Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
to’ldirib yubordi. Mamlakat asosan homashyo sotishdan tushgan mablag’lar evaziga yashab, turli-tuman xorij mahsulotlarini iste’mol qilib, innovatsion islohotlarga ahamiyat bermadi yoki buning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatini yetarlicha anglamadi. Mamlakatimiz tanlagan bunday rivojlanish yo’lini tub ma’noda optimal rivojlanish yo’li deb atab bo’lmaydi albatta. Xuddi shuning uchun ham u moliyaviy va ishlab chiqarish jihatidan ko’pgina imkoniyatlarni qo’ldan boy berildi (ammo bu davrda yuzaga kelgan nisbatan kam miqdordagi boy tabaqalarga mansub korxonalar – ya’ni, jamiyat elitasi korxonalari bundan mustasno, albatta) va mamlakatda surunkali ishsizlik muammosi paydo bo’ldi. Keyingi yllarda bu muammolarning sabablari hamda oqibatlarini ko’pchilik siyosatchilar, iqtisodchilar, olimlar va tadbirkorlar tushuna boshladilar. Natijada ushbu jamlangan intellectual fikrning ta’sirida mamlakat iqtisodiy rivojlanishi fanning taraqqiyoti va innovatsion ishlanmalar asosidagi yangilanish tomon yo’l olishining noyob imkoniyati paydo boldi. Bu tarixiy jihatdan exklyuziv bo’lgan imkoniyatni amalga oshirish O’zbekistonda yangi va zamonaviy iqtisodiy hamda ishlab chiqarish siyosatining strategik platformasi bo’lishi mumkin. Ammo bu yo’nalishdagi bir qator tadbirlar bozor iqtisodiyoti qad rostlayotgan boshlang’ich davrda ham amalga oshirilgan edi va bular jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Kichik va o’rta korxonalarning ilmiy-texnik sohadagi rivojlanishini qo’llab-quvvatlash yo’nalishida umumdavlat siyosatining amalga oshirilganligi;
Ilm-fan talab qiluvchi mahsulotlar va texnologiyalar yaratuvchi va ularni o’zlashtiruvchi kichik innovatsion korxonalarga bevosita
50
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
moliyaviy, information, huquqiy va boshqa turlardagi yordam yoki imtiyozlar berilishi;
Intellektual mulkni himoyalash, xujjatlashtirish va uni rivojlantirish bo’yicha bir qancha chora-tadbirlar majmuining amalga oshirilganligi;
Yengil sanoat, avtomobilzoslik, neftni qayta ishlash, maishiy hizmat, elektronika va shunga o’hshash bir qancha iqtisodiyot sohalarida yangi innovatsion asbob-uskuna va texnologiyalar joriy qilinganligi;
Kichik innovatsion tadbirkorlikning rivojlanishini qo’llab-quvvatlash uchun kerakli bo’lgan tuzilmalarning yaratilganligi va ularning rivojlantirilganligi.
Bundan tashqari, keyingi yillarda mamlakatimizdagi innovatsion faoliyatni jonlantirishga bag’ishlangan ko’pgina konferentsiyalar, ilmiy anjumanlar, ko’rgazmalar va turli forumlar o’tkazildi. Shu chora-tadbirlarga qo’shimcha ravishda, xozirgi paytda respublikada mamlakat iqtisodiyotining innovatsion yo’ldan rivojlanishiga yordam berishi ko’zda tutilgan fondlar tashkil qilinmoqda, innovatsiya yo’nalishidagi o’ziga xos bo’lgan mustaqil davlat siyosati yuritilmoqda va bu holat jahon iqtisodiy inqirozi davrida ham davom etayapti. Uzbek olimlari va ixtirochilari davlat tomonidan bo’layotgan qo’llab-quvvatlashni his qilgan holda o’z innovatsion loyihalarini amaliyotga tadbiq qilishga imkoniyat topmoqdalar. Ammo ushu so’zsiz ijobiy bo’lgan jihatlar bilan bir qatorda bir qancha juda xam jiddiy bo’lgan muammolarga yetarli darajada e’tibor berilmayaptiki, bu muammolarni hal qilmaslik davlatning va tadbirkorlar sinfining mamlakatni innovatsion yo’ldan
51
Do'stlaringiz bilan baham: |