O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan Taqdimot ishi Mavzu: bozor iqtisodiga o’tishning o’zbek modelini qaror topishi



Download 1,73 Mb.
bet1/3
Sana30.03.2022
Hajmi1,73 Mb.
#517144
  1   2   3
Bog'liq
bozor iqtisodiodiga otishning ozbek modelini qaror topdirish

Termiz davlat universiteti Pedagogika InstitutiAniq va tabiiy” fanlar fakulteti Matematika va Informatika yo’nalishi 1-kurs talabasi Abilxayirov Ahmad

O’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan Taqdimot ishi

Mavzu: bozor iqtisodiga o’tishning o’zbek modelini qaror topishi


O’zbekistonda qabul qilingan, <> deb nom olgan, ijtimoiy yo’naltirgan erkin bozor iqtisodiyotiga o’tishning iqtisodni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohatchi vazifasini bajarishi, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yurutish, islohatlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga asoslangan o’ziga xos yo’li – bularning barchasi, ayniqsa 2008-yilda boshlangan va hanuz davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida o’zining nechog’lik to’g’ri ekanligini isbotladi.
Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivojlanish yo’li xalqimiz ko’zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo’lgan, qonun usutuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar.
Biz istiqlolimizning birinchi kunlaridanoq chetdan turib tiqishtirilgan <>
Usullaridan, bozor iqtisodiyoti o’zini o’zi tartibga solidi, degan soxta tasavvurlardan voz kecdik, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o’tish jarayonida <> va <> kabi mashhur tamoyillarga amal qilib, tadrijiy yondashuvni, islohatlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lini tanladik. “ O’zbekiston Pezidenti Islom Karimov”
Ta'lim islohotlari Lotin yozuviga o`tish
Sho`ro tuzumi davrida O`zbekiston iqtisodini izdan chiqarish, aholini qora mehnatga mahkum etish, uning boy o`tmish madaniyatidan ayirish maqsadida paxta yakkaxokimligiga zo`r bergan edi.
Sobiq ittifoq tarqalishi arafasida O`zbekiston hech qachon mustaqil bo`la olmaydi, o`zi alohida taraqqiy qila olmaydi degan fikrlar mavjud edi. Vek gazetasining 1995 yil 21-27 iyul sonlarida bosilgan maqolada: SSSR parchalanib ketganidan so`ng eng dahshatli voqea O`zbekistonda yuz berishi lozim edi. Lekin bunday bo`lmadi. Karimov birorta ham xatoga yo`l qo`ymadi... deyilgan edi.
Bu fikrlarga qarama-qarshi o`laroq mustaqillik yo`lida O`zbekiston hech kimnikiga o`xshamagan, o`ziga xos va o`ziga mos yo`ldan borib, o`zinin o`nglab olishga erishdi. Mustaqillik yo`lidagi ulkan yutuqlarimizni xalqimiz haqli ravishda Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog`laydi. Prezidentimizning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi belgilab bergan beshta tamoyili qanchalik hayotiyligini vaqtning o`zi ko`rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda O`zbekistonning o`zi tanlagan, o`ziga xos yo`li mavjudligi, va bu yo`ldagi qiyinchiliklarni bartaraf qilishimizga ishonch haqida Prezidentimiz 1992 yildagi ma'ruzalarida aytib o`tgan edi. Biz bozor iqtisodiyotiga o`tishni mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni saqlagan holda, bosqichma-bosqich, aholining nochor qismini asrab-avaylab, ularga yetarli sharoitlar yaratib bergandan keyingina amalga oshiramiz. Bizning nozik yerimiz shundaki, bizda tayyor mahsulot yetishmaydi. Xom-ashyo ko`p, lekin uni tayyor mahsulotga aylantirib beradigan korxonalar, zavod-fabrikalar kam. Biz bu kamchiliklarni to`g`irlashimiz kerak. Odamlar hali eski mafkura hukmronligida yashamoqdalar, ularning ongi, dunyoqarashini o`zgartirishimiz, ularni yangi sharoitlarga ko`niktirishimiz lozim.
O`zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o`tishdagi o`z yo`li - O`zbek modeli:
Bozor iqtisodiyotiga o`tishda urf-odatlarimizni, azaliy an'analarimizni, kishilarning fikrlash tarzini hisobga olish.
Dinimizni nazardan chetlashtirmaslik, chunki din turmush tarzimizga, ma'naviy qadriyatlarimizga, kishilar ongiga singib ketgan.
Mamlakatdagi demografik vaziyatni hisobga olish zarur. Respublikamizda 60% dan ortiq aholi qishloqlarda yashaydi. Ularning shaharga qatnab ishlashi qiyin. Shuning uchun odamlarni ishxonaga emas, ishxonani odamlarga yaqinlashtirishimiz kerak. Buning uchun esa kichik korxonalar va mini-zavodlarni ko`paytirish, oilaviy va kichik tadbirkorlikka keng yo`l ochishimiz lozim.
O`zbekiston - ko`p millatli mamlakat. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda biz boshqa millatlarning madaniyati va an'analarini unutmasligimiz zarur.
O`zbekistonning geografik-siyosiy joylashishi juda qulay. Bu yerdan qadimda Buyuk Ipak yo`li o`tgani bejiz emas.
Islohotlarga tabiiy-iqlim sharoiti ham ta'sir qiladi. Biz mamlakatdan meva va sabzavotlar, pilla, paxta eksport qilishimiz mumkin.
O`zbekiston o`zining siyosiy-iqtisodiy mustaqilligini ta'minlash uchun yetarli salohiyatga ega. O`zbekiston hududida Mendeleev davriy jadvalidagi hamma elementlardan bor. Yer osti va yer usti boyliklarini dunyo bozoriga chiqishini ta'minlashimiz kerak.
Biz hozircha rubl tazyiqida yashayapmiz. Lekin bu hozircha. O`z milliy valyutamizga o`tish ham bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Yana shuni nazarda tutish kerak-ki, milliy valyuta mustaqillikning bir belgisidir.
Ijtimoiy ong va ijtimoiy psixologiya masalasi. Odamlardagi Hamma narsa davlatniki degan aqidani, fikrni yo`qotishimiz, mulkdorlar sinfini shakllantirishimiz kerak. Odam o`z shaxsiy mulkiga baribir boshqacha munosabatda bo`ladi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalar kengaymoqda. Chet davlatlar bilan qo`shma korxonalar ko`paymoqda. UzDEUavto, Mersedens-Bents, Coca-Cola, Sovplastital, Xorazm Maveraplast qo`shma korxonalari (qo`shma korxonalarni sanayversak, ular bir oz joyni egallaydi) fikrimiz dalilidir. Bular O`zbekistonga xalqaro hamjamiyatda ishonch baland ekanligini, O`zbek modeli o`zini oqlayotganligini ko`rsatmoqda.

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish