3.
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy va siyosiy jarayonlar.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, tarixiy qisqa vaqt ichida
katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Tarixiy nuqtai nazardan qisqa
vaqt ichida ulkan zafarlar qo‘lga kiritildi. Erishilgan
muvaffaqiyatlarning
asosida nimalar yotishini tahlil qilish, xulosalar chiqarish kelajakdagi
taraqqiyot uchun zamin bo‘ladi. Bunday farahli kunlarda o‘tmishga yana bir
bor nazar tashlash, ya’ni mustaqillikning qo‘lga kiritilishi arafasida
respublikada hukm surgan ijtimoiy-
siyosiy vaziyatni ko‘z oldimizga keltirib,
eslashimiz zarur.
Mustaqillikka intilish xalqimiz hayotida u yoki bu ko‘rinishda sobiq
Sovet imperiyasi hukmronlik qilgan davrda ham namoyon bo‘lib turdi.
U
faqat 1991 yilga kelibgina ro‘yobga chi
qdi. Buning bir qancha sabablari bor.
Eng asosiysi, kishilik jamiyatining uzoq tarixidan ma’lumki, har qanday
imperiya o‘zi yaratilgan kundan boshlab o‘limga mahkumdir. Chunki uning
maqsadi mustamlaka mamlakat xalqlarini ezish, uning moddiy boyliklarini
ta
lash bo‘ladi. Shunday maqsadni ko‘zlagani uchun ham u bo‘ysundirilgan
xalqlarning tobora ko‘proq qarshiligiga uchraydi, ularni boshqarish brogan
sari qiyinlashib boradi, pirovard natijada imperiyaning o‘zi inqirozga yuz
tutadi.
Sobiq SSSR hukmronligini yodga olsak, 80-yillarning ikkinchi yarmi va
90-
yillarning boshlarida mamlakatda umumiy inqirozning ko‘rinishlari
yaqqol namoyon bo‘la bordi. Shuningdek, O‘zbekistonda ham ishlab
chiqarish asta-
sekin so‘na bordi. Masalan, 1987 yilda O‘zbekistonda milliy
daromad kishi boshiga 1985 yildagiga nisbatan 94,5 % ni tashkil qildi.
Ijtimoiy mehnat unumdorligi 1986
–
1990 yillarda biron marta ham 1985
yildagi darajaga yetib bormadi. Bu davrlarda sanoat va qishloq xo‘jaligining
bir qancha sohalarining nafaqat kishi boshiga, balki mutlaq miqdori ham
kamayib ketdi. Po‘lat, traktor, paxta terish mashinalari, ekskavator,
ko‘prikli kran, qog‘oz, paxta tolasi, shohi gazlama, go‘sht ishlab chiqarish
miqdori ancha kamaydi. Qishloq xo‘jaligida ham paxta va sabzavot
turlarining hosil
dorligi pasaydi. Aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, o‘rtacha
ish haqi to‘lash va boshqa ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston
Rossiyadan deyarli ikki barobar orqada qola boshladi. Ijtimoiy-
madaniy sohalarga e’tibor tobora kamayib bordi. Achinarlisi
shundaki,
maorif, fan, sog‘liqni saqlash oqsay boshladi. Agar 1985 yilda maorif va
fanga, umumiy ijtimoiy-
madaniy tadbirlarga yo‘naltirilgan mablag‘ning
46,3 % sarflangan bo‘lsa, 1991 yilga kelib bu ko‘rsatkich 25,2 % gacha
kamayib ketdi. Sog‘liqni saqlas
h va jismoniy tarbiya sohasida ham bu
ko‘rsatkich 18,0 % dan 12,7 %ga pasaydi.