Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda moliya bozorini rivojlantirishning dolzarb muammolari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda moliya bozorini rivojlantirishning dolzarb muammolarini o’rganish, uning usullari, shakllari, tamoyillarining iqtisodiy mohiyatini ilmiy-nazariy tadqiq etish va tavsiflash;
Moliya bozorini tartibga solish bo‘yicha ilmiy-nazariy qarashlarni qiyosiy tahlil qilish va ularni ilmiy-amaliy jihatdan baholashga imkon beruvchi xulosalarni shakllantirish;
Xorij mamlakatlarining moliya bozorini rivojlantirish borasidagi amaliy tajribalarini o’rganish;
O’zbekiston Respublikasida moliya bozorini rivojlantirishning amaldagi chora-tadbirlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |