inklyuziv maktab o’qituvchilari va o’quv rejalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni qayta ko’rib chiqish, ta’lim standarti, shuningdek maxsus ehtiyojlari mavjud bolalarning oddiy sinflarda bilim olishlarini nazarda tutadigan ixcham va o’zgaruvchan rejalar tuzish (2005-2010);
inklyuziv maktablar o’quvchilari va ota-onalar uchun uslubiy qo’llanmalar, o’qituvchilar uchun o’quv materiallari tayyorlash va ta’minlash.
Tahlil natijasi shuni ko’rsatdiki, “Ta’lim hamma uchun” Milliy dastur rejasi har tomonlama mukammal tuzilgan. Reja dasturning V bandi “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish” deb nomlanadi. CHunki inklyuziv ta’lim tizimini joriy etish yuqori malakali kadrlarsiz samarali kechmaydi. Jumladan, dasturda “Umumiy ta’lim muassasalari pedagoglarini inklyuziv ta’lim bo’yicha qayta tayyorlash. Barcha gumanitar o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlarida inklyuziv ta’lim asoslari bo’yicha kurs kiritish (20032005)” kabi masalalar o’rin olgan.
“Ta’lim hamma uchun” Milliy dastur rejasida yuqoridagilardan tashqari inklyuziv ta’lim tizimini joriy etishning moddiy \ texnika bazasini mustahkamlash, maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishda qonunchilik va me’yoriy bazani takomillashtarish, inklyuziv ta’limni joriy etishda targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish zaruriyati va boshqa masalalar ham qayd etilgan. Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo’yicha ta’lim muassasalarida o’qish va tarbiyalash hamda o’z jismoniy, aqliy qobi liyatlari va xohishlariga mos bo’lgan ta’lim olish huquqiga ega. Psixologo - Tibbiy -pedagogik komissiyaning tavsiyasi bilan jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida muammolari bo’lgan bolalarning ota-onalari o’z xohish istagiga ko’ra hamda bolaning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim (umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan) muassasasi turini tanlash huquqiga ega.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirishda qonun hujjatlari bilan imtiyozlar belgilan ishi mumkin, deb belgilab berilgan. Xulolsa qilib aytganda yuqorida keltirilgan barcha me’yoriy hujjatlar asosida O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’limni joriy qilishning huquqiy asoslari yaratilgan.