O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi


Bugun umumxalq harakatiga aylangan



Download 27,89 Kb.
bet6/10
Sana13.06.2022
Hajmi27,89 Kb.
#662795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
25.12.2020 yoshlar forumi

Bugun umumxalq harakatiga aylangan besh muhim tashabbusni amalga oshirishda yoshlarimiz faol ishtirok etayotgani bizni cheksiz quvontiradi.
Albatta, bu yo‘nalishda ma’lum natijalarga erishgan bo‘lsak ham, hali qiladigan ishlarimiz judayam ko‘p. Joylardagi madaniyat markazlari, sport zallarini ta’mirlash va jihozlash, yangilarini qurish haqida bugun jiddiy bosh qotirishimiz kerak.
Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga bir oy muddatda besh muhim tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qilish topshiriladi.
Ushbu qarorlarda joylardagi 459 ta madaniyat markazida zamonaviy sharoitlar tashkil etish, ularni ta’mirlash va jihozlash ko‘zda tutilishi lozim.
Bu muammoni albatta hal qilamiz. Lekin, meni masalaning boshqa jihati ko‘proq o‘ylantiradi. Madaniyat va san’at yo‘nalishida o‘qishni tamomlagan yoshlarimizning ko‘pchiligi poytaxtda qolishni afzal ko‘rayapti. Bu ahvolda katta xarajatlar evaziga joylarda barpo etilayotgan madaniyat va ma’rifat markazlarida ertaga kim ishlaydi? Qishloqlardagi yosh iqtidor egalarini kim izlab topadi, ularni kim tarbiyalaydi?
Shu munosabat bilan viloyat hokimlari har qaysi tuman va shahardan 5 nafargacha yoshlarni madaniyat va san’at oliygohlarida mahalliy byudjet hisobidan o‘qitadi. Kelgusida ularni o‘z hududida uy-joy va mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, hudud rahbarlari bilan birgalikda ushbu masala bo‘yicha ikki oy muddatda alohida dastur ishlab chiqadi.
Yana bir muammo – joylarda iste’dodli bolalarning aksariyati o‘z qobiliyatini ro‘yobga chiqarish uchun tegishli sharoitga ega emas. Talantli yoshlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joylardagi ishlar talab darajasida emas.
Misol uchun, qaysi hududdan qancha Zulfiyachi qizlar chiqdi? Nechtasi “Nihol” mukofoti sovrindori bo‘ldi? Qaysi yosh shoir yoki yozuvchining kitobi nashr etildi? Qaysi yosh talant respublika yoki xalqaro tanlovlarda, sport musobaqalari va fan olimpiadalarida g‘olib bo‘ldi?

Download 27,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish