O’zbekistonda xizmatlar sohasining hozirgi holati va uning aholi turmush darajasiga ta’siri. Reja: Kirish


O’zbekistanda xizmatlar soxasini rivojlantirish istiqbollari



Download 89 Kb.
bet4/5
Sana28.10.2022
Hajmi89 Kb.
#857954
1   2   3   4   5
Bog'liq
хизматлар иктисодиёти реферат мансур

3. O’zbekistanda xizmatlar soxasini rivojlantirish istiqbollari. Xizmatlar sohasining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushini ko‘paytirish, joylarda xizmatlar sohasidagi mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish, xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish bo‘yicha o‘z yechimini kutayotgan muammoli masalalarni hal qilish, mazkur yo‘nalishda tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida: 1. 2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda xizmatlar sohasini muhim drayverga aylantirish va 2023 yilga qadar xizmatlar hajmini ikki baravarga oshirish; aholiga tayyor biznes rejalar va loyihalar taqdim etish, ularni kasbga o‘qitishdan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab oluvchi “kompleks xizmatlar” ko‘rsatishni tashkil etish; respublikada xizmatlar sohasining rivojlanganligini baholash tizimini joriy etish orqali davlat organlari va tashkilotlarining bu boradagi faoliyati samaradorligini oshirish va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini kuchaytirish; xizmatlar sohasida ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib xizmatlar turlarini kengaytirish, hududlarda, ayniqsa, qishloq joylarda transport, moliyaviy, shuningdek, bank, turizm hamda savdo xizmatlari qamrovini kengaytirish; respublikaning barcha hududlarida mavjud ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlari salohiyatini oshirish, ularning sifatini yaxshilash, bunda xususiy sektorni jalb qilish uchun qulay iqtisodiy va infratuzilmaviy sharoitlarni yaratish. 2. Quyidagilar: 2021-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlari 1.1-1.15-ilovalarga muvofiq; Xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2021 yilga mo‘ljallangan “yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S.Xolxo‘jayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2022 va 2023 yillar uchun xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni har yili 1 dekabrga qadar ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda 2021-2023 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirish hududiy dasturlarini tasdiqlasin. Bunda, hududiy dasturlarga tashabbuskor tadbirkorlarning g‘oyalari asosida aholining ehtiyoji mavjud xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalarni kiritish, shuningdek, joylarda mazkur xizmatlarni ko‘rsatuvchi “xizmat ko‘rsatish majmualari”ni tashkil etilishi nazarda tutilsin.
4. 2021 yil 1 iyuldan boshlab respublika hududlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi xizmatlar sohasining rivojlanganligi reytingi joriy etilsin: xizmat ko‘rsatuvchi, shu jumladan, yangi tashkil etilgan sub’ektlar soni, xizmatlar hajmi va turlari, yaratilgan ish o‘rinlari, soliq bazasi va boshqa muhim ko‘rsatkichlar asosida tegishli sohalarga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy bo‘linmalari rahbarlari va boshqaruv xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini baholash; xizmatlar sohasining rivojlanganligi reytingini “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimida shakllantirish, yuritish va e’lon qilish; baholash natijalarini har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritish; baholash natijalari bo‘yicha tegishli tashkilotlarning rahbar va boshqaruv xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar)lar hokimlari va ularning o‘rinbosarlari ijobiy ko‘rsatkichga ega bo‘lganda – ularni rag‘batlantirish hamda qoniqarsiz ko‘rsatkichga ega bo‘lganda – intizomiy javobgarlikka tortish. 5. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun tijorat banklariga 300 million AQSH dollari ekvivalentida kredit liniyasi ochilsin. Belgilansinki: kredit liniyasining 150 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari (1-transh) 2021 yil 1 iyulgacha 3-ilovaga muvofiq taqsimot bo‘yicha ajratiladi; kredit liniyasi mablag‘lari tijorat banklariga 7 yil muddatga, shu jumladan, 3 yillik imtiyozli davr bilan foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past qilib beriladi; kredit liniyasining 2-transhi 1-transhning ishlatilishi samaradorligini baholash natijalari bo‘yicha Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi taklifiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan taqsimot bo‘yicha ajratiladi; tijorat banklari tomonidan kreditlar 4-ilovaga muvofiq xizmatlar sohasidagi loyihalarni amalga oshirish (moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar va xizmatlar sohasida aylanma mablag‘larni to‘ldirish hollari bundan mustasno) uchun 5 yilgacha muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasida bitta loyiha bo‘yicha 2 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tijorat banklari kreditlari hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalarga qo‘shimcha ravishda loyiha tashabbuskorlarining kamida yuqorida ko‘rsatilgan miqdorlardagi o‘z mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha loyihalar ishga tushirilishini ta’minlasin.
6. “O‘zmilliybank” AJ tijorat banklariga qayta moliyalashtirish maqsadida 2021 yil yakuniga qadar 28 ta yirik va o‘rta shaharlarda turizm, transport, tibbiyot, ta’lim ob’ektlari va yirik savdo komplekslarini tashkil etish loyihalari uchun xalqaro moliya institutlarining 200 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larini jalb qilsin. 7. “O‘zmilliybank” AJ huzurida Xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha loyiha-tahliliy markaz (keyingi o‘rinlarda – Markaz) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.Xusanov) Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov) va Markaz bilan birgalikda xizmatlar sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda aholini kasbga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilsin. 8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: 2021-2023 yillar davomida tashabbuskor tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 5-ilovaga muvofiq tuman (shahar)larda dehqon bozorlari va savdo komplekslari barpo etilishida ko‘maklashsin; Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 sentyabrga qadar yirik shaharlarda, viloyat va tuman markazlarida tashabbuskor tadbirkorlik sub’ektlari bilan hamkorlikda savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar tashkil etilishini ta’minlasin. 9. Yangi tashkil etiladigan dehqon bozorlari va savdo komplekslari ustav kapitalida mahalliy davlat hokimiyati organlarining majburiy ishtiroki bekor qilinsin. 10. Savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda: ko‘chma savdo ob’ektlari uchun joylar tadbirkorlik sub’ektlariga elektron onlayn-auksion asosida sotilsin; barcha tadbirkorlik sub’ektlariga jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritish huquqi berilsin. 11. Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiya bilan birgalikda bir oy muddatda savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarining 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritishiga doir jamoat xavfsizligi bo‘yicha soddalashtirilgan talablarni o‘rnatishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov) hamda Davlat bojxona qo‘mitasi (M.Azimov) bilan birgalikda bojxona postlari hududidagi bo‘sh yer uchastkalari hamda 6-ilovaga muvofiq yo‘l-patrul xizmati postlari hududidagi yer uchastkalari tadbirkorlik sub’ektlariga savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etish uchun ajratilishini ta’minlasin. Davlat bojxona qo‘mitasi ikki hafta muddatda tegishli idoralar bilan birgalikda bojxona postlari hududidagi bo‘sh yer uchastkalarining tasdiqlangan ro‘yxatini o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etsin. Belgilansinki, ushbu bandda nazarda tutilgan yer uchastkalari tadbirkorlik sub’ektlariga loyiha asosida savdo va xizmat ko‘rsatish maqsadlarida yengil turdagi qurilmalar barpo etish uchun kamida 3 yil muddatga ijaraga beriladi. 13. Davlat organlari va tashkilotlari joylashgan yer maydonlari va bino-inshootlardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha ishchi guruhi 7-ilovaga muvofiq tashkil etilsin. Ishchi guruhi (J.Qo‘chqorov) ikki oy muddatda: ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida davlat organlari va tashkilotlari uchun bino va inshootlar qurishni maqbullashtirgan holda ularni tadbirkorlik sub’ektlariga tegishli binolarda ijara asosida joylashtirish tizimini keng joriy qilish choralarini ko‘rsin; dastlabki bosqichda Toshkent shahrining Olmazor, Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida davlat organlari va tashkilotlari joylashgan yer uchastkalari va bino-inshootlarni xatlovdan o‘tkazgan holda ularning maydonlarini tanqidiy ko‘rib chiqsin va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini barpo etish uchun ajratish maqsadida maqbullashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. Bunda, davlat organlari va tashkilotlarida bo‘sh turgan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 apreldagi PQ–5053-son qaroriga muvofiq shtat birliklari maqbullashtirilishi natijasida bo‘shagan yer uchastkalari, bino-inshootlar va joylar mavjudligi inobatga olinsin. 14. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab masofaviy (onlayn) ta’limga asoslangan nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida binolarning mavjud bo‘lishi haqida talab bekor qilinsin. 15. Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yil 1 oktyabrga qadar xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda xizmatlar statistikasini yuritishni, jumladan, axborot-kommunikatsiya va dasturlash xizmatlarini hisobga olish metodologiyasini xalqaro standartlar asosida takomillashtirsin, respublika hududlarida xizmatlar sohasining rivojlanish holatini hamda samaradorligini taqqoslash imkonini beruvchi hisobot shakllari va metodologiyalarni ishlab chiqsin. 16. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (S.Xolxo‘jayev) Davlat statistika qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda: bir oy muddatda xizmatlar sohasining rivojlanganligini baholash tartibi va metodologiyasini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; uch oy muddatda “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimining mazkur qaror talablaridan kelib chiqib takomillashtirilishini ta’minlasin;bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.17. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin. Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari zimmasiga yuklansin. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021 yil 1 sentyabr va 2022 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tegishli tartibda axborot beradi.

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish