Yer maydonlari zahirasining yetarli ekanligi respublikada chorvachilikni rivojlantirish, aholini go`sht, sut va teri mahsulotlari bilan ta'minlashni yaxshilash imkonini beradi. Respublikadagi mavjud 44,9 mln. gektar maydonning 22,5 mln. gektari chorvachilikda foydalanilmoqda. Yer resurslari orasida muhim o`rinni sug`oriladigan yerlar egallaydi. Bu yerlar garchi qishloq xo`jaligida foydaniladigan maydonlarning atigi 15% ni tashkil qilsada, ammo ular ishlab chiqariladigan jami dehqonchilik mahsulotlarining 95 % ni beradi. Bu zaminda millionlab tonnalab qimmatli texnik xom ashyo hisoblangan paxta, don va sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi. Serquyosh O`zbekiston yerida yetishtirilgan shirin-shakar mevalar dunyoda tengi yo`qdir. Meva va sabzavotlar respublika aholisini ta'minlabgina qolmay, balkim qo`shni davlatlarga va hatto uzoq mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |