O`zbekiston shuningdek yer usti va yer osti boyliklarining mo`lligi bilan ham MDH mamlakatlari o`rtasida alohida o`rin tutadi. Uning hududida 658 turdagi umurtqali hayvonlar, shu jumladan 97 tur sut emizuvchi, 424 turdagi qush va 79 turdagi baliqlar, xilma-xil amfibiyalar va reptiliyalar yashaydi. Undagi o`simliklar dunyosi 4,5 mingdan ortiq turni o`z ichiga oladi. O`zbekiston zamini mineral xom ashyolarga boy. Bu zaminda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan. Bu mineral boyliklar 900 ta topib o`rganilgan konlarda va 2000 ga yaqin kelajakda o`rganib foydalaniladigan konlar joylashgan. Oltin zahiralari bo`yicha O`zbekistonning dunyoda to`rtinchi o`rinni egallashi ham uning tuprog`i naqadar boy ekanligidan darak beradi. Bundan tashqari respublika tabiiy boyliklari jihatidan neft, gaz, rangli va nodir metallar, ko`mir va fosforitlar, ohaktosh, marmar, granit va turli tuz konlariga boyligi bilan ham ajralib turadi. Undagi shifobaxsh suvlar o`zining zahirasi va tarkibidagi foydali minerallari bilan jahonda mashhur kavkaz suvlaridan qolishmaydi. Bu suvlar bazasidan 12 ta sanatoriya ishlab turibdi, 9 ta konning suvi zavodda qadoqlanib, xalq iste'moliga yetkazib berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |