Aholining tug’ilishi, o’limi va tabiiy ko’payishi (ming kishi)
Yillar
|
Tug’ilganlar soni
|
O’lganlar
soni
|
Aholining tabiiy ko’payishi
|
1980
1985
1986
1987
1988
1989
1990
1991
1992
1993
1994
1995
1996
1997
1999
2004
2005
2007
|
540,0
679,1
708,7
714,4
694,1
688,8
691,6
723,4
710,5
689,2
680,0
677,3
634,8
602,7
544,8
540,4
533,5
611,8
|
118,9
131,7
132,2
133,8
134,4
126,9
124,5
130,3
140,1
148,0
148,0
143,5
144,8
137,3
130,5
130,4
140,6
138,0
|
421,1
547,4
576,5
580,6
559,4
541,9
567,1
593,1
570,4
544,3
532,0
533,8
490,0
465,4
414,3
410,0
392,9
473,8
|
Ilgari xo’jalik uchun yaroqsiz hisoblanib, deyarli doimiy aholi yashamagan Mirzacho'l, aholi nihoyatda siyrak yashagan Qarshi cho’li kabi yerlarga faqat keyingi o’n yilliklardagina suv chiqarilib, o’zlashtirishga ana shu omillar sabab bo’ldi. O’zbekistonning aholisi o’rtacha zichligi (2006- yilda 1 kilometr kvadratga 58,6 kishi to’g’ri kelgan) MDH mamlakatlari aholisi o’rtacha zichligidan ancha yuqoridir. Oradagi bu farq O’zbekiston foydasiga, unda asosan aholi tabiiy o’sishi sur’atlarining kattaligi tufayli tobora oshib bormoqda.
Respublika hududi tabiiy sharoitining va o’zlashtirish darajasinng turlichaligi tabiiyki, aholining notekis joylashuvini shartlaydi. Aholining hududiy joylashuvi va zichligi respublika iqtisodiy rayonlari bo’yicha qarab chiqilganda quyidagilar ayon bo’ladi:
Eng yuqori aholi zichligi Farg’ona, Andijon va Namangan viloyatlarini birlashtiruvchi Farg’ona Iqtisodiy rayoni xissasiga to’g’ri keladi. Unda har bir kvadrat kilometrga o’rtacha 310,5 kishi to’g’ri keladi, Andijon viloyatida esa aholining o’rtacha zichligi 525 kishidan ortiq. Aholining o’rtacha zichligi ko’rsatgichiga ko’ra Farg’ona vodiysi Hamdo’stlik mamlakatlarida eng yuqori o’rinda turadi. Shu bilan birgalikda vodiyda aholi zichligi dinamikasi respublika iqtisodiy rayonlari bo’yicha ko’rib chiqilganda quyidagilar ayon bo’ladi: Mintaqalari orasida aholi zichligi nisbatan sust borayotganligini (keyingi 30 yil orasida atiga 2,3 barobar o’sganligini) ham qayd qilmok kerak. Bunga Farg’ona vodiysining qadimdan deyarli yoppasiga o’zlashtirilganligi, sanoati va qishloq xo’jaligi yaxshi rivojlanganligi sabab bo’lmoqda.
Aholi zichligiga ko’ra 2-o’rinni Toshkent iqtisodiy rayoni egallaydi, bu yerda har 1 km.kvga 285 kishi to’g’ri keladi. Qolgan iqtisodiy rayonlardagi aholi zichligini 2-jadvalda ko’rishimiz mumkin:
Shunday qilib, O’zbekiston aholisining hududiy joylashuvida keyingi o’n yilliklarda anchagina ijobiy siljishlar ro’y berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |