Zero, Oʼzbekiston hozir ham millatlararo munosabatlarda barqarorlik bilan, noyob tarzda saqlanib kelayotgan bagʼrikenglik bilan yaqqol ajralib turadi.
Hozirgi sharoitda koʼpmillatlilik, koʼpkonfessiyalilik, koʼptillilik, millatlararo bagʼrikenglik Oʼzbekistonning vizitkasi boʼlib qolgan. Oʼzbekistonda bagʼrikenglik, millatlararo totuvlik va dinlararo inoqlik sohasida ijobiy tajriba orttirilgan.
Bu strategiya oʼquv jarayoni orqali taʼlim jamoalarida xayrihoxlik muhitini yaratish orqali irqchilik, shovinizm, ekstremizm, ksenofobiyaning har qanday koʼrinishlarini bartaraf etishi, turli etnoslarga mansub boʼlgan oʼquvchilarni birlashtiradigan sohalarga (madaniy merosga, fan, sanʼat, davlatni rivojlantirishga qoʼshiladigan hissaga; xarakterning ijobiy xislatlariga) eʼtiborni kuchaytirishi kerak. Boshqa kishilarga hurmat va ochiq koʼngillik bilan munosabatda boʼlish, bir-biridan farq qiladigan madaniy, diniy va ijtimoiy muhitlardagi kishilar hayotining xilma-xilligini tushunish ruhini singdirish zarur. Har qanday millat kishisi oʼzini bemalol his qilishi, himoyalanganligi, qoʼshni bilan va dunyo bilan oshkora hamjihatlik qila olishni his qiladigan yashash muhitini yaratishga koʼmaklashish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bagʼrikenglik ruhini tarbiyalashda oʼzimizning holatimizni, anʼanalarimiz va madaniyatimiz xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda, odamlarning u yoki bu oʼzgarishlarni anglashga va oʼzimizga bogʼliq boʼlmagan sharoitlarning xususiyatlarini eʼtiborga olishga tayyorligini hisobga olib ish tutmoq kerak boʼladi.
Bagʼrikenglikning asosi- avvalo shaxsning tajribasidadir. Shu sababli bagʼrikenglik tarbiyasi, pedagogika nuqtai nazaridan, ijobiy bagʼrkienglik tajribasini aniq maqsad yoʼlida tashkil etishdan, yaʼni “oʼzga” kishilar bilan birgalikda harakat qilishni talab etuvchi shart-sharoitlarni sobitqadamlik bilan yaratishdan iborat.
Bagʼrikenglik – koʼp maʼnoli tushuncha, shu sababli uni falsafiy, tarixiy, adabiy, diniy, siyosiy va shu kabi nuqtai nazaridan koʼrib chiqmoq kerak. Har qanday holatda ham bagʼrikenglik tarbiyasi insonning muayyan sharoitdagi feʼl-atvorini qaror toptirishdan iborat.
Hoizrda koʼp madaniyatli taʼlim makonini vujudga keltirish muammosi taʼlimning barcha bosqichlariga tatbiq etilmoqda. Oliy oʼquv muassasalarida turli millatlarga mansub yigit va qizlar birgalikda taʼlim olishi sababli, bu joylarda bagʼrikenglik tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirish zarur.
Oʼzbekitonliklarining bagʼrikenglik ongini shakllantirishda barcha taʼlim texnologiyalariga shaxsiy ekstremistik koʼrinishlardan xoli qiladigan ichki barqarorlik tamoyilini asos qilib olish muhimdir.
Mamlakatdagi zamonaviy taʼlimning mazmuni jamiyatning umumiy va kasb-hunar madaniyati sohasida jahon darajasidagi fuqaroni kamol toptirishni taʼminlashi lozim. Oʼzbekistonning hozirgi jamiyati koʼpmillatli va koʼp madaniyatli ekanligi sababli pedagogika fani va taʼlim tizimi oldida bu yerdagi turli madaniyatlarning tinch-totuv yashab, bir-birini boyitib borishi vazifalari bilan bogʼliq boʼlgan nazariy va amaliy muammolarning butun bir majumasi koʼndalang boʼlib turibdi.
Dunyoning yangi ijtimoiy-madaniy voqealiklar: dunyoning globallashuvi va baynalmilallashuvi, etnoslarning oʼz madaniyatlarini yuzaga chiqarish va qayta tiklash jarayonlari, koʼpmillatli jamiyat va migratsiya muammolariga javoban jahon pedagogika tafakkuri tegishli taʼlim strategiyasini ishlab chiqmoqda, bu narsa BMT, Yevropa Kengashi, YuNESKO va boshqa nufuzli tashkilotlarning hujjatlarida oʼz ifodasini topmoqda.
Bagʼrikenglik hozircha yer kurrasi yosh avlodining feʼl-atvorining tarkibiy qismiga aylangan emas. Shu boisdan ham bagʼrikenglik ongini takomillashtirish dolzarb masala sifatida kun tartibida turishi bejiz emas.
Bu maqsadga erishmoq uchun jamiyatda psixologlar, pedagoglar, siyosatshunolar, tarixchilar, sotsiologlar, madaniyatshunolar, faylasuflar ka shu kabi olimlarning birgalikdagi kuch-gʼayratlari bilan ijobiy bagʼrikenglik munosabatlarini shakllantirish borasida aniq maqsadni koʼzlovchi taʼlim strategiyasini amalga oshirish zarur boʼladi.
Tadqiqot dasturini amalga oshirish uchun ooorada oʼtkaziladigan sotsiologik soʼrov usullaridan foydalanish; loyiha dasturiy faoliyatini amalga oshiruvchi jamaot tashkilotlari, harakatlar, oʼquv yurtlari, fondlarining rahbarlari bilan mutaxassislarning suhbatlarini oʼtkazish, ommaviy axborot vositalari monitoringidan, diniy muassasalar, milliy birlashmalar va oqimlar faoliyatiga oid axborotni mutaxassislar yordamida tahlil etish usullaridan foydalanish, Oʼzbekistonda bagʼrikenglikka doir materiallardan foydalanish dasturini amalga oshirish asosida jamiyatda, boshqaruv boʼgʼinida aniq-ravshan tavsiyalar ishlab chiqaladi.
Yuzdan ortiq milliy madaniy markazlarni birlashtiruvchi Respublika baynalmilal markazi tashkil etilganligi, mamlakatda millatlararo doʼstlikni, hamkorlikni mustahkamlashga, milliy maʼanaviy qadriyatlarlarni targʼib qilishga, umuman, davlat bilan milliy jamoatchilikning hamkorligi vositalarini shakllantirishga hissa qoʼshib kelmoqda. Mazkur markazlar oʼz madaniyati targʼib qilish sohasidagiga emas, shu bilan millatlararo munosabatda bagʼrikenglikni tarbiyalash sohasida ham doimo koʼpgina rejalarni amalga oshirmoqda.
Maktablar, kollejlar, akademik litseylar va universitetlarda, norasmiy taʼlim doirasida, uyda va ishda bagʼrikenglik ruhini mustahkamlash, roʼy-rostlik, bir-biriga eʼtibor va birdamlik munosabatini vujudga keltirish, doimo tolerantlik feʼl-atvorini oʼrgatish, zoʼravonlik va begonalashuvga asos boʼladigan toqatsizlikning madaniy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy manbalarini ochib tashlash zarur boʼladi.
Аgar joylarda “Bagʼrikenglik markazlari” deb atalgan ilmiy-amaliy markazlar tashkil etilsa, bu hol tolerantlik ruhida tarbiyalash muammolarini hal etishda muhim oʼrin olgan boʼlar edi. Ularning oldiga amalga oshirish va jamiyatda bagʼrikenglik muhitini rivojlantirishga koʼmaklashuvchi maxsus tadqiqotlar oʼtkazish vazifasini qoʼyish lozim. Ushbu vazifalar, oʼz navbatida, quyidagilarni qamrab oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |