«O‘zbeknavo» estrada birlashmasi
Milliy estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi ish boshladi. Istiqlol davrida tamomila yangi ko‘rik-tanlovlar, festivallar yuzaga keldi. 1995-yilda Vazirlar Mahkamasi «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuida ko‘rik-tanlov o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qildi. 1996-yil mart oyidan o‘tkazilib kelinayotgan «O‘zbekiston – Vatanim manim» mavzuidagi ko‘rik- 105 tanlovi mustaqillikni, Vatanni anglash, uni ulug‘lash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Shuning uchun ham 1996-yil 27-avgust kuni maxsus farmon qabul qilindi. Unda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasi, «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiq bayrami kuni deb e’lon qilindi. Tanlov mustaqillikni madh etuvchi yuzlab qo‘shiqlar yaratilishiga turtki bo‘ldi. Vazirlar Mahkamasining 1997-yildagi qarori bilan har ikki yilda bir marotaba Samarqand shahrida «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali o‘tkazila boshlandi. Birinchi festivalda dunyoning 31 mamlakatidan vakillar ishtirok etishdi. Festivalning hudud qamrovi ham tobora kengayib bormoqda. 2015- yili X festivalda 66 mamlakatdan vakillar qatnashdi. «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalining ochilishi marosimi. Yodda tuting! YUNESKO tomonidan yuritiladigan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatidan Shashmaqom (2008), Boysun madaniy muhiti (2008), Navro‘z (2009), Katta ashula (2009), Askiya (2014) o‘rin oldi. 2017-yilda Prezident qarori bilan O‘zbek milliy maqom san‘ati markazi tashkil etildi. 2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati festivalini o‘tkazish belgilandi. 1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festivali o‘tkazildi. Mazkur festivalda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlaridan ijrochilar ishtirok etishdi. Mustaqillik yillari musiqa san’atini akademik, an’anaviy va zamonaviy yo‘nalishlarida rivojlanishiga zarur shart-sharoitlar yaratish qatorida ta’limiga ham e’tibor berildi. 2002-yilda Toshkent davlat konservatoriyasi O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga aylantirildi. Konservatoriyaning yangi binosi qurildi. Prezidentning qarori bilan qabul qilingan Bolalar musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini yanada yaxshilash bo‘yicha davlat dasturi ham muhim o‘rin tutib, 106 uning doirasida 2009–2014-yillarda hududlarda 278 ta musiqa va san’at maktabi foydalanishga topshirildi, ular 30 mingdan ortiq yangi musiqa asboblari, 61 ming nusxada o‘quv qo‘llanma, milliy va jahon musiqasi notalari bilan ta’minlandi. «Nihol», «Zulfiya» nomidagi davlat mukofotlari ta’sis etilishi, «Kamalak yulduzlari» respublika bolalar ijodiyoti festivali, «Sozlar navosi» yosh musiqa ijrochilar va boshqa ko‘rik-tanlovlar o‘tkazib kelinayotgani yangi iste’dodlarni ro‘yobga chiqarish va qo‘llabquvvatlash maqsadlariga xizmat qiladi. O‘zingizni sinang! Konservatoriya – bu ... Nomoddiy madaniy meros – bu .. ! Musiqa festivallari – bu ... Ma’naviyat maskanlari – bu ... Tasviriy san’at. Tasviriy san’at uchun mustaqillik keng imkoniyatlar yaratib berdi. Avvalo, 1997-yilda O‘zbekistonda birinchi bor Badiiy akademiya tashkil etildi. 2002-yili Toshkent foto uyi, 2004-yili O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasi, 2005-yili O‘zbek liboslari galereyasi, 2006-yili Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi ish boshladi. Prezidentning 1997-yil «Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san’atini yanada rivojlantirishni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida» farmonida amaliy bezak san’ati ahamiyatini oshirish, qo‘lda ishlanadigan badiiy buyumlarni tayyorlash davlat tomonidan madad berilish choralari belgilandi. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi» faxriy unvoni ta’sis etildi, «Hunarmand» uyushmasi tashkil qilindi. Hunarmandlar daromad solig‘idan ozod etildi. Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atini rivojlantirish maqsadida soliq imtiyozlarining muddati uzaytirilmoqda. Bu tadbirlar badiiy kulollik, kandakorlik, zargarlik, zardo‘zlik, kashtachilik, gilamdo‘zlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, naqqoshlik, lakli miniatyura kabi turlarini rivojlanishiga qulay shart-sharoit yaratmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |