Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
ta’lim muassasalari, tajriba konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy ishlab chiqarish korxonalari va kichik innovatsion markazlar kiradi. O’zbekistonning ilmiy potentsiali 36 ming dan ortiq bo’lib, ulardan 2549 tasi fan doktori, 9254 tasi fan nomzodi va 15,7 mingdan ortig’i ilmiy izlanuvchilardir. Ilmiy izlanishlar fanlar Akademiyasining 45 ta ilmiy-tekshiruv institutlarida, 36 ta oily ta’lim muassasalarida, sog’likni saqlash Vazirligining 34 ta ilmiy tashilotlarida, Qishloq va suv xo’jaligi Vazirligining 30 ta ilmiy va oliy ta’lim maskanlarida, 79 ta ilmiy va innovatsion markazlarda hamda loyiha va tajriba-konstruktorlik tashkilotlarida olib boriladi. O’zbekiston aholisining umumiy ta’lim darajasi va ilmiy potentsiali jihatidan rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda turadi. Ta’lim tizimida esa “Kadrlash tayyorlash milly dasturi” ga asosan bir qancha ijobiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimi uchun davlat xarajatlari ham nisbatan yuqori bo’lib, oxirgi yillarda uning miqdori yalpi ichki milliy mahsulotning 10% dan ortig’ini tashkil qiladi. Bu nafaqat Osiyoda, balki Evropa uchun ham katta ko’rsatgich hisoblanadi. Ta’lim sohasiga davlat byudjetining 50% atrofida mablag’ ajratilgan va respublikada ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion potentsialni rivojlantirish uchun maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bular jumlasiga ilmiy izlanishlar sifatini oshirishga yo’naltirigan va bir bosqichli yuqori malakali fan arboblari tayyorlashning yangi tizimini kiritish mumkin (Ph. D). Xozirgi paytda jami ajratilgan byudjet mablag’larining 35% qismi fundamental izlanishlarga, 56% qismi amaliy dasturlarga va 9% qismi innovatsion ishlanmalarga taqsimlangan. Respublika soliq Kodeksi bo’yicha byudjet mablag’lari hisobiga ilimy-texnik va innovatsion loyihalar bajarayotgan
166
Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
tashkilotlar qo’shimcha qiymat solig’ni to’lashdan ozod qilingan. Katta korxonalarda amortizatsion fondlar va sof foydaning bir qismi jamlanib, modernizatsiyalash va yangi texnologiyalar fondlari tashkil qilingan. Bu mablag’lar innovatsion loyihalar va tajriba konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish uchun ishlatilmoqda. Innovatsion loyihalarni tashkil qilish va ularning bajarilishini boshqarishni innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi xududiy markazlari amalga oshirmoqda. Bunday markazlar ilmiy-texnik faoliyatning mustaqil agentliklari bo’lib, ularning boshqaruv hay’atiga korxona, tashkilot, ilmiy va ta’lim muassasalari hamda boshqaruv organlari vakillari kiritiladi. Xozirgi paytda innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi xududiy markazlarining sakkiztasi faoliyat ko’rsatmoqda (Buhoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg’ona, Andijan, Namangan va Qoraqalpog’istonda).
Innovatsion o’zgarishlarni amalga oshirishda O’zbekistonga o’xshash va innovatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish alohida ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining tajribasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, qisqa muddatlarda katta natijalarga erishish uchun rivojlangan mamlakatlardagi innovatsion texnologiyalarni o’zlashtirib, ularni mamlakat ichqarisidagi korxonalarga tezkorlik bilan tadbiq qilish rivojlanishning eng ma’qbul yo’nalishidir. Innovatsion jarayonlarni tezlashtirish uchun hal qilinishi zarur bo’lgan o’rta va uzoq muddatli tadbirlar jumlasiga ilmiy-texnik ishlarni bajarish uchun ajratilgan byudjet resurslarini iqtisodiyotning eng muhim sohalariga mansub ilmiy-texnologik yo’nalishlarga jamlash va davlat bilan hususiy
167 Toshkent Moliya instituti
Do'stlaringiz bilan baham: |