Umumiy qoidalar.
HMR-THU tayanch tamoyili (shaxs ustuvorligi)ga tayangan bo’lib, har bir go’dak, o’smir va yoshi katta inson o’zining tayanch ta’limga bo’lgan ehtiyojlarini so’zsiz tan oladiki, ushbu tushuncha eng yuqori va to’la ma’noda qoniqish, yangi dunyoni bilishga o’rganish, harakat qilish boshqalar bilan birgalikda yashash va kun ko’rish imkonini beruvchi ta’lim olish huquqiga egadir. SHuningdek, HMR-THUning maqsadi-har bir insonning iqtidori va imkoniyatlarini ochish, o’qiyotganlar shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’limni ta’minlashdir, toki odamlar o’z hayotlarini yaxshilab, o’z jamiyatlarini tuza olsinlar”
Bundan tashqari ushbu Rejaning III.9 qismi “Maxsus ehtiyojli bolalarni o’qitish”, deb nomlangan bo’lib, unda maxsus ta’lim tizimining bugungi kundagi barcha jabhalarining ahvoli yoritib o’tilgan.
SHuningdek, VI. Band ham maxsus ta’lim xususida bo’lib unda quyidagicha bayonot qilinadi:
1). Qonunchilik va me’yoriy huquqiy bazani takomillashtirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirildi:
“Rivojlanishda jismoniy va ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalarning uzluksiz ta’limi to’g’risidagi Nizom”ni tasdiqlash;
“Maxsus ehtiyojlari mavjud bolalarni xonadonlarda o’qitish” to’g’risida Nizom ishlab chiqish;
Maxsus yorda mga muhtoj bolalar korrektsion ta’limi davlat standartlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash va boshqalar.
2). Maxsus ta’lim va tarbiya mazmunini takomillashtirish bandining bosh masalasi inklyuziv ta’lim tizimidir:
bolalar bog’chalari va maktablarida inklyuziv ta’lim strategiyasini amalga oshirish. Umumta’lim maktab o’qituvchilari bilan maxsus maktab o’qituvchilarining hamkorlikda ishlashiga erishish;
“Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda inklyuziv ta’limni qo’llab-quvvatlovchi moliyaviy vositalarni harakatlantiruvchi mexanizmlarini asoslash va qonuniy tasdiqlashni ko’zda tutish maqsadga muvofiq.
imkoniyati cheklangan maktabgacha yoshdagi bolalarning skrining holatini aniqlash. Imkoniyati cheklangan bolalarni umumta’lim maktablariga jalb etishda ulardagi nuqsonlarning turi va darajasi, shu hududddaga sharoitlardan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich amalga oshirish.
Tashxis markazlari xodimlari ish faoliyatiga bog’cha va maktablarga inklyuziv ta’lim strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish majburiyatini kiritish kabilar.
IX. yo’nalishning IV. bandi inklyuziv ta’lim tizimini o’quv uslubiy tomondan takomillashtirish xususida bo’lib, unda quyidagilar bayon etilgan:
oddiy sinflarda maxsus ehtiyojli bolalarni o’qitish rejalari, baholash va sinfdan sinfga o’tkazish tizimini soddalashtirish;
maktablarning darsliklar, uslubiy qo’llanmalar, dasturlarga ehtiyojini aniqlab, mazkur adabiyotlarni yetkazib berish, darsliklar mazmunini takomillashtirish (
Do'stlaringiz bilan baham: |