O`zbekistonda qadimgi davlatchilikning turlari va boshqaruv shakli



Download 169,22 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2022
Hajmi169,22 Kb.
#375335
1   2
Bog'liq
o`zbek tarix

Birinchidan, davlat paydo bo’lishi bilan amaliyot hayotini tashkil etish va uni boshqarishning tarixan dolzarb bo’lgan yangi shakllari qaror topdi. Hokimiyatning vakolatli shakli yuzaga kelib, katta-katta ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun keng xalq ommasini safarbar etishning tashkiliy usullari va vositalari ishlab chiqilib, doimo takomillashtirilib borildi. Davlat doirasida aholining ijtimoiy jihatdan farqlanadigan tarkibiy tuzilishi yuz berdiki, natijada urug’, qabilachilik aloqalaridan etnik va sinfiy umumiylikka o’tish ta’minlandi. Shuningdek, davlat mavjudligi tufayli ijtimoiy manfaatni shaxsiy manfaatdan ajratib, uning ahamiyatliligi ta’minlandi. Ijtimoiy intizom qaror topib, insonning shaxs sifatida ijtimoiy qiyofasi birinchi o’ringa chiqdi. Demak, davlatning kelib chiqishi nafaqat tarixiy zaruriyat, balki ijtimoiy taraqqiyot omili ham bo’ldi;

  • Birinchidan, davlat paydo bo’lishi bilan amaliyot hayotini tashkil etish va uni boshqarishning tarixan dolzarb bo’lgan yangi shakllari qaror topdi. Hokimiyatning vakolatli shakli yuzaga kelib, katta-katta ijtimoiy vazifalarni bajarish uchun keng xalq ommasini safarbar etishning tashkiliy usullari va vositalari ishlab chiqilib, doimo takomillashtirilib borildi. Davlat doirasida aholining ijtimoiy jihatdan farqlanadigan tarkibiy tuzilishi yuz berdiki, natijada urug’, qabilachilik aloqalaridan etnik va sinfiy umumiylikka o’tish ta’minlandi. Shuningdek, davlat mavjudligi tufayli ijtimoiy manfaatni shaxsiy manfaatdan ajratib, uning ahamiyatliligi ta’minlandi. Ijtimoiy intizom qaror topib, insonning shaxs sifatida ijtimoiy qiyofasi birinchi o’ringa chiqdi. Demak, davlatning kelib chiqishi nafaqat tarixiy zaruriyat, balki ijtimoiy taraqqiyot omili ham bo’ldi;
  • Ikkinchidan, davlat ibtidoiy jamiyatda mavjud bo’lgan boshqaruvdagi tamoyillarga barham berdi. Oqibatda, butun jamoaning jamiyat hayotida bevosita ishtiroki, boshqaruvda jismoniy zo’ravonligi emas, balki jamoa fikri va obro’si kuchining tan olinishi, iqtisodiy majburlashning yo’qligi va boshqa ko’pgina tomoyillar yo’qolib ketdi.
  • Jahonda eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri 3-ming yillik boshida Mesopotamiya va Misrda, birmuncha keyinroq Gang daryosi vodiysida va Old Osiyoda, Egey dengizi havzasida va Xuanxe daryo vohasida vujudga kelgan va rivoj topgan.
  • Qadimgi Sharqda davlatlarning yuzaga kelishi jarayoni juda murakkab kechdi va bir necha yuz yilliklarni o’z ichiga olgan uzoq davrga cho’zildi. Chunki, bu yerda urug’chilik tuzumi qoldiqlari va uning organlari tezda o’z o’rnini yangi jamiyatga bo’shatib bermadi.
  • O’rta Yer dengizi havzasidagi qadimgi Gretsiya va Rimda shahar davlatlaripolislarning yuzaga kelishi va rivojlanishlari uchun butunlay boshqacha qulay sharoit bo’lgan. Bu yerda polislar demokratik (qadimgi Afinada) yoki aristokratik (qadimgi Rimda) xarakterga ega bo’lishganlar va o’zlarida mulkning shaklini aks ettirganlar. Lekin, antik dunyodagi xo’jalikni rivojlantirish ehtiyoji, iqtisodiy aloqalar takomillashuvi asta-sekinlik bilan davlatlarning yiriklashuvini taqozo etgan. Bu hududda Etoliy, Axey va boshqa shahar – davlatlari ittifoqi bilan birga yirik Ptolemeylar Misri va Salavkiy davlatlarining yuzaga kelishi, nihoyat O’rta Yer dengizi havzasida yagona Rim imperiyasining paydo bo’lishi yuqoridagi fikrimizning isbotidir. Ellin davlatlarida sharqiy harbiy-ma’muriy despotik imperiyalar belgilari o’z-o’zini boshqaruvchi shahar-davlatlari sistemasi bilan qo’shilib ketgan deyish mumkin.
  • Davlatchilik munosabatlari rivojlanishi va shakllarining ortishi natijasida davlat apparati ham murakkablashib bordi. Soliq tizimi yuzaga keldi, kemasozlik barpo bo’ldi, doimiy armiya tashkil etildi va b. Endi ilgarigi shahar-davlatlari apparatiga xos senat, magistratura, komisiya va boshqalar o’rnida Rim respublikadan imperiya tartibotiga o’tdi.
  • Oliy hukmdor monarx bo’lib qoldi va uning atrofiga asta-sekinlik bilan yirik yer egalari, shaharning boy kishilari to’plana bordi. Demak, jamiyat takomilllashmoqda edi. Davlatning yiriklashib, hayotda muammolar ko’payib borishi bilan boshqaruvni takomillashtirish ehtiyoji kelib chiqqan. Mukammal, doimo harakatda bo’lgan hujjatlar ishlab chiqish davr talabi bo’lib qolgan. Bu hujjatlar davlat qonunlari darajasiga ko’tarilgan. qonun esa huquq ma’nosida davlat hokimiyati oliy organining tartibga solingan qarorlari bo’lib, bularni barcha fuqarolar, tashkilotlar, uyushmalar va idoralar bajarishga majbur bo’lganlar.
  • Shimoliy Amerika mustaqilikka erishgach 1776 yilda «Mustaqillik deklarasiyasini»ni, Fransiya esa 1789 yilda «Inson va fuqoro huquqlari Deklarasiyasi»ni qabul qilgan edi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashning 1990 yil 20 iyunida bo’lgan ikkinchi sessiyasida qabul qilingan «Mustaqillik Deklarasiyasi», 1991 yil 28-31 avgustdagi O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari» to’g’risidagi qonun, 1992 yil 8 dekabrdan hayotimizga joriy etilgan O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi (Asosiy qonuni) davlatimizning asosiy poydevori bo’lib qoldi.
  • Ishonchli tadqiqotlarda bizning qadimgi davlatlarimizning Xitoy, Hindiston, Eron davlatlari bilan tengdosh bo’lganligi e’tirof etilmoqda. Bu fikrimizni olimlarimizning o’sha davr ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini, ya’ni yirik sug’orish inshootlari qurilishini, o’troq joylashuvi o’lkalari bo’lgan viloyatlarning yuzaga kelishini, Markaziy Osiyoning janubida mustahkam devorlar bilan o’ralgan, ichida hokimlarning qarorgohlari, mudofaa burjalari mavjud bo’lgan qal’alar, ko’hna shaharlar va uy-qo’rg’onlar barpo etilishini, chorvachilik va hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishidan iborat bo’lgan mehnatning dastlabki taqsimotlarini, pul muomalasining yuzaga kela boshlanganligini tahlil qilishliklari, rimlik, yunonlik, xitoylik, eronlik va boshqa mualliflar qoldirgan ma’naviy ma’lumotlar, mahalliy yozma manbalar («Avesto» kitobi, Beruniyning «qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asari va b.) to’laligicha tasdiqlaydi.
  • Shaharlarning paydo bo’lishi dastlabi davlatchilik shakllanishida asosiy omil, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan. Shaharlarning paydo bo’lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida asosiy omil bo’lib, bu ikkala jarayon uzviy bog’liq holda kechgan. Ilk shaharlar O’zbekistonda bronza davrida, ya’ni millodan avvalgi 2-ming yillik boshidan paydo bo’lgan bo’lib, buni Sherobod tumanidagi Jarqo’ton yodgorligidan bilish mumkin. Bu yodgorlikda qal’a ark, shahar qismi va qabristondan iborat bo’lib, unda shohlar saroyi, olov ibodatxona, kulollar mahallasi, turar joy manzilgohlari, qal’a devolari va ikki mingdan ortiq qabrlar mavjud edi. Jarqo’tonda yashagan aholini quyidagi ijtimoiy guruhlarga bo’lish mumkin: shahar-davlat amaldorlari, dindorlar va oqsoqollar, harbiylar, savdogarlar, chorvadorlar va dehqonlar. Ularning barchasi saroyda yashagan amaldorlar va dindorlar tomonidan boshqarilgan. Jarqo’ton aholisi o’rtasida antagonistik qarama-qarshiliklar bo’lmagan, ko’proq urug’chilik an’anasi saqlangan. Ushbu shahar-davlatning hududi shahar qismdan, dehqonchilik qilinadigan Sherobod daryosi uzanidan va chorvachilik uchun zarur bo’lgan Ko’hitong tog’ yonbag’ri yaylovlaridan iborat bo’lgan. Bu yodgorlikni davlatchilikning birinchi bosqichi bo’lgan qadimgi Sharq shahar – davlatlarining nusxasi deyish mumkin. Demak, Jarqo’ton yodgorligi O’zbekiston hududidagi eng qadimgi shahar-davlatdir yoki “Avesto” tilidagi “noma” davlatdir. Milodgacha IX-VII asrlar jamiyatining ijtimoiy tarkibi to’g’risida ma’lumot beruvchi zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ko’rsatilishicha, Markaziy Osiyo va Sharkiy Erondagi jamiyatning asosini katta patriarxal oila tashkil etgan. Bu “imana” deb atalgan.
  • Shu davrda yana bir qadimiy davlat «Katta Xorazm» tashkil topgan. U Amudaryo quyi oqimidagi shimoliy yerlarda Marv va Xirot atrofida joylashgan ulkan davlat bo’lgan. Uning markazlaridan biri Ko’zaliqir shahri edi. Shahar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Uning dehqonchilik bilan shug’ullangan aholisi turli xil o’y-qo’rg’onlarga va qishloqlarda yashagan. «Katta Xorazm» da hunarmandchilik, binokorlik va savdo sotiq sezilarli darajada rivojlangan. Uning inqirozga uchragan vaqti to’g’risida aniq ma’lumotlar bo’lmasa-da, lekin milodgacha IX-VII asrlardagi Midiya davlati hukmronligi davrida «Katta Xorazm»ning Janubiy qismi ajralib ketgan, uning yana bir qismini esa Eron ahmoniylari bosib olganligi ma’lum. Natijada «Katta Xorazm»ning Amudaryo quyi qismida milodgacha IV asrda «qadimgi Xorazm» davlati paydo bo’lgan. Uning podshosi Farasman makedoniyaliklar Baqtriya va Sug’diyonani zabt etgan paytda katta qo’shin va sovg’a-salomlar bilan Iskandar Zulqarnayn huzuriga tashrif buyurib, unga agar sohibqiron Markaziy Osiyoning shimol qismiga harbiy yurish qilsa, unga yordam berajagini izhor etgan. Shu bois makedoniyalik hukmdor Xorazmga harbiy yurish qilmadi va u o’zining davlat mustaqilligini saqlab qoldi.
  • Qisqasi, milodgacha IX-VII asrlarda O’zbekiston hududida ilk temir asriga o’tish boshlangan. Milodgacha VII-VI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar faoliyat ko’rsatgan. Bu davlatlar harbiy-demokratik tipdagi qabilalar ittifoqidan o’sib chiqqan, bu davrdagi davlatchilik taraqqiyoti mahalliy aholining yuqori darajada rivojlangan ziroatchiligiga asoslangan edi.
  • Biroq, keyingi davrdagi arxeologik ma’lumotlar Markaziy Osiyodagi Murg’ob vohasi va qadimgi Baqtriya yodgorliklari orasida milodgacha 2-ming yillikning o’rtalariga oid yozuvlar borligidan dalolat bermoqda. Ammo, hali ular mutaxassislar tomonidan o’qilmagan. Demak, hududimizda 3,5 ming yil ilgari ham davlat bo’lgan degan mantiqiy xulosani e’tibordan chetda qoldirmasligimiz zarur.
  • Milodgacha 545- 540 yillarda Eron ahmoniylari shohi Kir II harbiy qismlari Markaziy Osiyoga kirib keladi. Natijada Xorazm, Parfiya, Baqtriya, Marg’iyona va Sug’diyona xalqlari 200 yildan ko’proq Ahmoniylar imperiyasi tarkibida mustamlakachilik zulmini o’z boshidan o’tkazdi.
  • Bu davrda Markaziy Osiyo uchta satrapliklarga bo’lindi, ularning boshliqlari (satraplari) etib fors amaldorlari tayinlandi. Satraplar harbiy-ma’muriy viloyatlarning hukmdorlari sifatida o’z hududida qo’shinlar lashkarboshisi bo’lgan, mahalliy aholini turli soliqlar to’lashga majbur etganlar. Soliqlar sifatida qimmatbaho toshlar, chorvachilik va dehqonchilik mahsulotlari berib turilgan. Lekin, ular bosib olingan hududlarda mahalliy xalqning urf-odatlarini, dini, qonun-qoidalari, og’irlik va uzunlik o’lchovlari, yozuvi va tilini saqlab qolganlar. Eron ahamoniylarining zulmiga qarshi O’rta Osiyoda juda ko’plab qo’zg’olonlar ko’tarilgan. Masalan Kir II ning bosqinchilik siyosatiga qarshi massagetlar malikasi To’maris va uning o’g’li Sparangiz kurash olib borgan bo’lsa, Doro I ga qarshi sak cho’pon yigiti Shiroq va mil.avv. 522 yilda Marg’iyonada Frada boshchiligida qo’zg’olonlar ko’tarildi. Ular shavqatsizlik bilan bostirildi.
  • Bu davrda ko’plab yangi shaharlar qurilganligini, hunarmandchilikning kengayishini,»shoh yo’li» nomi bilan xalqaro aloqa yo’li barpo etilganligini, savdo-sotiq, san’at va musiqa ishlarining ancha jonlantirilganligini, Markaziy Osiyo xalqlarining birinchi marta zarb etilgan tanga pullar bilan muomala qilinganliklarini ham qayd etish o’rinlidir. Umuman ahmoniylar davri madaniyati va san’atini tahlil qilar ekanmiz, unda Yunoniston, Ossuriya, Misr va boshqa chet el xalqlari o’zaro ta’sirini sezish qiyin emas. Bu o’zgarishlar, shubhasiz, mavjud davlatchilikka ta’sir o’tkazmasdan qolmasdi.
  • Milodgacha IV asrga kelib ahmoniylarning markaziy hokimiyati o’zining ilgarigi mavqeini yo’qota boshlagach ayrim o’lkalar o’z mustaqilligini qo’lga kirita boshladilar. Jumladan, Xorazm milodgacha IV asrdayoq ahmoniylar tassarrufidan chiqqan edi. Baqtriya satrapligi boshqaruvi ham mahalliy aristrokratiya vakillari qo’liga berilgandi. Lekin, bu yerda ahmoniylarga tobelik yunon – makedoniyalik bosqinchilar kirib kelguncha saqlanib qolgandi.
  • Milodgacha 329 yilning bahoridan boshlangan Yunon-Makedon istilochilari zulmidan qutulish uchun Sug’diyona xalqlariga 150 yil, Baqtriya xalqlariga esa 180 yil kerak bo’ldi. Iskandarning Markaziy Osiyoni boshqaruv siyosati haqida yunon olimlari Gerodot, Kvint Kursiy Ruf, Arrian, Plutarx, Diodor, Strabon kabilar ko’plab ma’lumot berganlar. Ularning ko’rsatishicha, Iskandar mamlakatni boshqarishda ahmoniylar joriy qilgan satrapliklar tizimini qoldirsada, ularning pul zarb etish va o’z ixtiyorlarida yollanma qo’shin saqlash huquqini bekor qildi. Satrapliklarda makedoniyaliklar nazorati episkoplar roli kuchaytirildi. Satrapliklar devonidagi episkop ayni vaqtda lashkarboshi ham hisoblanardi. Moliya boshqaruvi uchun esa alohida lavozim tayin qilindi. Eroniy satraplar o’rniga makedoniyaliklar quyildi. Ko’rinadiki, mamlakatni boshqarishda Iskandar deyarli katta o’zgarishlar kiritmadi.
  • Markaziy Osiyo xalqlari dunyodagi eng boy tarixga ega bo’lgan xalqlardan ekanligi yuqoridagi mavzularida qayd etildi. Bu o’lkada qadim-qadimdan yashab kelgan Xorazmiylar, Baqtriyaliklar, Sug’diyonaliklar, Parfiyonlar, Davanlilar, Qang’ililar, Kushonlar va boshqalar o’z paydo bo’lish, rivojlanish va tarqqiy qilish tarixlariga monan o’z madaniyatlari va yozuvlariga ham ega bo’lganlar. Hozirgacha bizga ma’lum bo’lgan manbalarda Markaziy Osiyo xalqlarining yozuv tarixi yoshini taxminan, 2500- 2700 yillar atrofida deb hisoblaydilar, Xorazm, baqtr va sug’dda eron tillari bir necha laxjalardan iborat bo’lgani kabi, turkiy tillar ham xilma-xil laxjalarni o’z ichiga olgan. Uzoq yillar o’tishi bilan eron tillari zaminida fors tili – tojik tili, turkiy tillar laxjalari zaminida turkiygo’y xalqlar tillari paydo bo’lgan. Qadim-qadimdan bu hududda yonma-yon, yelkama-yelka yashab kelgan domo iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan aloqador va bog’lanib ketgan eron va turk tillarida so’zlashuvchi xalqlar so’zlashuv tili jihatidan ham bir-birlariga kuchli ta’sir o’tkazganlar. Buni nafaqat og’zaki so’zlashuv tilida balki yozma madaniyatda ham ko’rish mumkin.

Download 169,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish