O’zbekistonning diniy-ekstremizm va halqaro terrorizmga qarshi kurashi



Download 90 Kb.
bet2/2
Sana03.03.2022
Hajmi90 Kb.
#480824
1   2
Bog'liq
EKSTRIMIZM VA EKSTRIMISTIK OQIMLAR

HINDUIZM

Hinduizm juda murakkab dindir. U bir tomondan yirik ijtimoiy tashkilot, ikkinchi tomondan turli dinlar qorishmasidir. Ijtimoiy tashkilot sifatida kastachilik asosiga qurilgan. Ma’lumki, mil. av. VI asrda Hindistonda buddizm dini vujudga keldi. U braxmanizmdagi bir necha jihatlarni qabul qilgan bo’lsa-da, kasta ta’limotini inkor etdi. O’sha davrda Hindistonda kasta tuzumini saqlab qolishga, braxmanizm dinini isloh qilib, qayta tiklashga harakat boshlandi. Bu harakat braxmanizm bilan buddizm o’rtasidagi kurashni ifodalovchi hinduizm edi.


Bu din, asosan, Hindistonda tarqalgan bo’lib, mamlakat aholisining 83 foizi, ya’ni 650 mln. kishi shu dinga e’tiqod qiladi. Hinduizm e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan jahonda uchinchi o’rinda turadi. Barcha hinduistlarning soni 700 mln.ni tashkil etadi. Yirik jamoalar Bangladeshda (12 mln.), Indoneziyada (3,6 mln.), SHri Lankada (3 mln.), Pokistonda (1,5 mln.), Malayziyada (1 mln.), AQSHda (0,5 mln.), Butanda (0,3 mln.) mavjud. Hinduizm uni qabul qilmoqchi bo’lganlarga qo’yadigan birinchi va asosiy shart Hindistondagi kasta tuzumini qabul qilishdir.
Diniy qorishma sifatida hinduizm oriylargacha bo’lgan dinlar, hind-skif jamoalarining ibtidoiy diniy tasavvurlarini va qadimgi braxmanlarning buddizm bilan aralashgan qadimiy urf-odatlarini o’zida mujassam qilgan.
SHunisi qiziqki, hinduizm o’zining asosi hisoblanadigan vedizm va braxmanizmdan tashqi ko’rinishda farqlanadi. Unda yangi braxmanizm dinlari, to’g’rirog’i, oqimlari mujassamdir. Ularning barchasini umumiy jihatlariga qarab bir guruhga jamlash mumkin: tushuncha va qonunlarning asl manbai bo’lgan vedalarning muqaddasligi; guru (pir, ustoz)ning tan olinishi; muqaddas joylarga ziyoratga borish; sanskritning muqaddas til ekanligi; va nihoyat, sigirning muqaddas ekanligi. Bu besh qoida yoki aqida umum tomonidan tan olingan bo’lsa-da, ko’p sonli e’tiqod qiluvchilar orasida o’ziga yarasha farq va o’ziga xoslik kasb etgan.
Hinduizmda keyingi davrda vedalardan tashqari xalq og’zaki ijodi namunalari, jumladan, «Maxabxarata» ham muqaddas yozuvlar qatoriga qo’shilgan. Hinduizmda ham braxmanlar asosiy o’rinni egallaydi. SHuning uchun ham mazkur adabiyotlarning ko’pchiligi braxmanlar tomonidan yaratilgan. Ular eski aqidalarning zamon talabiga javob bermasligini ko’rib, yangi qonun-qoidalarga mos ravishda turli oqimlarni yuzaga keltirdilar. Ular shu yo’l bilan o’z raqiblari hisoblangan buddistlarga qarshi kurash olib bordilar.
Hinduizm braxmanizmdan katta farq qiladi. Unda Maxabxarata va boshqa she’riy matnlar qadimgi sanskrit tilidan zamonaviy hind tiliga tarjima qilinib, muqaddasligi jihatidan asl matni bilan bir xil hisoblanadi. Hinduizm ta’limotiga ko’ra, braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan, hatto ayollardan bo’lishi ham mumkin.
Hinduizmda trimurti (uchlik) – Braxma, Vishnu, SHiva xudolari asosiy xudolar sanalib, Braxma ularning eng kattasi – dunyoni yaratgan xudo hisoblanadi. Biroq hinduizmda faqatgina Vishnu va SHivagagina sig’inadilar. SHunga binoan, hinduizm ikki asosiy oqimga bo’linadi: SHivaga sig’inuvchilar va Vishnuga sig’inuvchilar.
SHiva oddiy xalq ommasi – kambag’allarning ilohiyoti hisoblanadi. U Rigvedaning birinchi nusxalarida Rudra nomi bilan zikr etilgan. Atxarvavedada Rudraning roli oshib boradi. Yajurvedada Rudra Agni timsolida berilgan. U Ishana, Ishvara, Maxadeva (buyuk xudo) nomlari bilan ham ataladi.
Hindistonda shivaizmning o’n uchga yaqin asosiy oqimlari mavjud. SHivachilar orasida asosiy oqim sifatida tridandinalar (uch tayoqlilar) va smartlar (smriti so’zidan – haqqoniy rivoyatlar)ni aytib o’tish mumkin. Tridandinalarning markazi Varanasi bo’lib, unda tarkidunyochilikda hayot kechiradilar. Smartlarning bir qismi rohiblikda, yana bir qismi – dunyoviylik holatida yashaydilar. Ushbu oqimlarning har ikkalasi ham faqat braxmanlarnigina o’z saflariga qabul qiladilar. Dandilar, ya’ni zohidlar oriylarga xos bo’lmagan ba’zi marosimlarni o’tkazadilar. Jumladan, shu oqimga kirayotgan paytda oyoqlarining pastki qismidan qon chiqaradilar. O’lganlarni yerga dafn qiladilar yoki muqaddas daryolardan biriga topshiradilar. SHivaizmning katta oqimlaridan yana biri lingachilar bo’lib, ular bo’yinlariga linga osib yuradilar. Kimdir uni oltin, kumush qutida olib yuradi. Ibodat vaqtida uni chap qo’llarida tutib turadilar. Lingachilar bir necha urug’larga bo’linib, o’zaro qudachilik qilmaydilar.
Yoglar o’zlarini tarkidunyo qilgan odam sifatida turli ko’yga soladilar. Uzoq vaqt nafas olmay o’zlaridan ketadilar, bu vaqtda ular SHiva bilan yolg’iz qoladilar; omma oldida havoga ko’tariladilar; yana gipnoz usulida o’rgatilgan echki yoki ilon yordamida sadaqa yig’adilar.
SHivaizmning mayda oqimlari oriylarga tegishli bo’lmagan an’analar bilan sug’orilgan. Deylik, SHaktra yoki SHakta oqimi hayvon yoki odamlarni qurbon qilishi bilan ajralib turadi. Hozir turli balo-ofatlar paytida qilinadigan bunday qurbonliklar yo yo’q bo’lib ketgan, yoki maxfiy ravishda amalga oshiriladi. Xalq orasida SHivaning 1008 ta nomi bor.
Vishnu – hozirgi Hindiston panteonida birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi ilohiyotdir. Rigvedada tabiatga jon ato etuvchi quyosh xudosi Vishnu birinchi darajali ilohiyotdir. Unda Vishnu juda saxiy qilib tasvirlangan. Ibodat paytida uni Savitar, Roxita, Surya, Adita nomlari bilan ham ataydilar. U butun koinotni uch qadamda bosib o’tishi va havoda muallaq yura olishi xususiyati bilan tavsiflanadi. Yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon Krishna Vishnuga qo’shilib ketgan deb tasavvur qilinadi.
Maxabxarata va Ramayana dostonlarida Avatara, ya’ni insonning Vishnuga qo’shilib ketishi haqida so’z yuritiladi. Vishnu gohida to’rt qo’lli qilib tasvirlanadi. Vishnuning ommaviy ibodat marosimlari ba’zan juda murakkablashib, uzoq vaqt Prezident I.Karimov «Olloh bizning qalbimizda, yuragimizda» deb nomlangan asarida islom dini bilan turli aqidaparastlar va ekstremistlar qarashlarining farqini tushuntirib, ularning g’arazli maqsadlarini xalqqa yetkazish muhimligini ta’kidladi. CHunki har bir kishi har qanday g’oyaga ongli munosabatda bo’lib, uni chuqur tushunib olsa, o’sha g’oyaning to’g’ri-noto’g’riligini ajrata oladi va qanday harakat qilish lozimligini tushunib yetadi. Aks holda turli yuzaki tashviqotlarning foydasi yo’q. Bu borada ma’rifat hodimlari, ziyolilar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanadi. Yurtboshimiz Oliy Majlisning XI sessiyasida ta’kidlaganidek, «Olimlarimiz, ta’lim - tarbiya dargohlarining tarbiyachilari, o’qituvchilari O’zbekistonga bo’lgan havf va tahdidlarni to’g’ri tahlil qilib, bolalarimiz taqdiri uchun birinchi navbatda yonib harakat qilishi, bolalarimizni butunlay havfdan himoya qilishlari kerak». Prezidentimiz I.Karimov Oliy Majlisning 1999 yil 14 aprelidagi sessiyasida, «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» deb nomlangan ma’ro’zasida qo’yidagilarni alohida ta’kidladilar: «16 fevral kuni Toshkentda ro’y bergan fojiali voqealar ko’p narsalarga ko’zimizni ochib berdi, demak, o’ylaymizki sizlar mening bu fikrimga qo’shilasiz. Biz o’zimizning achchiq tajribamizdan O’zbekiston mustaqilligiga haqikiy havf-hatarlar borligiga qayta - qayta amin bo’lmoqdamiz. Bunday kirdikorlardan maqsad, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, fuqarolar va millatlararo totuvlikni izdan chiqarishga o’rinishdir. Boshqacha aytganda, bundan maqsad xalqimizning farovon hayot qurishga bo’lgan intilishlarini izchil rivojlantirishimiz va jahon hamjamiyatiga qo’shilish yo’lidagi ezgu niyatlarimiz poydevorini barbod etishdan iboratdir. Ana shu fojeali voqealarning asosiy sabablari haqida to’xtalar ekanman, men shularni e’tiboringizni ochiqdan-ochiq turgan ikkita havf-hatarga qaratmoqchi edim: Birinchidan, mamlakat tashqaridagi tajovuzkor aqidaparast kuchlar islom dini xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanidan foydalanib, O’zbekistonni demokratik, ma’rifiy taraqqiyot yo’lidan og’dirishga intilmoqdalar. Ikkinchidan, biz uni hech qachon unutmasligimiz kerakki, hali-hanuz bizning mustaqil yo’limizni ko’ra olmaydigan turli bahonalar bilan O’zbekistonga o’z siyosatini, ta’sirini o’tkazish va hukmronlik qilishga o’rinayotgan kuchlar mavjud» (Karimov I. O’zbekiston XX1 asrga intilmoqda T: «O’zbekiston», 1999y, 10-11 betlar) Bunday havf xatarlarning Markaziy Osiyo mintaqasiga, xususan, aksariyat aholisi islom dinida bo’lgan Tojikiston, O’zbekiston va boshqa mustaqil mamlakatlarga tahdid solayotganligini Prezidentimiz hisobga olishni ko’zda tutadi.
«Meni, – dedi I.Karimov, - hududni bosib olish maqsadidagi kurash tajovuzi havfi emas, balki miyasi zaharlangan yoshlarni o’zlari o’sib- o’lg’aygan shahar va qishloqlarni portlatishga o’rgatadigan platsdarm va bazalarni bunyod etishni maqsad qilib olgan diniy ekstremizm ekspantsiyasi xavotirga solmoqda». Muhtasar qilib aytganda, «Mustaqillik va din» mavzusini o’rganish qo’yidagi xulosalarga olib keladi. Birinchidan, O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li bu go’zal bir gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm merosidan va diniy ekstremizmdan halos bo’lish va poklanish, yagona mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon zahmatlarning bartaraf etilishi qiyin, uzoq davom etadigan yo’ldir. Ikkinchidan, mafkuraviy bo’shliqni bartaraf etishning, ayniqsa, diniy ekstremizm, islom fundamentalizmi va vahhobiylikni bartaraf etishning asosiy yo’li - hamma sohada mustaqillikni, Konstitutsiyamiz tamoyillarini, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida» gi qonunni og’ishmay to’g’ri amalga oshirish talab etiladi.
Uchinchidan, mafkuraviy tazyiqqa, diniy ekstremizm va vahhobiylik havf-hatarlariga barham berish uchun barcha fuqarolar, millat va elatlar, ayniqsa, yoshlarning ongliligi, xo’shyorligini doimo oshirish zarur.
Prezident I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2 - chaqiriq 9 - sessiyasida ta’kidlaganidek: «Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishning muhim tarkibiy qismi ma’naviyat va ma’rifat sohasida shaxsni muntazam kamol toptirish borasida uzluksiz ish olib borishdan iborat deb vazifa qo’yildi. Bu tizim markazida ma’naviyat, ahloq-odob, ma’rifat kabi o’lmas tushuncha, qadriyatlar turmog’i lozim. Bu tizimda muqaddas dinimiz ham, butun sharq falsafasi ham ulug’langanligini qayd etadi. SHuningdek, yurtboshimiz biz pedagog tarbiyachilarga qarata da’vat qilib, olimlarimiz, ta’lim - tarbiya dargohlarining tarbiyachilari, o’qituvchilari O’zbekistonga bo’lgan havfu hatarni to’g’ri tahlil qilib, bolalarimiz bunday yovuz kuchlardan himoya qilishlari kerak» deb undaydi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlash lozimki, Prezident I.Karimov Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq o’n to’rtinchi sessiyasida, 2004 yilning 29 aprelidagi nutqida xalqimizni yana bir bor hushyorlikka chaqirib, «Xalqaro terrorchi kuchlar qaytadan birlashib bosh ko’tarayotgan, o’ta makkor va yovuz uslublarni qo’llayotgan bugungi murakkab vaziyatda hayotning o’zi halqaro hamjamiyat, jumladan, mintaqamizda joylashgan barcha davlatlardan bu baloga qarshi kurashishda hamkorlikni ko’chaytirishni, bir yoqadan bosh chiqarib, bunday o’rinishlarga keskin zarba berishni, har qanday tajovuz va terrorchilik hurujlarining oldini olish, ularning mafkuraviy zaminini yo’qotish va avvalo, yoshlarimizning qalbi va ongi, sog’lom tafakkuri uchun kurashishni taqozo etmoqda. Bu kurashdan hech kim chetda qolmasligi kerak», - deb alohida qayd etadi.
Diniy – ekstremistik va terroristik harakatlar mamlakatimizga nisbatan qanday dushmanlik ko’rinishlariga qaramasdan, Prezidentimiz rahbarligida yovuz kuchlarga, muqaddas islom dinimizni yoki musulmon fuqarolarimizni tahqirlashga, jamiyatimiz osoyishtaligiga havf to’g’dirishda hech qachon yo’l qo’yilmaydi. Har qanday tajovuz va terrorchilik hujumlarini oldini olish, ularning mafkuraviy zaminini yo’qotish va, avvalo, yoshlarimizning qalbi va ongi, sog’lom tafakkuri uchun kurashishni taqazo etadi.
«Ayni zamonda, - deya qayd qilgan edi Prezidentimiz, - barchamiz bir tanu bir jon bo’lib, terrorizm va ekstremizm havfiga qarshi qat’iyat bilan kurash olib borishimiz, «O’z o’yingni o’zing asra» degan shiorning ma’nosini keng va chuqur anglab, go’zal va betakror Vatanimizning tinchligini, xalqimiz osoyishtaligini ko’z qorachig’iday saqlashimiz zarur». I. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvarda qo’shma majlisidagi «Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli ma’ro’zasida qayd etganidek, «Ayni paytda, biz faqat terrorizmning tashqi ko’rinishlariga, begunoh odamlarni garovga oladigan, portlatadigan va o’ldiradigan kimsalarga qarshi kurashish bilangina bu ofatni bartaraf etib bo’lmasligini bir necha bor ta’kidlaganmiz. Hayotning o’zi shuni ko’rsatmoqdaki, avvalambor, ushbu balo-qazoning birlamchi manbalariga qarshi kurashish darkor. Ya’ni islom dinini siyosatga aylantirayotgan, yovuzlik va terrorchilik mafkurasini yaratayotgan ko’plab radikal va ekstremistik markazlarning, birinchi navbatda, yoshlar ongini zaharlab, zombiga aylantirib, ulardan terrorchilar tayyorlash bo’yicha konveyer tashkil etayotgan, halifalik tuzishdek turli xom hayollarni amalga oshirishga o’rinayotgan kabih kuchlarning ildizini qirqib tashlash kerak» - deb vazifa qo’ydi.
Demak, terrorchilik tag-tomiri bilan yo’q qilinmas ekan, bu jaholat jahondagi har bir inson yoki xalqning boshiga tushishi mumkin. SHuni hisobga olib, ogoh bo’lmoq zarur.
Yoshlarimiz ongini zaharlashga qaratilgan esktremistik va terroristik g’oyalarning oldini oladigan milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismi bo’lgan insonparvarlik, tinchliksevarlik, ma’rifatparvarlik asosida qurilgan milliy va diniy qadriyatimiz bo’lgan islom arqonlarini yoshlarimizga tushuntirib borilsa, har qanday diniy niqobdagi g’oyalarga, ularning makkorona, g’arazli va jirkanch niyatlariga berilmasligi mumkin.
Yoshlarimiz ongini zaharlashga qaratilgan radikal guruhlardan himoya qilishning yana bir yo’li, xalqimiz qadriyatlarini tiklab, o’zlikni anglash hissini o’yg’otish orqali ma’naviy sarchashmalarimizga, uning ildizlariga qaytib, Vatanga, millatga sadokat ruhida tarbiyalash lozim. CHunki, milliy va diniy qadriyatlarimiz, yosh avlodni Vatanga muhabbat, ajdodlarga hurmat, zo’ravonlikka nafrat ruhida tarbiyalovchi, ularni ezgulik va bunyodkorlikka undovchi bitmas-tuganmas ma’naviy manbadir.
Diniy mutaassib (fanatik) oqimlar va ulardan yoshlarni himoya qilish uchun, eng avvalo ularga kirib qolish sabablarini anglab olmoq darkor. Ko’pincha hayotda o’z o’rnini topaolmaslik natijasida yuzaga keladigan bo’shliq sababli ruhiy tushkunlik (stress) holatdagi kishilar tezroq beriladi. CHunki diniy radikal (mutaassib) oqimlar o’z ta’limotlarni kishilardagi hayotiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, juda bir jozibador, insonparvar qilib ko’rsatishga o’rinadi.
Diniy mutaassib oqimlar a’zolarini qanday alomatlari bilan harakterlanishini bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ular asosan oilaviy hayot va mehnat faoliyati jarayonida kuchli ruhiy ezilishi, oiladan ajralishi, ishsiz qolishi kabi hayotiy hodisalar va tushkunlik, umidsizlikka berilishi natijasida ularga kirib qolishga sabab bo’ladi. Undan tashqari, haqiqiy e’tiqod qiluvchilar ma’naviy – ma’rifiy chanqoqligini yashayotgan joyda va ishlayotgan jamoalarida ma’naviy ehtiyoj va intilishini qondirmaslik omillari, shuningdek ruhiy kasalliklari tufayli, radikal diniy oqimlarda o’zining hayotdagi o’rnini topgandek his qilishi ham sabab bo’ladi. Bundan tashqari, yoshlarda hayotiy tajriba, shukronalik, sabr-toqat yetishmasligi, soddadilligi yoki atrofdagi sodir bo’layotgan adolatsizliklarni ko’rib, ularga nisbatan nafrat o’yg’onishi ham diniy mutaassiblik yo’liga kirishiga sabab bo’ladi.
Mutaassib oqimlarga jalb qilish usullari juda bir ustakorlik, makkorlik, kuzatuvchanlik usullarida amalga oshiriladi. Masalan, qiziqayotgan shaxsga iliq munosabat, diqqat e’tibor va g’amho’rlik bilan kutib oladi. Bu oqimning bo’lajak a’zosi sifatida shaxsga iqtisodiy yordam, baxt, erkinlik, bilim olish uchun hamma imkoniyatlar va’da qilinadi. Undan keyin ikkinchi bosqichda sizga bilim berish, mashq qildirish, yangi a’zolarini topish kabi ishlar bilan band qilinadi. A’zolikka jalb qilishning uchinchi bosqichida jamiyatdagi mavjud siyosat va olib borilayotgan ishlar eskirgan deb hisoblab, oila va davlat shu eski boshqaruv usularidan qutulishga najot kutayapti deb, siz jamiyatdagi ehtiyojlarni qondiruvchi yetakchi shaxs bo’lishingiz kerak deb miyasiga singdiriladi. Oqimlarga jalb kilishning keyingi bosqichlarida shaxs butunlay shu mutaassib oqimga bog’lanib qolib, oiladan, jamiyatdan ajratib olinadi Unga qilingan sarf-xarajatlar ta’sirida, guruhga haqiqiy a’zo bo’lib qolib, o’rgatayotgan o’qituvchisiga butunlay bo’ysunish hissi o’yg’onadi, fanatik bo’lib qoladi. Ana shunday holga kelib qolganlardan terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda foydalanadilar.
2005 yil 13 mayda Andijon shahrida «Akromiylar» deb atalgan ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilgan terroristik voqealar diniy ekstremizm naqadar havfli ekanligini, u o’z maqsadiga erishish yo’lida har qanday ig’volardan begunoh 169 kishilarning qonini to’kib, adashgan yoshlarning ongini zaharlab, ularni o’z ota-onalariga, opa-singil, aka-ukalariga, xalqiga va Vataniga qarshi qo’yishdan toymasligini ko’rsatdi. Bu voqealar bizdan ogohlikni yanada ko’chaytirishni talab qiladi.
Biz bugun yoshlarimizni shunday ekstremizm «qarmog’i» ga ilinib qolmasligi uchun dinni niqob qilib olgan yovuz g’oyalarning mohiyatini, xususiyatlarini, jalb qilish usullarini ochib berish, ularni shu yo’llarga kirib ketishdan saqlash har birimizning muqaddas burchimiz bo’lishi kerak. Bu esa terrorizmga qarshi kurashdagi asosiy samarali usullardan biridir.
5.4. Ma’lumki, kishilik jamiyati tarixida ham, bugunida ham kelajagida ham mafkurasiz ijtimoiy guruh, millat va davlat bo’lmagan va bo’lmaydi ham. Odamlar qaysi davrda, qanday jamiyatda yashamasin, nimagadir ishonish, e’tiqod qilish, ma’lum bir g’oyaga, ilmiy ta’limotga asoslanib ish ko’radi.
Mamlakatimizda demokratik, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qaror topishi uchun milliy jipslik (milliy konsolidatsiya) ni taqazo etadi. SHu asosda mahalliychilik, urug’-aymoqchilik, turli guruhbozlikni oldini olish uchun umummilliy, umumxalq manfaatlarni tor sinfiy, mintaqaviy, partiyaviy manfaatlardan ustun qo’yadigan jamiyatning hamma a’zolarini jipslashtiradigan, oliy maqsad sari safarbar qiladigan milliy istiqlol g’oyasi ishlab chiqildi.
Prezidentimiz I.Karimov 1998 yilda «Tafakkur» jurnalini bosh muharriri savollariga javobida «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga hizmat etsin» nomli asarida mafkuraga baho berib, «Mafkura bo’lmasa odam, jamiyat, davlat o’z yo’lini yo’qotishi muqarrar»,- deb qayd qiladi.
Umuman, mafkuraning kuchi, qudrati shundaki, u odamlarni jipslashtiruvchi yoki ayirib tashlashi, yoki bunyodkorlikka otlantirishi yoki qirg’inbarot vayronkorlikka giriftor qilishi mumkin. Har qanday mafkuraning mazmuni millat yoki guruhning jamiyatdagi o’z o’rni, atrofdagi millatlar va xalqlarga munosabati, orzu-umidlari, maqsad e’tiqodlaridan iborat bo’ladi.
Ayrim g’oyalar mutlaqlashtirilib, «aqida»ga aylanib qoladi. Bunday g’oyalar jamiyat uchun ko’p kulfatlar keltirishi mumkin. CHunki har qanday aqida negizida ham g’oya mavjud. Mafkuradan farq qilib, aqida mutlaq haqiqat sifatida mo’ayyan guruh tomonidan e’tirof etiladigan va targ’ib qilinadigan rivojlanmaydigan, qotib qolgan g’oya bo’lib, jamiyatni jaholat sari yo’naltiradi. O’zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi esa doimo rivojlanib, boyib boradi. Mafkurani yaxlitligini, ta’sirchanligini ta’minlashda jamiyatdagi siyosat olib boruvchilarning roli ham muhimdir. SHu ma’noda, O’zbekiston xalqlarini maqsad va muddaolarini anglab yetgan Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek, bizning milliy mafkuramiz har qanday aqidaparastlikdan, millatchilikdan holi bo’lgan g’oya, birinchi navbatda, yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik fazilatlarini singdirishga hizmat qilishi, Vatanimizning shonli o’tmishi va buyuk kelajagi bilan bog’lab turadigan g’oyadir. SHu asosda, milliy istiqlol mafkuramiz el-yurtimizni birlashtirib, har qanday yot, buzg’unchi, vayronkor ekstremistik g’oyalarga qarshi qalqon bo’lishi kerak. SHu nuqtai nazardan, I.Karimov alohida ta’kidlaydiki, «Demak bugungi kunda g’oyani, fikrni ta’qiq bilan, ma’muriy choralar bilan yengib bo’lmaydi. G’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin».
Mamlakatimizda diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda, yoshlarimiz ongiga milliy istiqlol mafkurasini singdirib, uni ma’naviy fazilat darajasiga ko’tarish natijasida mafkuraviy immunitetni shakllantirishni taqazo etadi.
Immunitet tushunchasi, umuman olganda, tibbiy tushuncha bo’lib, tirik organizmning ichki mo’ayyanligini saqlashga, turli kasallik va infektsiyalardan himoya qilishga qodirligini o’zida aks ettiradi.
Mafkuraviy immunitet tushunchasida esa, shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlatni turli zararli, g’arazli vayronkor ekstremistik g’oyaviy ta’sirlardan himoyalashga hizmat qiluvchi tarbiyaviy tizim tushuniladi.
SHu nuqtai nazardan, har qanday g’oya kishilar ongini, qalbini egallab, inson ma’naviy – ruhiy holatinining o’zviy, ajralmas qismi bo’lgandagina maqsadga da’vat etuvchi kuchga aylanadi.
SHu maqsadda turli yovuz eksremistik g’oyalarning ta’siriga berilmasligi uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish, mafkuraviy dahlsizlikni ta’minlash zarur. Buning uchun, birinchidan, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob’ektiv, voqelikni to’g’ri aks ettiradigan, Vatan va xalq manfaatiga hizmat qiladigan umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlaydigan bo’lishi lozim.
Ikkinchidan, millat, jamiyat, davlat, qadriyatlar tizimi mafkuraviy imkoniyatlarini belgilab beradi va qadriyatlar, urf-odatlar mustahkam bo’lsa, mafkuraviy tajovuzlarga berilmaydigan qalqon bo’lib hizmat qiladi.
Uchinchidan, ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalardagi millat, jamiyat, davlatning aniq maqsadi bo’lishi kerak va shu maqsadni amalga oshirishda sobitqadamlik va irodali bo’lishi zarur. SHundagina har qanday mafkuraviy tazyiqga bardosh bera oladi.
Umuman, diniy-ekstremistik g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitet tizimini shakllanatirishda mafkuraviy profilaktikani o’rni katta ahamiyat kasb etadi. Mafkuraviy profilaktika tushunchasida yot ekstremistik g’oyalarning kirib kelishining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy institutlar (tarbiyaviy tashkilot) tomonidan amalga oshiriladigan turli shakllardagi g’oyaviy – tarbiyaviy, ma’naviy – mafkuraviy ishlar majmui bo’lib, u butun g’oyaviy tarbiya tizimini qamrab olishi zarur.
Mafkuraviy immunitetni amalga oshirishda g’oyaviy ta’sirning turli usullaridan foydalanadi. Mafkuraviy profilaktikada tezkor va qisqa suratlarda yoki asta-sekin, bosqichma-bosqich sobitqadamlik bilan ish olib boriladi. Sog’lom milliy istiqlol g’oyasini xalq qalbi va ongiga singdirishga hizmat qiladigan ijtimoiy tuzilmalar: oila, maktab, o’quv yurtlari, mahalla, jamoat tashkilotlari va davlat tizilmalari hamkorlikda ish olib borsa, ko’zlangan maqsadga erishiladi. Bu jarayonda Vatan, xalq, millat manfaatlarini do’stlik va birodarlikni, o’zaro hurmat va diniy bag’rikenglikni ulug’lovchi hadislardan, ertak, doston, qo’shiq, raqs va boshqa madaniy-ma’naviy qadriyatlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, mustaqil O’zbekistonda voyaga yetayotgan har bir yoshni diniy ekstremistik va terroristik g’oyalarga qarshi kurashda va ularni g’oyaviy himoyalashda ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun, milliy istiqlol g’oyasi bilan qurollangan kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish hamda uni himoya qilishning asosiy shart-sharoitlaridan biri bo’lib hizmat qiladi.
Prezident I.Karimov Oliy Majlis Qonunchiligi palatasini 1- yig’ilishi 2005 yil 27 yanvardagi «Parlament – jamiyat hayotining ko’zgusi» nomli nutqida ta’kidlaganidek, mamlakatimizda hokimiyat tarmoqlarini va xalq ommasini «birlashtiradigan narsa bu - milliy g’oya. Buni barchamiz yaxshi tushunib olishimiz kerak. Bizning milliy g’oyamiz esa yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq forovonligi kabi yuksak tushunchalarni o’z ichiga olishi» ekan, bu borada hamjihat bo’lib, har bir kishi har qanday ekstremistik va bizga yot g’oyalarga qarshi kurashmog’i lozim bo’ladi.
Download 90 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish