O’zbekistonda kino sohasinig rivojlanishi


Mustaqillik yillarida milliy kino san’ati



Download 45,08 Kb.
bet3/5
Sana28.06.2022
Hajmi45,08 Kb.
#715416
1   2   3   4   5
Bog'liq
kino sohasinig

Mustaqillik yillarida milliy kino san’ati
Mustaqillik yillarida milliy kino san’atini rivojlantirishga ham alohida etibor qaratildi. Dastlabki davrdagi moliyaviy qo‘llabquvvatlashlar 2004-yili «O‘zbekkino» milliy agentligi tashkil etilgandan keyin yangi bosqichga ko‘tarildi. 2005-yildan boshlab davlat tomonidan 107 yillik ishlab chiqarish hajmlarining istiqbollik ko‘rsatkichlari belgilandi (15 ta to‘la metrajli badiiy kinofilm, 20 ta hujjatli va ilmiy-ommabop, 10 ta multiplikatsion kinofilm va 60 soatlik ma’naviy-ma’rifiy, o‘quvuslubiy videofilmlar). Kino san’ati ustalari ham mustabidlik va mustaqillik davrlarining mohiyatini badiiyat vositasi bilan ochib berish yo‘lida tinmay izlanib, xalqimizga o‘zlarining yangi-yangi asarlarini taqdim etdi. «Abdullajon», «O‘tkan kunlar», «Yozning yolg‘iz yodgori», «Voiz», «Osmondagi bolalar», «Chashma», «Yo‘l bo‘lsin», «Vatan», «O‘tov», «Parizod», «Unutma meni», «Aldangan ayol», «Tubanlik», «Qo‘rg‘oshin», «Baron»kabi badiiy filmlar tomoshabinlarga manzur bo‘ldi. Mustaqillik yillarida ishlangan «To‘maris», «Bulbul», «Kulol» singari multfilmlar jahonning nufuzli festivallarida ham e’tirof etildi. Badiiy adabiyot. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod bo‘ldi. Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo‘lib qoldi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pyesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Mustaqillik davri adabiyotining bayroqlari O‘zbekiston qahramonlari Said Ahmad, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuflar ijodiy faoliyati bilan butun xalqimiz faxrlanadi. Milliy istiqlol davridagi o‘zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalarni hal etishda O. Sharofiddinov, B. Qosimov, N. Karimovlarning asarlari alohida o‘rin egallaydi. T. Malikning romanlari, O. Matjon, O. Hojiyeva, A. Suyun, Y. Eshbek, H. Do‘stmuhammad, Sh. Salimova singari shoir va adiblarning badiiy barkamol, g‘oyaviy yetuk asarlari o‘zbek milliy istiqlol adabiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shildi. Umuman, adabiyotga e’tibor madaniyatning muhim yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Yozuvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida 2010-yil O‘zbekiston 108 Yozuvchilar uyushmasi huzurida «Ijod» fondi tashkil etilib, 2011-yildan yosh ijodkorlarning birinchi kitoblari davlat hisobidan chop qilina boshlandi. Muzey. Millatimizning o‘zligini anglashda milliy, tarixiy qadriyatlari-mizni tiklashda muzeylar alohida o‘rin tutadi. Muzeylar tarixiy yodgorliklar maskani, adabiyot, san’at, urf – odatlari, hayot obrazlarimizning moddiy va maishiy jihatdan bir ko‘rinishi, ko‘zgusi, tasviri. Muzeylar orqali o‘tmishni, tarixni ko‘rish, eslash, sezish, o‘rganish mumkin. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi, Olimpiya shon-shuhrati, 2002-yili Qatag‘on qurbonlari xotirasi, Surxondaryo viloyatining markazi – Termiz shahrida Arxeologiya muzeyi ish boshladi. O‘zbekiston Prezidentining 1998-yildagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofi qlashtirish, ilmiy – uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda «O‘zbekmuzey» Respublika jamg‘armasi tuzildi. Ahoining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi va u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Yoshlar ma’naviyatida Muzeylarning ahamiyati hisobga olinib 2014-yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan haftaning seshanba va juma kunlari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat ko‘rsatish, har yili 2–8 sentabr kunlari «Muzeylar haftaligi»ni tashkil etish belgilandi. Yodda tuting! 1991–1994 yillarda 73 ta muzey mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda 450 ga yaqin muzey faoliyat olib bormoqda. Muzeylar faoliyati. 135 ta Davlat muzeylari 99 ta Nodavlat muzeylari 28 ta Kollej muzeylari 182 ta Maktab muzeylari 109 Shunday qilib, davlat madaniy hayotning ko‘p qirrali xususiyatini saqlagan holda rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratishga e’tibor qaratib kelmoqda. Shuningdek, madaniyat O‘zbekiston aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi yoshlarga yo‘naltirilganligi bilan ahamiyatlidir. So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, yangi O‘zbekistonning yangi tarixini yaratish, moddiy va nomoddiy madaniy meros durdonalarini saqlash va targ‘ib etish, xalq og‘zaki ijodiyoti va havaskorlik san’atini yanada ommalashtirish, yurtimizning jahon madaniy makoniga faol integratsiyalashuvini ta’minlash, madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan:

Download 45,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish