O'zbekistonda inson huquqlari va manfatlari kafolatining yaratilishi
Reja:
1. О`zbekiston Respublikasida shaxsning huquqiy holati va tushunchasi.
2. Fuqarolik tushunchasi va О`zbekiston Respublikasida fuqarolik.
3. О`zbekiston Respublikasida inson va fuqarolarning
Konstitutsiyaviy huquqlari, erkinliklari va burchlari, tizimi.
4. О`zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining Konstitutsiyaviy
kafolatlari.
О`zbekiston Respublikasida shaxsning huquqiy holati va tushunchasi. Inson huquqlari negizida inson shaxsi qadriyati turadi. Odatda, inson huquqlarining uch bо`g`ini bir-biridan farqlanadi: fuqarolik va siyosiy huquqlari; yashash huquqi, qiynoqqa solishning ta`qiqlanishi, adolatli sudlov huquqi, shaxsiy hayotning dahlsizligi huquqi, fikr va sо`z erkinligi huquqi, uyushmalarga birlashish huquqi va boshqalar; iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; bilim olish huquqi, mehnat qilish huquqi, ijtimoiy ta`minot olish huquqi, malakali tibbiy hizmatdan foydalanish va uchinchi bо`g`in huquqi, deb ataluvchilar (tinchlikka bо`lgan huquq, rivojlanishga bо`lgan huquq va h.k.).
Mazkur qoida О`zbekiston qonun hujjatlarining butun bir tizimida mustahkamlab qо`yilgan. Unga kо`ra; fuqarolarning faqat ayrim qatlamlari nafaqa oluvchilar, nogironlar, talabalar, bolalar, urush va mehnat fahriylariga qonunga binoan biror bir imtiyozlar berilishi mumkin.
Huquqiy davlat barpo etish kо`p jihatdan fuqarolarning siyosiy tafakkuri hamda madaniyat darajasiga bog`liq. Agar insonlar qonunlarni bilsalar va unga rioya qilsalar, yuksak e`tiqodli bо`lsalar, ular jamiyat a`zolarining huquq, erkinlik va majburiyatlarini hurmat qilib, ular manfaatlariga, huquq va erkinliklariga putur yetkazmaydilar, chunki jamiyatda barcha fuqarolar bir-biri bilan о`zaro aloqada bо`ladilar. Fuqaro agar faqat о`zining shaxsiy manfaatlarini ta`minlash uchun harakat qilsa yoki burchlarini unutib, shu bilan boshqalar manfaatiga ziyon yetkazsa, uning oqibati qonunsizlikka olib keladi. Aynan shuning uchun barcha fuqarolar bir-biriga hurmat bilan munosabatda bо`lsalar jamiyatda barqarorlik, tinchlik va yuksalish bо`ladi.
Insonning jamiyatdagi holati haqida gap borganda, uning boyliklarini ishlab chiqarish hamda taqsimlashda, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qanday о`rin tutishi, uning hulq-atvori, hatti-harakatlari, qilmishlari, boshqa odamlar bilan о`zaro munosabatlari nazarda tutiladi. Insonning jamiyatdagi holati tegishli norma va qoidalar bilan belgilanadi. Sinfsiz jamiyatda odamlarning ahvoli, ularning hulq-atvori va bir-biri bilan munosabatlari an`analar, urf-odatlar, ahloqiy normalar bilan belgilangan, ularga rioya etish esa jamoatchilik fikri, oqsoqollar yoki ota-onalarning obrо`-e`tibori bilan ta`minlab turilgan.
Shaxs huquqiy holatining muhim jihatlaridan biri - shu huquqiy holatni vujudga keltiradigan qoidalardir. Bu jamoatchilik manfaatlarini shaxsiy manfaatlar bilan birga qо`shishdan hamda huquq va burchlarning shunga asoslangan birligidan , huquq va burchlarning umumiyligidan, insonparvarlikdan iborat. Fuqarolar huquqiy holatining birligi haqida gapirganda shuni nazarda tutish kerakki, aholining ayrim guruhlari uchun ba`zi husussiyatlar fuqarolarning huquqlari va burchlarda , ularning kafolatlarida hamda ana shularning hammasini rо`yobga chiqarish tizimida namoyon bо`ladi. Masalan, hotin- qizlar, yoshlar nafaqahо`rlar , hо`jalik ishlarida va madaniyatning ayrim tarmoqlarida band bо`lgan shaxslar muayan imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadilar. Kishining yoshi va sog`ligi uning о`ziga berilgan huquqlardan amalda foydalanishi va uz burchlarini bajarishda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |