi, sohibqiron tavalludining 660 yilligini nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon miqyosida YuNESKOning Parijdagi qarorgohida nishonlanishi, milliy qadriyatlarimizning tiklanishi borasidagi dadil qadamlardan biri bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarda  esa sohaning fidoyi olimlari, mutaxassislarining sa'y-harakatlari natijasida qator ilmiy-amaliy ishlar, asarlar, xalqaro, respublika miqyosidagi anjumanlar muntazam ravishda o‘tkazilib, buyuk sohibqiron Amir Temur bobomizning hayot yo‘li, ilm-fan, madaniyatga homiyligi, harbiy mahorati, diplomatik munosabatlariga doir yangicha qarashlarning yaratilishiga zamin yaratilmoqda.

Hozirgi kunda  Amir Temur va temuriylarning milliy davlatchilik, ilm-fan, madaniyat, bunyodkorlik va boshqa sohalardagi ulkan merosini o‘rganishga qiziqish nafaqat mamlakatimizda balki jahon miqyosida ham tobora ortib bormoqda.

Bu davr madaniyatning, xususan qo‘shiqchilikning rivojlanishida o‘ziga xos, alohida o‘ringa ega bo‘ldi. Chunki bu davrda, ayniqsa, Xo‘ja Abdulqodir Marog‘iy, Darvesh Ahmad Qonuniy, Sulton Muhammad  Udiy Samarqandiy, Xo‘ja Muhammad ibn Abulhasan Samarqandiy, Xo‘jayi Ja'fariy Samarqandiy Qonuniy kabi mohir sozanda va xonandalarning ijodi gullab-yashnagan.

XV asrda Samarqandda tug‘ilib o‘sgan sozandachilikni, xususan, qonun asbobi chalishni mukammal egallagan Darvesh Ahmad Qonuniy o‘z mohirligi bilan ajralib turgan. Samarqandlik yana bir yetuk san'atkor Boqi Jarroh bo‘lib, u ajoyib ovoz sohibi edi. U ayni vaqtda mashhur xonanda va sozanda hamda musiqa ilmiy nazariyotchilaridan biri Najmiddin Kavkabiy Buxoriyning qobiliyatli shogirdi bo‘lgan.Bu davrning yana bir mohir san'atkori, mashhur sozanda va bastakor Amir Aliakbar Samarqandiy bo‘lib, u ayni vaqtda o‘z davrining mashhur san'atkorlari bo‘lgan Mavlono Darvesh Bo‘zgala, Mir Xoqiy, mavlono Pirmuhammad  Kulol, ustod Tulak Nayiy, Abdusattor Qonuniy, ustod Arab Navo Qobuziy, Mahzumzodayi Kotibiy, Mahzumzodayi Xorazmiylarga murabbiylik ham qilgan.Bu davr san'atining rivojiga ayniqsa Alisher Navoiy ulkan hissa qo‘shgan. Navoiyning musiqaviy-estetik qarashlari, qimmatli ma'lumotlari uning mashhur “Sabbai sayyor”, “Majolis un-nafois”, “Mezon ul-avzon”, “Mahbub ul-qulub”, “Xamsa” kabi asarlarida o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa, Navoiy o‘zining “Majolis un-nafois” asarida o‘zi yashagan davr ijodkorlari, xususan san'atkorlari haqida ham yetarli to‘xtalib o‘tadi va qimmatli ma'lumotlar ham qoldirgan. Navoiy bilan zamondosh bo‘lgan Xo‘ja Abdulla Marvarid, Qul Muhammad, Shayx Noiy, Husayn Udiy, Shayx Ko‘hiylar nihoyatda samarali ijod qildilar. Alisher Navoiy bu ijodkorlarga bevosita homiylik qilgan.XV asrda nafaqat mohir musiqa va qo‘shiqchilar, balki san'at ilmining nazariyotchilari ham yetishib chiqdiki, ulardan eng mashhurlaridan Zaynulobiddin bin Mahmud al-Husayniyning “Qonuni ilmiy va amaliy musiqiy” – “Musiqaning ilmiy va amaliy asoslari” nomli qimmatli asari bizning kunlargacha yetib kelgan. Manbalarda aytilishicha, bu asar Navoiyning iltimosi va topshirig‘i bo‘yicha yozilgan. Shuningdek, Husayniy bu asarida 12 maqomga ham yetarli darajada ta'rif bergan.Xullas, Amir Temur va temuriylar davri o‘zbek davlatchiligi tarixida alohida o‘rin tutadi. Bu davrda sohibqiron Amir Temurningsa'y-harakati va bevosita rahnamoligi natijasida ilm-fan, madaniyat, me'morchilik gullab-yashnadi. Temuriylar orasidan ilm-fan fidoyilari, xususan, Mirzo Ulug‘bek, Bobur Mirzo va boshqa ko‘plab bu davrda faoliyat olib borgan turli soha namoyandalari yetishib chiqdi.  Mazkur davrdagi ma'naviy merosni o‘rganish, tadqiq etish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Amir Temur va temuriylar davri mumtoz musiqa madaniyati yuksak darajada rivojlangan davrlardan biri bo‘lgan. Turli xalqlardan yetishib chiqqan mashhur musiqashunos olimlar, yetuk san'atkorlar, musiqa namoyandalari va ularning  bebaho ma'naviy merosi hozirgi davrda ham milliy musiqamizga asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

5. Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz azaldan yuksak sivilizasiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho me'moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi.

Men yuqorida Aristotelning fikrlarini bejiz eslamadim. Hammangizga yaxshi ma'lum, antik davrda Yunonistonda yongan ilm mash'alasi to‘qqizinchi – o‘n ikkinchi asrlarda Markaziy Osiyo hududida qayta porladi. Bu davrda yurtimiz hududida birinchi Renessans yuzaga keldi va u butun dunyo tan oladigan mashhur daholarni yetishtirib berdi. Xususan, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamahshariy singari o‘nlab buyuk allomalarimizning jahonshumul ilmiy-ijodiy kashfiyotlari umumbashariyat taraqqiyoti rivojiga beqiyos ta'sir ko‘rsatdi.

«Islom madaniyatining oltin asri» deb e'tirof etiladigan bu davrda ona zaminimizdan yetishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu'in Nasafiy kabi ulug‘ ulamolar butun musulmon olamining faxr-u iftixori va cheksiz g‘ururi hisoblanadi.

O‘n beshinchi asrda Sohibqiron Amir Temur bobomiz asos solgan va uning munosib avlodlari davom ettirgan muhtasham saltanat, yurtimizda ikkinchi Uyg‘onish, ya'ni ikkinchi Renessans davrini boshlab berdi. Bu davrda Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy, Ali Qushchi singari benazir olimlar, Lutfiy, Sakkokiy, Hofiz Xorazmiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi mumtoz shoir va mutafakkirlar maydonga chiqdi. Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod singari musavvirlar, ko‘plab xattot va sozandalar, musiqashunos va me'morlarning shuhrati dunyoga yoyildi.

Donishmand xalqimiz har ikki Renessans davrida jahonning eng ilg‘or, taraqqiy etgan xalqlari qatorida bo‘lgani barchamizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

Bir o‘ylab ko‘raylik, ajdodlarimiz bunday yuksak cho‘qqilarga qanday erishganlar? Ular, eng avvalo, jaholatga qarshi ma'rifat bayrog‘ini baland ko‘tarib, o‘z aql-zakovati va salohiyatini bashariyat yaratgan ilm-fan yutuqlarini chuqur o‘rganish va boyitishga bag‘ishlaganlar.

Tan olish kerakki, biz ana shunday bebaho merosga ko‘pincha faqat tarixiy yodgorlikka qaraganday munosabatda bo‘lib kelmoqdamiz. Bunday tengsiz boylikni amaliy hayotimizga tatbiq etishda beparvolik va e'tiborsizlikka yo‘l qo‘ymoqdamiz. Vaholanki, bunday noyob meros kamdan-kam xalqlarga nasib etgan. Birgina Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti fondlarida saqlanayotgan 100 mingdan ortiq nodir qo‘lyozmalarga dunyo ahli havas qiladi. Biz bu haqiqatni har tomonlama teran anglashimiz zarur.

Buyuk ajdodlarimizning betakror va noyob ilmiy-ma'naviy merosi biz uchun doimiy harakatdagi hayotiy dasturga aylanishi kerak. Bu o‘lmas meros hamisha yonimizda bo‘lib, bizga doimo kuch-quvvat va ilhom bag‘ishlashi lozim. Avvalambor, milliy ta'lim tizimini ana shunday ruh bilan sug‘orishimiz kerak. Buning uchun olim va mutaxassislarimiz, hurmatli ulamolarimiz bu ma'naviy xazinani bugungi avlodlarga sodda va tushunarli, jozibali shakllarda yetkazib berishlari zarur.


Download 235,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish