EKSTRIMIZM VA EKSTRIMISTIK OQIMLAR
Islomdan siyosiy maqsadlarda foydalanib, islomni niqob qilib olib, yurtimizdagi tinchlik, totuvlik, bunyodkorlikni ko’ra olmayotgan yovuz kuchlar ham borligi sir emas. Prezident I.Karimov bu borada ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n to’rtinchi sessiyasida «Vatanimizning tinchligi va havfsizligi o’z kuch – qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq» nomli nutqida: «Barchamizga ayon bo’lishi kerakki, g’animlarimizning asosiy niyati O’zbekistonda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni, jamiyatimizdagi bunyodkorlik muhitini, bugun biz barpo etayotgan farovon va osuda hayotni buzish, tobora kuchga kirayotgan davlatimizni ag’darish, tanlagan yo’limizdan qaytarishdir. Odamlarimizning yuragiga vahima va qo’rquv solish hisobidan ularning ertangi kunga bo’lgan ishonchini yo’qotish, bir biriga qarshi qo’yish, yurtimizda, mintaqamizda o’z manfaati, o’z siyosatini o’tkazishdan iborat» deb ta’kidlaydi. Bu yo’lda ekstremistlar terrorchilik harakatlarini amalga oshirib, o’zlarining qabih niyatlarini ko’rsatmoqda. Bu harakatlar 1999 yil 16 fevral voqealari, 2004 yil 29-30 mart va 1 apreldagi mudhish terrorchilik harakatlari hamda 30 iyul 2004 yildagi terroristik portlatishlar, 2005 yil 13 mayda Andijon shahrida amalga oshirilgan terrorchilik natijasida qon to’kilishi, shuningdek, Surxondaryo viloyati va Toshkent viloyatidagi bosqinchiliklarda namoyon bo’lmoqda.
Islom dinini niqob qilib olgan ekstremizm, terrorizm yoki diniy fundamentalizmni maqsad qilib olganlarga qarshi O’zbekistonda muhim sa’y-harakatlar qilinmoqda. Muhtaram Prezidentimizning «Olloh qalbimizda, yuragimizda» nomli asaridagi ilxombaxsh satrlari fikrimizning yaqqol tasdig’idir: «Biz o’z muqaddas dinimiz va e’tiqodimizdan hech qachon voz kechmaymiz. SHu bilan birga muqaddas dinimiz sha’niga dog’ tushirmoqchi bo’lgan kimsalar bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Men O’zbekiston rahbari sifatida qandaydir yovuz kuchlar islom dinini, ota bobolarimiz e’tiqodini, musulmon fuqarolarimizni tahqirlashiga, jamiyatimizga havf to’g’dirishiga hech qachon yo’l qo’ymayman».
Andijon voqealarini Prezidentimiz tahlil qilib, unga tegishli baho berib, terroristlarning Andijon viloyati hokimiyat binosini bosib olib, islom xalifalik davlatini shahobchisini tashkil etish, keyinchalik butun O’zbekistonda hokimiyatni zo’ravonli bilan bosib olishni maqsad qilib qo’yganligi fosh qildi. Ba’zan diniy ekstremizmga bir vaqtning o’zida qayd qilingan barcha ko’rinishlarda namoyon bo’lishiga, vaziyat va sharoitga qarab alohida urg’u berish mumkin. Ularning Kur’on oyatlariga asoslanishi esa islomning sof g’oyalarini jamiyatga tadbiq etish uchun emas, balki yurtdoshlarimizning e’tiqodini chalg’itishga, islom omili orqali hokimiyatga intilishdan o’zga narsani ko’zlamaydi. Bu o’rinda Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlariga e’tiborni qarataylik: «Oq-qorani, do’st - dushmanni taniydigan xalqimiz din nima-yu, soxta aqidalar nimaligini, kim pok niyatli xudojuy insonu, kim munofiq riyokor ekanini yaxshi biladi. Taassufki, ba’zan islom dini va islom fundamentalizmi haqida gapirganda bu ikki tushunchani bir-biriga aralashtirib yuborish hollari uchramoqda. Ma’lumki, hozir dunyoda 1 milliard 300 million odam islom diniga e’tiqod qiladi. Muqaddas islom dinini niqob qilib, manfur ishlarni amalga oshirayotgan allaqanday mutaassib kuchlar, tabiiyki, yer yuzidagi barcha musulmonlarning ruhiy olami va dunyoqarashini belgilay olmaydi». Prezidentimiz I.Karimov o’z asarida ta’kidlaganidek, bular mamlakatimiz tashqarisidagi tajovuzkor, aqidaparast kuchlar bo’lib, ular islom dinining xalqimiz uchun muqaddas qadriyat ekanidan foydalanib, O’zbekistonni demokratik-ma’rifiy taraqqiyot yo’lidan og’dirishga, uni orqaga qaytarishga urinmoqdalar. Bu fikrning tasdig’ini O’zbekistonda so’nggi yillarda paydo bo’lgan, bizning dinimizga yot turli aqidaparastlik oqimiga mansub vahhobiylik «Hizbut-tahrir» «Musulmon birodarlar» harakatlari misolida yaqqol ko’rish mumkin (Ma’rifat gazetasi, 1999 yil, 24 iyun). Bu kabi g’ayriinsoniy hatti-harakatlarning asosiy maqsadi, hatto o’zlari ishonmaydigan g’oya va aqidalarni aholi o’rtasida tarqatib, irodasi bo’sh, ongi past ayrim yoshlarni aldab, ularga qasam ichirib, soxta e’tiqodga ko’ndirib, o’z tarafdorlari sonini ko’paytirib, yagona mafkuraga birlashtirmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |