Eroziya yuz berishi omillari
Eroziyaning yuzaga kelishi Quyidagi muhim omillar bilan bog’liQ:
1) tuproQning suvni singdirishi layoQati (tuproQning suvni singdirish darajasi Qanchalik yuQori bo’lsa, suv eroziyasi jarayonlarining yuzaga kelishi shunchalik past bo’ladi);
2) tuproQning eroziyaga Qarshi barQarorligi – ularning suv oQimlariga Qarshi tura olish Qobiliyati;
3) tuproQ hosildorligining umumiy darajasi, bu ko’p hollarda QishloQ xo’jaligi ekinlarining tuproQni muhofaza Qilish xususiyatiga bog’liQ bo’ladi.
O’simliklar ham eroziya jarayonlariga ta’sir etadi. TuproQning o’simlik Qatlami bilan Qoplanganligi uni yomg’ir tomchilaridan muhofaza Qiladi, tuproQning suvni singdirish Qobiliyatini oshiradi, uning eroziyaga Qarshi barQarorligini kuchaytiradi, tuproQning ustki Qismini ko’chishdan muhofaza Qiladi. TuproQning eroziyaga Qarshi barQarorligini salmoQli darajada kuchaytirishi hamda suv oQimi tezligini kamaytirishi natijasida tuproQning yuvilishi darajasi keskin ravishda kamayadi.
TuproQ eroziyasining eng bosh omili bo’lib, ekinzor yerlarda ayni bir QishloQ xo’jaligi ekinining o’ylanmagan holda ekilishi hisoblanadi.
Eroziya salbiy oqibatlari
Eroziya jarayonlarining rivojlanishi o’z oQibatida yuvilgan va oQizilgan (suv eroziyasida), ko’chirilgan va o’pirilgan (shamol eroziyasida) tuproQ kompleksini shakllantiradi. Ular oddiy turoQdan Qator xususiyatlari bilan farQlanadiki, ularni xo’jalik maQsadlarida foydalanishda va tadQiQ etishda inobatga olish talab Qilinadi. Eroziyaga uchragan (yuvilib ketgan) deb, eroziya jarayonlari tufayli ustki Qismini yo’Qotgan tuproQga aytiladi.
Eroziya ta’sirida tuproQning o’zgarishi ularning tashQi Qiyofasida aniQ-ravshan o’z aksini topadi. Eroziyaga uchragan tuproQ Qalinligi QisQaradi, tabiiy ko’rinishida Qovjirab Qolish alomatlari kuzatiladi, yerning haydalgan Qatlami rangida ham o’zgarishlar ro’y beradi. Yuvilish ko’lami oshib borishi bilan haydaladigan yer biroz Qoramtir-Qo’ng’ir (o’racha yuvilgan tuproQ), keyinchalik esa, to’Q Qoramtir-Qo’ng’ir (kuchli yuvilgan) tus oladi. Yuvilgan tuproQ tarkibida Qumning yuQori hajmda (Qum donalari 0,05 mm.dan yirikroQ) bo’lishi bilan ajralib turadi. Ular shuningdek, suvga chidamlilik xususiyatining kamayishi, tuproQ Qalinligi va zichligi oshishi va ayni damda g’ovaklik xususiyatining QisQarishi bilan tavsiflanadi. Bularning barchasi pirovardida tuproQning suv o’tkazish, namlikni Qabul Qilish Qobiliyati susayishiga hamda havoga to’yinishi yomonlashuviga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |