Bog'liq O'zbekistonda yangi iqtisodiy siyosat va uning xususyatlari 1921-1922, 1925-29 yillardagi yer-suv
XX asrning 20-30 yillarida Qoraqolpog'iston. 1924 yil milliy davlat chegaralari natijasida O'rta Osiyo xaritasida ittifoqchi respublikalar bilan birga muxtor (avtanom) viloyatlar ham poydo bo'ldi. Shular orasida Qoraqalpog'iston. Muxtor viloyati ham bor edi. Uning tarkibiga viloyatlarga bo'linadigan To'rtko'l, Chinboy, Xo'jayli va Qo'ng'irot okruglari kiradi. Qoraqalpog'iston muxtor viloyati sovetlarining 1925 yil 12-19 fevral kunlari To'rtko'lda bo'lib o'tgan I ta'sis s'ezdi muxtor viloyatini Qozog'iston ASSR tarkibida tuzilgani-qonun yo'li rasmilashtirdi va davlat hokimiyatini rahbar organlari Qozog'iston muxtor villoyati ijroiya komiteti sayladi. 1925 yil aprelida sovetlarning butun Qozog'iston s'ezdi Qoraqalpog'iston muxtor viloyatini Qozog'iston ASSR tarkibiga qabul qilish to'g'risida qaror qabul qildi. Sovetlarni XII butun Rossiya s'ezdi 1925 yil 11 may kuni Qozog'iston muxtor viloyati sovetlari I ta'sis s'ezdi qarorlari tasdiqladi va uning Qozog'iston ASSR tarkibida RSFSR ga kirishini qonun yo'li bilan mustaxkamlab beradi. Muxtoriyatni vakolatli va ijroiya organlari viloyatni boshqaruv sohalarida xo'jalik va madaniy hayotida xokimiyat vakiliyatiga ega edi. Viloyat uchun muhim bevosita butun Rossiya markaziy ijroiya komititi Riyozatida hal qilindi. Qoraqalpog'istonda yashaydigan asosiy elatlar qoraqolpoqlar (38,5%), o'zbeklar (28,7%), qozoqlar (28,6%) dan iborat bo'lib ruslar esa 1% dan kamroqni tashkil etardi. Shahar aholisini hisobga olmaganda Qoraqalpog'istonning tarkibiy sharoitlari dehqonchilik va chovachilik qulay edi). Qishloq xo'jaligini asosiy ekini g'o'za bo'lgan. Saonat korxonalari nihoyatda kam bo'lgani holda (atigi 16ta) xunarmandchilikni rivojlantirib bordi, Orol dengizdan baliq ovlash keskin ko'paydi. Kadrlar muammosi jiddiy muammo bo'lib qolaverdi. 1928 yil ishchilar soni 2,5 ming nafargacha ortdi. O'sha yillarda malakali kadrlar muammosi ishchilarni Moskva, Leningrad va boshqa sanoat shaharlaridan olib kelish yoki ishchilarni markaziy rayonlarga o'qishga yuboribhal qilib borildi. 1928 yildan boshlab yalpi yer tuzishga doir tadbirlar amalga oshirila boshladi. 1929 yilga kelib «ommaviy» kollektivlashtirish boshlandi. QQASSR Yangi konstitusiyasining loyihasi 1937 yil martda e'lon qilindi. 20-30 yillarda aholi savodisizligini yengish yuzasidan misli ko'rilmagan ishlar olib borildi va ular yutuq berdi. 1924 yil qoraqaqalpoq xalqi arab yozuvi asosida ishlab chiqilgan alifboga o'z tarixida birinchi marta ega bo'ldi va 1925 yilda birinchi qoraqalpoq alifbe kitobi bosib chiqarildi. 20-30 yillar Qoraqalpog'istonda uning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotini tubdan o'zgartirib yuborgan muhim xodisalarga boy davr bo'ldi. Qoraqalpog'iston Respublikasi qardosh O'zbekistonda o'z o'rniga ega bo'lmaguncha Qozog'iston va Rossiyaga ma'muriy jihatdan bo'ysunib keldi. Qoraqalpog'istonni ommaviy qatag'onlar ham chetlab o'tgani yo'q. Xech bo'lmasada xalq o'ziga xoslik jihatlarini va o'z qadr-qimmatini saqlab qola oldi.