Oʻzbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushi 2,5 baravarga oshiriladi



Download 167,47 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi167,47 Kb.
#723538
Bog'liq
2.1 reja

Oʻzbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushi 2,5 baravarga oshiriladi


 Energetika7 Dekabr 20202235
Matn: Гайрат Эрназаров
Oʻzbekiston Birlashgan Arab Amirliklari bilan shamol energetikasini rivojlantirish boʻyicha hamkorlikni faollashtirilyapti.

Oʻzbekiston 2030-yilga qadar qayta tiklanadigan energiya (QTE) manbalari ulushini 25 foizgacha oshirishni rejalashtirgan.
Bugun mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi umumiy hajmida qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushi 10 foizgacha tashkil etadi, qolgan 90 foizi anʼanaviy manbalardan ishlab chiqarilyapti.
Shamol energetikasi boʻyicha yetakchi mutaxassislarning fikriga koʻra, Oʻzbekiston geografik joylashuvi va iqlim sharoiti bois ushbu yoʻnalishda ulkan salohiyatga ega.
2020-yil 8-iyun kuni Oʻzbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi oʻrtasida investitsiyaviy shartnoma imzolandi. Mazkur hujjatga koʻra, Amirliklar kompaniyasi Navoiy viloyatida shamol elektr stansiyasini (SHES) loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va foydalanishni taʼminlaydi.
Bu “Masdar” tomonidan respublikamizda amalga oshirilayotgan ikkinchi yirik loyihadir. Oʻtgan yil oktyabr oyida kompaniya davlat-xususiy sheriklik asosida Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish boʻyicha tenderda gʻolib chiqqan edi. Mazkur loyiha boʻyicha tegishli kelishuvlar 2020-yil yanvar oyida imzolangan.
Energetika vazirligi mutaxassislari Oʻzbekistonda shamol elektr stansiyasini qurish va undan foydalanish loyihasini amalga oshirish 600 million dollardan ortiq miqdordagi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda 1 ming 300 ta yangi ish oʻrnini yaratish imkoniyatini berishini taʼkidladi.
Elektrostansiyaning foydalanishga topshirilishi yiliga 1,8 gVt /soat miqdorida arzon elektr energiyasi ishlab chiqarish hisobiga respublikaning energetika balansini diversifikatsiya qilish va mustahkamlashga imkon beradi. Bu 500 mingdan ziyod uy xoʻjaligining ehtiyojini qoplaydi deganidir.
Zamonaviy QTE texnologiyalarini joriy etish elektr energiyasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan tabiiy gaz hajmini yiliga 175 million kubometrgacha kamaytirish imkoniyatini taqdim etadi. Bu, shuningdek, tejab qolingan energiya resurslari boshqa ehtiyojlarga yoʻnaltiriladi, atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid chiqindilari sezilarli darajada (yiliga 1,1 million tonna) kamaytiriladi, degani hamdir.
Yangi obyektni qurish ishlarini 2021-yil oxiriga qadar boshlash koʻzda tutilgan. 2023-yil aprel oyida ishlab chiqarish quvvatlarining birinchi bosqichi (250 MVtgacha) va 2024-yil oxiriga qadar barcha quvvatlarni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Joriy yil sentyabr oyida “Masdar” kompaniyasi Tomdi tumani mintaqasida shamol salohiyatini oʻrganish uchun toʻrtta meteorologik ustun oʻrnatdi. Bu Navoiy viloyatida 500 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishning navbatdagi bosqichi boʻldi.
“Masdar” — Abu-Dabi hukumatining “Mubadala Investment Company” kompaniyasining shoʻba korxonasi hisoblanadi. U qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishni rivojlantirishga ixtisoslashgan yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri.
Kompaniya tomonidan amalga oshirilgan investitsiyaviy loyihalar portfeli 4 000 MVtdan ortiq hajmda qayta tiklanadigan manbalardan elektr energiyasi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan quvvatlarni oʻz ichiga olgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Download 167,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish