So'ndirilmagan kesak-ohak ishlab chiqarish texnologik jarayoni, keltirilgan chizmadan ko'rinib turibdiki, asosan ohaktosh qazib olish, uni tayyorlash va kuydirishdan iborat.
1. Xomashyo materiallari va ularni tayyorlash.
So'ndirilmagan kesak-ohak ishlab chiqarish uchun tarkibida kalsiy karbonat ko'p bo'lgan tog' jinslari (ohaktoshlar)dan foydalaniladi.
Ohaktoshlar cho'kindi tog' jinslari bo'lib, kimyoviy tarkibi va fizikaviy xossalari jihatidan xilma-xil turlarga bo'linadi. Biroq uning asosiy qismi kalsiy karbonatdan iborat.
Boshqa moddalar (magniy karbonat, gil va har xil oksidlar)
1 Standart laboratoriya sinovi vaqtidagi so'nish tezligi deganda kesak- ohakni suv bilan qorgan vaqtdan xamiri eng yuqori haroratgacha qiziguniga qadar o'tgan davr tushuniladi.
borishiga sabab shuki, ohaktoshlar cho'kindi holda hosil bo'ladi; karbonatlar cho'kkanida bu moddalar ham cho'kkan.
Aralashmalarning miqdoriga qarab ohaktoshlarning rangi oq rangdan qora ranggacha boradi. Bitum va ko'mir moddalar qo'shilgan bo'lsa, ohaktosh qoramtir bo'ladi. Sariq, qo'ng'ir, kulrang tusda bo'lishi ohaktoshdagi temir va marganes aralashmalari ta'siridan; kimyoviy jihatdan sof kalsiy karbonat oppoq bo'ladi.
Odatda ohaktoshlarga gil aralashmalari qo'shilgan bo'ladi. Shunga ko'ra, ohaktoshning quyidagi turlari uchraydi: sof ohaktosh (tarkibida 5% gacha gil aralashmalari bor): mergel (gil)li ohaktosh (tarkibida 5% dan 10% gacha gil zarrachalari bor); ohak-karbonat mergel (tarkibida 10% dan 30% gacha gil zarrachalari bor) va mergel (tarkibida 30% dan 50% gacha gil zarrachalari bor) ohaktoshlar.
Keltirilgan tasnifdan ko'rinib turibdiki, havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun faqat sof ohaktosh va qisman mergelli (gil) ohaktoshnigina ishlatish kerak.
Havoda qotadigan ohak xossalariga katta ta'sir etadigan ikkinchi modda magniy karbonatdir. Karbonatli tog' jinslari tarkibida qancha MgCO3 borligiga qarab, salgina dolomitlashgan ohaktosh (tarkibida 5-10% MgCO3 bor), ohaktosh dolomit (tarkibida 20-40% MgCO3 bor) va dolomit (tarkibida 40-46% MgCO3 bor)ga bo'linadi.
Havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun doiomitlashgan
ohaktoshlarning hamma turlari ishlatilishi mumkin. Ularni kuydirganda tegishlicha oz magnezialli va dolomitli ohak hosil bo'ladi.
Havoda qotadigan ohak ishlash uchun qo'llaniladigan karbonatli tog' jinslarining hammasi standart bo'yicha uch, ya'ni A, B va D sinfga bo'linadi. Bunday bo'lishi uchun tog' jinslari tarkibida qancha karbonat, magniy karbonat va gil aralashma (SiO2, A12O3 va Fe2O3 oksidlari) borligi asos qilib olingan. Quyida (4-jadval) ohaktoshning har sinfga nisbatan qo'yiladigan talablar keltirilgan.
4-jadval.
Havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan ohaktoshlarning kimyoviy tarkibi.
Ohaktoshlar sinfi
|
Tarkibi, % hisobida
|
CaCO3
|
MgCO3, ko'pi bilan
|
Gil aralashmalar, ko'pi bilan
|
A B D
|
95
82
50
|
2,5
10
40
|
2
8
8
|
Ohaktoshlar tarkibiy tuzilishi jihatidan zich, bo'sh va g'ovak bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham ohaktoshlar quyidagi turlarga bo'linadi:
donador-kristall yoki marmar (mayda kristall tarkibiy tuzilishga ega) ohaktosh;
zich-kristall tarkibiy tuzilishga ega ohaktosh;
zoldirchalar to'plamidan iborat oolit ohaktosh;
ohaktosh tuf (g'ovak ohaktosh);
o`lgan jonli organizmlar kosasidan iborat ohaktosh - chig'anoq;
yumshoq-bo'sh tog' jinsi - bo'r.
Shaxta pechlarda kuydirib, havoda qotadigan ohak ishlab chiqarish uchun tarkibiy tuzilishi zich hamma ohaktoshlardan foydalansa bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |