О`zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlari, tizimi. Fuqarolarning – jamiyat va davlat oldidagi vazifalari, Konstitutsiyada yozilgan burchlari Konstitutsiyaviy burchlar deb ataladi. Burch shaxsning jamiyatga bо`lgan munosobatida namoyon bо`ladi. Burch – har bir shaxsning о`z vazifalarini tо`liq bajarishi, boshqalarga tо`g`ri munosabatlarda bо`lishidir, yoki boshqacha qilib aytganda burch – ado etilishi, bajarilishi majburiy bо`lgan vazifasidir. Burchlarni bajarish о`z – о`zidan qonuniylikni mustahkamlashda asosiy omil bо`lib hizmat qiladi. Jumladan Konstitutsiyamizning 47 – moddasida “ Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab quyilgan burchlarni bajaradilar” deb quyilgan.
Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi huquqiy-demokratik davlatning muhim belgilaridan biri bо`lib hisoblanadi. Shu sababli О`zbekiston Konstitutsiyasida fuqarolarning bunday siyosiy ahamiyatga molik huquqi alohida mustahkamlangan.
О`zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda о`z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar (Konstitutsiyaning 32- moddasi).
Konstitutsiyaga binoan О`zbekiston Respublikasi fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Teng huquqlilik qonun tomonidan kafolatlangan. О`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga hamda davlat hokimiyatining vakillik organlariga saylovlar umumiy, teng, yashirin ovoz berish va bevosita saylov huquqi asosida erkin amalga oshiriladi. 18 yoshga etgan О`zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
О`zbekiston Respublikasi fuqarolari passiv saylov huquqiga ham ega bо`lib, bu vakillik organlariga saylanish huquqidir. Saylov kuniga qadar 25 yoshga etgan har bir fuqaro Oliy vakillik organi — Oliy Majlisga deputat etib saylanishi mumkin.
Davlat fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta`minlaydi va ularga jamiyat hayotida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar yaratib beradi. Davlat qonun orqali siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalarining faoliyati, ularni moliyalashtirish, rо`yhatdan о`tkazish, boshqa davlat organlari bilan bо`ladigan munosabatlarini tartibga soladi. Jamoat birlashmalari о`z ichki tuzilishi va faoliyatini shakllantirish masalalarini mustaqil hal qiladilar.
О`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarga siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalariga birlashish huquqini Konstitutsiya va qonunlarga zid kelmagan holatlarda amalga oshirishlari mumkinligini belgilaydi.
Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi siyosiy ahamiyatga ega bо`lib, ular shu yо`l bilan ham davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etadilar. Shu bois О`zbekiston Konstitutsiyasi bu huquqni mahsus kafolatlaydi.
Fuqarolar vakolatli davlat organlariga, ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat etishi — bu ularning davlat va jamiyat boshqaruvida qatnashishining amaliy shaklidir. Bu huquqning mohiyati shundaki, fuqarolar vakolatli davlat organlariga, ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilganlarida, ushbu organlarning rahbarlari fuqarolarning taklif va arizalarini albatta kо`rib chiqishlari shart.
Ariza, taklif, shikoyatlarda tashkilot, muassasalar faoliyatini yahshilash bilan bir qatorda, ularning faoliyatidagi kamchiliklarni kо`rsatuvchi va davlat hayotiga oid ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy harakterdagi kamchiliklarni bartaraf etish yо`llari ham taklif etilishi mumkin. Bu fuqarolarning jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashishining eng samarali usulidir. Ariza, taklif va shikoyatlar yozma shaklda hamda xalq deputatlari va mansabdor shaxslarning qabulida yuzaki ham bо`lishi mumkin. Shuningdek ariza, taklif va shikoyat gazeta, radio, televidenie orqali murojaat etish bilan ham ifodalanishi mumkin.
Bu huquq birinchi о`rinda boshqaruv madaniyati darajasi, vakolatli davlat organlaridagi hodimlarning ongi va mas`uliyatiga bog`liq.
Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlari faktlarni yashirishni kо`zlamasligi hamda yolg`on ahborotlardan iborat bо`lmasligi kerak. Aks holda bunday harakatlar uchun О`zbekiston Respublikasi qonunchiligida mahsus javobgarliklar kо`zda tutilgan.
Mulk huquqi har kimning о`ziga tegishli mol-mulkka о`z hohishiga kо`ra, о`z manfaatini kо`zlab egalik qilishi, foydalanishi va tasarruf etishini anglatadi.
Konstitutsiyada hotin-qielar va erkaklar teng huquqliligining alohida ravishda mustahkamlanishi huquq va erkinliklarning Konstitutsiyaviy kafolatlaridandir. Konstitutsiyaning 46-modda. Hotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Demak, О`zbekiston fuqarolari jinsidan qat`i nazar ijtimoiy va siyosiy hayotda teng ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Adabiyotlar:
Do'stlaringiz bilan baham: |