Tabiatning yer, suv va boshka resurslaridan foydalanishda ham ekologik madaniyatning pastligi sezilib turadi. Respublika maydonining katta qismi (52,3%) yaylovlar bo`lgani holda ulardan foydalanish mutlaqo qoniqarsiz ahvolda. Chorvachilik to`g`ri yo`lga qo`yilgan mamlakatlarda yaylovdan sxema usulida foydalanish bundan necha o`nlab yillar oldin tashkil qilingan bo`lsada bunaqangi tartib bizning chorvachiligimizga hanuzgacha kirib kelgan emas. Chorva mollarining eng hosildor yaylovlarida ko`plab to`planishi bir tomondan undagi o`simliklarning ko`plab yeyilishiga va ikkinchi tomondan tuproq qatlamining bosib yanchilishiga, uning eroziyaga uchrashiga, oqibat natijada yaylovning kambag`allashuviga olib keladi. 1993 yilgi ma'lumotlarga ko`ra respublika yaylovlarining 9 mln. gektari shamol va suv eroziyasiga uchragan.
Do'stlaringiz bilan baham: |