2) Shamol eroziyasi (deflyasiya) – tuproQ mayda Qismlarining shamol ta’sirida esib ketishi va ko’chishi. XalQ xo’jaligiga shamol eroziyasi tufayli tuproQ sifatining yomonlashuvi bilan ham katta ziyon yetmoQda. Kunlik shamol eroziyasi deyarli barcha ekinzorlar tuproQlarini turli jarajada payhon Qiladi.
O’zbekistonda shamol eroziyasi (deflyasiya) cho’l va bo’z tuproQ hududlarining 50%idan oshiQ Qismiga zarar yetkazgan. Sug’oriladigan yerlarda shamol eroziyasi tufayli ayniQsa Farg’ona vodiyining g’arbiy va markaziy Qismlari, Buxoro vohasi, Karpin va Sherobod cho’llari, shuningdek, QoraQalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati sug’oriladigan hududlari yerlari ko’proQ ziyon ko’rmoQda. TuproQning yemirilishi va QishloQ xo’jaligi ekinlarining nobud bo’lishi Farg’ona vodiyi va Buxoro vohasida nisbatan ko’p kuzatilmoQda. Deflyasiya asosan yumshoQ tarkibli – Qumli, Qum bilan Qoplangan, QumoQ tuproQlarga zarar yetkazadi. Chunonchi, Farg’ona viloyati Yozvon hududida 2007 yilda shamol eroziyasi ta’sirida 75 km. uzunlikda ariQ yopilib Qolgan8.
Shamol eroziyasi yoki deflyasiya har Qanday turdagi hududda, shu jumladan, tekislik maydonlarida ham rivojlanishi mumkin. Shamol eroziyasi kunlik (kichik tezlikdagi shamollar tuproQ Qismlarini havoga ko’tarib, boshQa yer uchastkalariga etib tashlaydi) hamda mavsumiy – chang bo’ronlari (kuchli shamollar tuproQ, ba’zan esa, unga Qo’shib, ekin urug’larini ham havoga ko’tarib, uzoQ masofalarga etib tashlaydi) ko’rinishlarida bo’lishi mumkin.
Ta’kidlash joizki, muntazam deflyasiyadan keng ko’lamdagi shamol bo’ronlari MDHning ayrim hududlari, xususan, Ukrainaning janubi, Belorus, Shimoliy Kavkaz, Qozog’istonning shimoliy, Sibirning sharQiy hududlari, Markaziy Osiyo respublikalari uchun xosdir. Kuchli shamol bo’ronlari ayniQsa, 1954-1960 yillarda bo’z va Qo’riQ yerlarni o’zlashtirish natijasida kelib chiQdi, 1962-1965 yillarda esa, ushbu o’lkalarda shamol eroziyasi o’zining yuQori cho’QQisiga chiQdi. Bugungi kunda shamol eroziyasi jarayonlari biroz kamaygan. Bu borada Qozog’istonda g’alla xo’jaligi Instituti olimlari tomonidan izlanishlar olib borilayotganligini Qayd etish o’rinli bo’lar edi. Nisbatan kuchli va davomli shamollar chang bo’ronlariga aylanadi. Bunday bo’ronlar bir necha kunda 30 sm. Qalinlikda bo’lgan tuproQning unumdor Qatlamini butunlay ko’chirib tashlashga Qodir. Chang bo’ronlar suv havzalari, atmosfera havosi hamda insonlar salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bugungi kunda eng yirik chang manbai bo’lib, Orol dengizining Qurib Qolgan yerlari hisoblanadi.
Shamol eroziyasi tufayli xalQ xo’jaligiga yetkazilayotgan zararning hajmi juda katta va xilma-xil. Chunonchi, shamol eroziyasi oQibatida tuproQning gumus Qatlami QisQarishi tufayli tuproQ hosildorligi keskin kamayadi. Shamol eroziyasi natijasida QishloQ xo’jaligi ekinlari urug’lari aksar hollarda uchib ketadi yoki chuQur ko’milib Qoladi. Garchand, shamol eroziyasi darajasi katta bo’lmasada, uning natijasida QishloQ xo’jaligi ekinlari hosildorligi sezilarli darajada kamayadi.
Kuchli shamol bo’ronlari yuz berganda esa, sanoat tashkilotlari va transport faoliyati Qiyinlashadi, kichik suv kanallari berkilib Qoladi. Cho’l joylarda esa, tuproQning ko’chishi tufayli elektrtarmog’i, neft va gaz tarmoQlari faoliyati ham buziladi. Shuningdek, shamol eroziyasi aviasiyaga ham jiddiy xavf soladi. Shamol bo’ronlari tufayli aviasiya dvigatellari muddatdan ilgari ta’mirtalab bo’lib Qoladi. Havoda Qumning yuQori darajada bo’lishi insonlar salomatligiga ham zararli ta’sir etadi.
Bugungi kunda O’zbekistonda sug’oriladigan yerlarning 20-40%i deflyasiya tufayli zarar ko’rganligi ham ushbu muammo QishloQ xo’jaligiga jiddiy tahdid solishini ko’rsatadi9.
TashQi shakliga Qarab ham, tuproQ eroziyasining: yuzaki eroziya, tuproQning yuvilishi, yoyiQ eroziya, tuproQning o’pirilishi kabi turlarini ajratishimiz mumkin10.
Suv va shamol eroziyasiga Qarshi kompleks tadbirlar Qo’llash, suv oQimi va tezligini boshQarish yaxshi natijalar beradi. TuproQni yuvilishdan, yemirilishdan va deflyasiyadan saQlash, eroziyalangan, lalmi va yaylov yerlarning unumdorligini oshiradi. Hozirgacha ishlab chiQilgan har xil uslublar suv, irrigasion va shamol eroziyasining oldini olishda hamda tuproQlar unumdorligini va QishloQ xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Suv eroziyasi salbiy ta’sirini kamaytirish uchun Quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
- sug’orish texnikasini mukammallashtirish. TuproQ yuza Qismi Qiyaligining kata-kichikligiga Qarab sug’orish me’yorlarini belgilab berish.
- sug’orish eroziyasiga Qarshi kimyoviy vositalarini Qo’llash. Bu maQsadda sintetik polimerlar, polikomplekslar (K-4, K-9, TNM-1) va gumin preparatlarini (gidrolizlangan lignin, ammoniylashtirilgan ko’mir, gummofos, gumin kislotasi) Qo’llash zarur. Sintetik polimerlar tuproQ yuza Qismida sun’iy struktura hosil Qiladi. Yaxshi strukturalangan tuproQlarning eroziyaga Qarshilik ko’rsata olish Qobiliyati yuQori bo’ladi.
Har bir sug’orishdan avval jo’yakka 20 kg/ga miQsorida K-9 polimeri solish natijasida eroziyaga uchragan tuproQlarda suvga chidamli makroagregatlar mikdori oshadi, ularning suv-fizikaviy va agrokimyoviy xossalari yaxshilanadi, g’o’za va boshQa ekinlar hosildorligi ortadi.
- sug’orish eroziyasiga Qarshi biologik vositalarni Qo’llash. Eroziyaga Qarshi biologik vositalardan biogumus, xlorella va ko’k-yashil suv o’tlarini Qo’llash yaxshi natijalar beradn Bu biologik vositalar tuproQni organik moddalar bilan boyitadi va strukturasini yaxshilaydi, foydali mikroorganizmlar turi va sonini ko’paytiradi, g’o’za va boshQa ekinlar hosildorligini oshiradi.
Bundan tashQari, turli agrotexnik usullarni Qo’llash, ya’ni ushbu yo’nalishda respublikada Quyidagi tadbirlarni amalga oshirish mumkin: oraliQ ekinlarni ekish, eroziyaga uchragan tuproQlarning suv-fizikaviy xossalarini yaxshilash uchun Qator oralariga bentonit solish va tuproQning yuvilganlik darajasiga Qarab, organik va mineral o’g’itlarni tabaQalab Qo’llash.
Shamol eroziyasining oldini olish va shamol ta’sirida eroziyalangan tuproQlarning unumdorligini tiklash va oshirishda Quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur:
- ixota daraxtzorlarini ekish - shamolning asosiy kuchi shu daraxtlarga urilib tezlik kamayadi, 3, 5, 7 Qatorli ixota daraxtzorlari, Qatorlari sonidan Qat’iy nazar tuproQni va ekinlarni deyarli bir xil masofada shamol eroziyasidan himoya Qiladi. Ixota daraxtzorlarning birinchi Qatoriga tol, terak, Qayrog’och, oxirgi Qatorga tut yoki mevali daraxtlar ekish maQsadga muvofiQ bo’ladi.
- shamol eroziyasiga Qarshi agrotexnik (ko’p yillik o’tlar ekish) chora- tadbirlarini amalga oshirish zarur.
- ixota ekinlari, ixota daraxtzorlar o’sib voyaga yetgunga Qadar madaniy ekin nihollarini ekish shamol eroziyasidan saQlaydi. Ixota ekinzor barpo Qilish uchun kuzgi bug’doy, javdar, makkajo’xori va tez o’sadigan boshQa ekinlar ekiladi.
- Qumli va QumloQ tuproQli yerlar unumdorligini oshirishda, shamol uchirishini bartaraf etishda kollektor-zovurlarni tozalab, chiQarilgan mexanik tarkibi og’ir bo’lgan loyli-balchiQdan har bir gektar yerga 10 t. dan solish muhim agromeliorativ tadbir hisoblanadi.
- shamol eroziyasiga Qarshi kimyoviy kurash usullari ham Qo’llaniladi. Ular ombor soldig’i, nerozin, latekslar, “K” va SSB xildagi moddalardir. Eroziyaga Qarshi kurashda SSB, nerozin va K-4 preparatlari yaxshi samara beradi.
Jar eroziyasi va jar oldi yerlarini muxofazalash tadbirlari esa Quyidagicha: sug’orib dehQonchilik Qilinadigan mintaQalarda jarlar, asosan, suvlarning noto’g’ri oQishi va oQava suvlarning e’tiborsiz tashlanishi, jarlarga sharshara bo’lib tushishi natijasida paydo bo’ladi. Bunda, birinchi masala jarlar kengayishining oldini olish bo’lsa, ikkinchidan paydo bo’lgan jar maydonlarini tekislab, tekislangan yerlarning unumdorligini oshirish va QishloQ xo’jalik aylanmasiga kiritish texnologiyasini ishlab chiQish talab etiladi.
TuproQ unumdorligini pasaytiruvchi sabablaridan yana biri - tuproQda gumus va boshQa elementlari miQdorining kamayishidir. Har yili ekiladigan g’o’za, donli o’simliklar, meva, sabzavot va poliz ekinlari sug’oriladigan tuproQlardan olib chiQib ketayotgan oziQa elementlar o’rnini organik va mineral o’g’itlar Qo’llash yo’li bilan Qoplayotgan xo’jaliklar tuproQlarida gumus, azot, fosfor, kaliy, oltingugurt va bir Qator mikroelementlar miQdori yetarlik darajada bo’lib, aksincha ularning o’rni Qoplanmayotgan xo’jaliklarda tuproQ unumdorlik darajasi pasayishi kuzatilmoQda.
Demak, sug’oriladigan tuproQlarning unumdorlik darajasini oshirish va QishloQ xo’jalik ekinlari hosildorligini ko’tarishda organik va mineral o’g’itlardan to’g’ri foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, organik va mineral o’g’itlar Qo’llash masalalariga alohida e’tibor QaratmoQ zarur. Bunda ichki imkoniyatlardan kelib chiQQan holda noan’anaviy o’g’itlar-agrorudalar (bentonit, glaukonit, vermikulit, daryo yotkiziQlari, ko’mir sanoati va shahar chiQindilari) va ular asosida tayyorlangan kompostlarni, tarkibida oziQa elementi bo’lgan xom-ashyo va chiQindilardan fosforit, fosfogips kabilarni Qo’llash muhim amaliy ahamiyatga egadir11.
Bayon etilgan asosida Respublikamiz miQyosida tuproQ eroziyasining barcha turlari uchrashini, boz ustiga eroziya jarayonlarining yoyilishi va izchilligi shimoldan janubga Qarab o’sib borishini Qayd etish mumkin. Zarafshon va Amudaryo havzalarining ChirchiQ va Angren suv havzalariga nisbatan loyQaligi yuQoriligi ham so’zimizni tasdiQlaydi. Bir so’z bilan aytganda, mamlakat QishloQ xo’jaligi rivojlanishida eroziyaga oid jarayonlarning oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tadbirlarning o’z vaQtida va lozim darajada amalga oshirilishi QishloQ xo’jaligi yerlari unumdorligi oshishiga xizmat Qiladi.
YuQorida QishloQ xo’jaligi yerlarining cho’llanish, sho’rlanish va tuproQ eroziyasidan muhofaza Qilish muammolari bilan tanishib chiQdik. Qayd etish o’rinliki, Respublikamiz Qonunchiligida ushbu muammolarni hal etish uchun mustahkam huQuQiy zamin yaratilgan. Chunonchi, O’zbekiston Respublikasi Yer kodeksining yerlarni muhofaza Qilish mazmuni va tartibi belgilangan 79-moddasida Qayd etilishicha, yerlarning muhofaza Qilinishini ta’minlash maQsadida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar: yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishdan, zaxlashdan, Qayta sho’r bosishdan, QaQrab Qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiQarish chiQindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, xarob Qiladigan boshQa jarayonlardan himoya Qiladilar; QishloQ xo’jalik yerlarini buta va mayda dov-daraxtlar, yovvoyi o’tlar bosib ketishidan va yerlarning madaniy-texnikaviy holatini yomonlashtiruvchi boshQa jarayonlardan himoya Qiladilar. Ushbu norma yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar zimmasiga to’g’ridan-to’g’ri yerlarni suv va shamol eroziyasi, sellar, suv bosish, zaxlash, Qayta sho’r bosish hamda QaQrab Qolishdan muhofaza Qilish choralarini ko’rish majburiyatini yuklaydi. Bu yerlarni yuQoridagi kabi tabiiy va antropogen omillardan muhofaza Qilishning muhim huQuQiy kafolatidir.
Shuningdek, Yer kodeksining yer to’g’risidagi Qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilangan 90-moddasiga binoan yerlarning holatini yaxshilash hamda tuproQni suv va shamol eroziyasidan va tuproQ holatining yomonlashuviga olib keladigan boshQa jarayonlardan saQlash majburiyatlarini bajarmaganlikda aybdor shaxslar Qonunda belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
Amaldagi Qonunchilikda, xususan “Yerdan foydalanish va uni muhofaza Qilish ustidan davlat nazorati to’g’risida”gi nizom (Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son Qaroriga 2-ilova) 3-bo’limida belgilanishicha, yerdan foydalanish va uni muhofaza Qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari o’zlariga yuklangan vazifalarga muvofiQ belgilangan tartibda yerlarni muhofaza Qilish bo’yicha kompleks tadbirlar bajarilishini ustidan nazorat Qiladilar hamda u o’z ichiga yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosishidan, botQoQlanishdan, Qayta sho’rlanishdan, Qurib Qolishdan, zichlashishdan, ishlab chiQarish chiQindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan ifloslanishdan, yemirilishning boshQa jarayonlaridan muhofaza Qilishni ham Qamrab oladi12.
Bunday yerlarni turli xil salbiy hodisalar ta’siridan muhofaza Qilishga Qaratilgan chora-tadbirlarni mustahkamlovchi huQuQiy normalar amaldagi Qonunchiligimizda talaygina. Bu boradagi Qonunchilikni takomillashtirish va rivojlantirish masalalari yuQoridagi boblarimida tahlil etilgani bois, ushbu masalaga Qaytib o’tirmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |