”O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv kursining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodik tamoyillari


"Eng yangi tarix" tushunchasining ta'rifi, mazmun -mohiyati



Download 39,9 Kb.
bet2/4
Sana06.02.2022
Hajmi39,9 Kb.
#434107
1   2   3   4
Bog'liq
O‘zbekistonning eng yangi tarixi2

"Eng yangi tarix" tushunchasining ta'rifi, mazmun -mohiyati


O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotni isloh qilish bilan bir vaqtda, milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlash jarayonlari boshlandi. Tarixiy xotira - milliy o‘ziga xoslikni tarixan idrok etishda asos bo‘lib xizmat qildi. Ma'lumki, tarixiy xotira xazinasi millat taraqqiyotiga yordam beradigan milliy ongning samarali kuchi sifatida ona tiliga, turmush tarziga, urf-odatlari va madaniyatiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Bu shunchaki ma'naviy merosni saqlab qolish uchun tarixiy qadriyatlarni jalb qilish emas, balki ma'naviy
tiklanish yo‘lini boshlash uchun xalq o‘zining ko‘p asrlik tarixiga, ming yillik madaniy tajribasiga, buyuk ajdodlari merosiga murojaat qilishi va O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qanday ma'naviy-axloqiy boyliklar bilan kirishi kerakligini anglatadi. Bularning barchasi I.Karimov tomonidan tarixiy xotiraga berilgan mazkur ta'rifda o‘z ifodasini topgan: “Tarixiy xotira – bu umr mazmunini, avlodlar o‘rtasidagi vorislik tuyg‘usini, ularning bir-biriga daxldor ekanligini, hayotning bamisoli uzviy halqalar kabi ketma-ket bog‘lanishini anglash, tarixdan xulosa chiqarib, bugungi kun uchun to‘g‘ri yo‘l tanlash, ota-bobolarimizning ro‘hi poklariga hurmat bilan qarash, milliy qadriyat va an'analarimizni toptashga yo‘l qo‘ymaslik, ularni ko‘z qorachig‘idek asrash demakdir”.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning 2011 yilda nashr etilgan "O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" deb nomlangan asari O‘zbekiston tarixidagi eng yangi davrni chuqur o‘rganishga kuchli turtki bo‘ldi. Unda respublika rahbari sifatida Islom Abdug‘anievich Karimovning mustaqillik masalasidagi qat'iy pozisiyasi aniq tarixiy hujjatlar asosida ko‘rsatib berilgan.U davlat yetakchisi sifatida eng mashaqqatli davrda o‘z faoliyatini boshladi. Hali Sovet Ittifoqi o‘z kuchini saqlab, repressiv siyosatini davom ettirar, ammo, shunga qaramay, chuqur tanazzul yoqasiga kelib qolgan, kishilar orasida kelajakka ishonchsizlik va vahima kayfiyati hukmron edi. Bunday murakkab sharoitda odamlarni kutilmagan zarbalardan himoya qilish, tushkun ruhiy vaziyatdan olib chiqish, ularda ertangi kunga bo‘lgan ishonch hissini qaror toptirish g‘oyat muhim edi.
Sirasini aytganda, ushbu kitob - eski tizimni buzish paytida, erkin va mustaqil hayot yo‘lida paydo bo‘lgan savollarga javoblarni o‘z ichiga oladi. Shu jihatdan ham u juda ko‘p faktik va tahliliy materiallarni o‘z ichiga olgan ensiklopedik asardir. Kitobga kiritilgan har bir tarixiy hujjatda o‘sha tashvishli zamonning ritmi seziladi, muallifning o‘sha tarixiy voqealarga dahldorligi va bevosita ishtirokchisi sifatidagi munosabati aks ettiriladi. Bir so‘z bilan aytganda, ushbu kitob yaqin o‘tmish tarixining haqiqiy tasvirini to‘la aks ettirigani bilan ham qadrlidir.
Ko‘plab milliy tarixiy maktablarda mamlakatning zamonaviy tarixining boshlanishi uning xorijiy hukmronlikdan ozod bo‘lganligi va mustaqil milliy davlat
tashkil topishi bilan belgilanadi. Zamonaviy tarixni davrlashtirishga boshqa yondashuvlar tarafdorlari "hozirgi zamon" atamasida hozirgi zamon bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan davrni nazarda tutadilar. Ular XX asr tarixi yoki hozirgi tarix haqida gapirishni afzal ko‘radilar.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tarixshunosligi muhim o‘zgarishlarga uchradi. Sovet partiyasi mafkurasining rad qilinishi munosabati bilan u yangi bosqichga o‘tdi, ijtimoiy rivojlanish ehtiyojlari oldiga yangi nazariy va uslubiy darajani egallash, yangi ilmiy yo‘nalishlarni ishlab chiqishni boshlash vazifasi qo‘yildi.
Ko‘pgina mutaxassislarning fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning zamonaviy tarixi 1989 yildan boshlanadi. Mazkur sana bilan bog‘liq voqealar - sovet totalitar tuzumining so‘nggi o‘n yilligidan boshlab chuqur inqiroz pallasiga kirganligi, xususan, respublikalarning milliy, iqtisodiy, ijtimoiy manfaatlariga e'tiborsizlik bilan xarakterlanadi. O‘zbekiston tarixidagi ushbu murakkab davrda siyosiy sahnada yangi shakllangan lider - Islom Abdug‘anievich Karimov paydo bo‘ldi. Uning oqilona siyosati tufayli respublikaning manfaatlari himoya qilindi, mamlakatni siyosiy va iqtisodiy inqirozdan, ichki va tashqi mojarolardan qutqarish mumkin bo‘ldi. I.A.Karimov davlat rahbari sifatida faoliyat boshlagan kundan boshlab, milliy mustaqillik g‘oyasini ilgari surdi va nihoyat,1991 yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e'lon qilindi.
Suveren davlat sifatida O‘zbekistonning eng yangi tarixi butun insoniyat tarixiy taraqqiyotining yangi bosqichiga to‘g‘ri keladi va shuning uchun ham u zamonamizning global voqealari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan eng yangi tarixning ajralmas qismiga aylandi.
Tarixdan ma'lumki, ko‘plab xalqlarning mustaqillikka erishishi, ularning nafaqat yangi shakllangan davlatlari tarkibini, balki xalqaro maqomini ham o‘zgartirgan va bu "yaqin tarix" tushunchasini belgilashda muhim omillardan biri bo‘lgan.
Bu o‘rinda yangi va zamonaviy zamon o‘rtasidagi tarixiy davrni bir voqea sodir bo‘lgan sana bilan emas (juda katta miqyosda bo‘lsa ham), balki jamiyatning
turli sohalaridagi sifat o‘zgarishini ko‘rsatadigan hodisa va jarayonlarning umumiy miqyosi doirasida aniqlash kerak.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, O‘zbekistonni mustaqil rivojlanishining mohiyati, mazmuni va ahamiyatini baholab, mamlakat yaqin tarixini quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin.
Birinchi bosqich: 1989 yildan 1991 yilgacha. Bu bosqich - yangi rahbarning siyosat maydonida paydo bo‘lishi, milliy istiqlol g‘oyasining pishib yetilishi, SSSRning parchalanib ketishi negizida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bilan bog‘liq sa'y-harakatlar bilan tavsiflanadi.
Ikkinchi bosqich: 1991 - 2000 yillar. Bu - ustuvor islohotlar va o‘zgarishlardan milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish hamda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri. Tarixan qisqa vaqt ichida "taraqqiyotning o‘zbek modeli" ni tanlab olish natijasida milliy davlat shakllanishi uchun ishonchli qonunchilik va huquqiy asos yaratildi. Davlat boshqaruvining yangi tuzilmalari yuzaga keldi, jamoat va fuqarolik institutlarining asoslari barpo etila boshlandi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish amalga oshirildi.
Uchinchi bosqich: 2001-2010 yillar. Bu bosqichda - mamlakatni faol demokratik yangilash va modernizasiya qilish boshlandi. Bu davrning asosiy vazifasi kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish edi. Shu negizda siyosiy va iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish va liberallashtirish, davlat va jamiyat qurilishi, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qiladigan, fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy faolligini oshiradigan, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantiradigan mustaqil sud tizimini mustahkamlash jarayonlari davom etdi.
To‘rtinchi bosqich: 2010-2016. Bu bosqichda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizasiya qilish jarayoni davom etmoqda. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta'minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini
chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlarning huquqiy asoslarini yaratish bilan tavsiflanadi.
O‘zbekistonning zamonaviy tarixining beshinchi bosqichi 2017 yildan boshlandi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu tarixiy hujjat mustaqillikni qo‘lga kiritilganidan boshlab, mamlakatni demokratik yangilash va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni rivojlantirishni aks ettiradi, unda davlat va jamiyat rivojlanishining yangi bosqichida modernizasiyani yanada davom ettirishning strategik dasturi belgilab berilgan.
Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta'minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlar uchun huquqiy asoslarni yaratishni davom ettirish bilan tavsiflanadi.
Ta'kidlash joizki, zamonaviy davrga oid har xil qarashlarni hisobga olgan holda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish bilan bog‘lik mazkur bosqichlarni, avvalo, tarixchi foydalanishi kerak bo‘lgan vosita sifatida ko‘rib tushunish kerak va bu boshqa mutaxassislarning fikrlari bilan mos kelmasligi ham mumkin.
Zamonaviy tarixni o‘rganishning dolzarbligi uning zamonaviy hayotga ta'sir ko‘rsatadigan voqealarni tushunishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bu voqealarning tarixiy ahamiyati va mohiyati nimada.? Ayrim siyosatchilarning roli qanday, bu voqealarning rivojlanishi qanday ssenariylarga ega va ular zamonaviy jarayonlar bilan qanday bog‘liq? Bu yaqin tarix javob berishi kerak bo‘lgan savollar. Javoblar esa, mutaxassislarning voqea-hodisalarni qay darajada rivojlanish va kelajak bilan bog‘liq tendensiyalarni qay tarzda idrok etish qobiliyati bilan bog‘liq. Davlatimiz rahbari bugungi tinch va osoyishta hayotni saqlashga, mustaqillikni mustahkamlashga bir necha bor da'vat qilar ekan, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan
istiqlolga erishish tarixini chuqur o‘rganish muhimligini, qanday qiyin yo‘ldan o‘tganimizni va yana nima qilishimiz kerakligini alohida ta'kidlaydi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi hali institutsional xususiyatga ega emas, ya'ni, mustaqil metodikaga, ilmiy ishlarga va o‘quv-uslubiy ta'minotga ega emas. So‘nggi yillarda mamlakatimiz tarixidagi voqealar ko‘lami va ularning dinamikasi uni fan va ta'lim oldida tizimli ravishda tushunish masalasini ko‘taradi.
Bundan tashqari, "yangi avlodning o‘quv, ilmiy va uslubiy adabiyotlari va nashrlarini tayyorlash, O‘zbekistonning eng yangi tarixini global va mintaqaviy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda, shuningdek, mintaqada shakllangan sivilizasiya, xalqlar va davlatlarning tarixiy va madaniy merosini mushtarak tarzda o‘rganishni taqozo etadi.
Yoshlar mustaqil ravishda ma'lumot qidirishlari, turli manbalarni tanqidiy qabul qilishlari va tahlil qilishlari, o‘zlarining fuqarolik pozisiyalarini dalillar bilan taqdim etishlari kerak.
Yosh avlodga e'tibor quyidagilarga bog‘liq. Globallashuv sharoitida O‘zbekiston yoshlari turli mafkuraviy oqimlarning ta'siri zonasida qolmoqdalar, ularning ba'zilari hatto mustaqil O‘zbekistonni va uning hukumati yuritayotgan siyosatni ataylab obro‘sizlantirishga qaratilgan aksil tashviqotlar iskanjasiga tushib qolmoqdalarki, endilikda ilmiy va akademik fan sifatida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bilan bog‘liq axborot xavfsizligi tizimini ta'minlash zarur.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi - bu nafaqat akademik bilim va o‘qitish, balki tarixiy xotirani shakllantirish, vatanparvarlik va faol fuqarolik pozisiyasini qaror toptirish yo‘lidir. O‘zbekistonning zamonaviy tarixini bilish - yoshlarga XX asr oxiri
– XXIasr boshlarida milliy tarix voqealarini mustaqil tarzda baholashga, jahon tarixi kontekstidagi va davlatimiz taraqqiyotidagi eng muhim tendensiyalarni ko‘rish, O‘zbekistonning zamonaviy dunyoda tutgan o‘rni haqida tasavvurni shakllantirish, mamlakatning yangi strategik yo‘nalishini, uning ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini tushunishiga xizmat qiladi..
“Yaqin tarix” tushunchasi an'anaviylikdan farqli o‘laroq, tarixning "eng yangi" falsafasi mavzusiga aylanadi. U insoniyat va jamiyat taraqqiyotining muammolarini
yangi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga asoslangan. U o‘zgaruvchan dunyo hodisalarini tadqiqot ob'ekti sifatida qarab, voqea- hodisalarni tarixshunoslikning bir bo‘lagi sifatida o‘rganadi.
Muayyan vaziyatlarni tekshirish usuli - tarixiy yondashuvga asoslanadi. Faktor tahlili - ma'lum mezonlarga ko‘ra, turli omillarni guruhlashdan foydalanish, o‘rganilayotgan ob'ektning tuzilishini bilish, sifat va miqdoriy tavsiflarni taqsimlash bo‘yicha; sosiologik tadqiqotlar va og‘zaki tarix usullari - rasmiy manbalar bilan bir qatorda, ushbu voqealar ishtirokchilarining xotiralaridan foydalanishga, mavzuni kengroq va chuqurroq ko‘rib chiqishga, turli darajadagi jarayonlarning o‘zaro munosabati va o‘zaro ta'sirini tahlil qilishga imkon beradi. Ko‘p bosqichli tahlildan foydalanish - qaror qabul qilishning asosiy prinsipi va mexanizmlarini aniqlashga yordam beradi.
Yaqin tarixni har tomonlama o‘rganish muhim nazariy va amaliy vazifadir. Zamonaviy davr tarixini o‘rganishda fanlararo yondashuvlarni ishlab chiqish tavsiya etiladi. Zamonaviy jarayonlar ham milliy, mintaqaviy va global jihatlarni o‘rganishga asoslangan holda muntazam ravishda tahlil qilinishi kerak.
Sovet Ittifoqi mafkurasining rad etilishi munosabati bilan O‘zbekiston zamonaviy tarix fanida quyidagilar muammoli masalalarga aylandi:

  • Ijtimoiy va siyosiy hayotda olib borilayotgan islohotlarning ahamiyati.

  • Fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish yo‘llari.

  • Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmuni.

* Xalqaro munosabatlar tizimida O‘zbekistonning o‘rni.

  • Markaziy Osiyodagi geosiyosiy vaziyat.

  • Mintaqaviy va milliy xavfsizlik.

  • Millatlararo, dinlararo munosabatlar va h.k.

Zamonaviy tarix masalalari bo‘yicha tematik tadqiqotlar sohasi hali ham yetarlicha aniqlanmagan, fanlararo tadqiqotlar hozircha mavjud emas. Shuning uchun ham zamonaviy tarixni o‘rganishga butun tarix faniga xos bo‘lgan yangi yo‘nalishlarni kiritish, zamonaviy tarixni jiddiy metodologik asos bilan ta'minlash muhimdir.

  1. Download 39,9 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish