O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolari va yechimlari



Download 31,95 Mb.
bet62/65
Sana21.06.2022
Hajmi31,95 Mb.
#689865
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
Bog'liq
O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish muammolar

Toshkent Moliya instituti

Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.

  • Kichik va o’rta biznesni innovatsiyalar yo’nalishida rivojlantirish uchun turli hildagi moliyaviy muassasalarning mablag’larini maqsadli yo’naltirish maqsadga muvofiq bo’lar edi, shu jumladan, bularni amalga oshirish uchun filantropik tashkilotlarni, donorlarni, metsenatlarni, turli fondlarni va islom banklarini jalb qilish mumkin;

  • O’zbekistonga investitsiyalar oqimini yanada ko’paytirish uchun mamlakatda yirik islom banklarining filiallarini tashkil qilish yoki banklarda ularning bo’limlarini tuzish maqsadga muvofiqdir, chunki xozirgi davrda islom banklari halqaro bank-kredit tizimidagi noan’anaviy hodisa sifatidan, asta-sekin odatiy g’arbona bank-kredit tizimining salobatli raqobatchisiga aylanib borayapti va bunday banklar halqaro bozorlarda tobora mustahkam o’rnashib olayaptilar;

  • Qimmatbaho metallar asosida respublikada chagaralangan miqdorda chiqariladigan metal pullar mamlakatimizni jahon moliyaviy va iqtisodiy inqirozidan ma’lum darajada himoyalanishiga imkon berib, innnovatsiyalar uchun zarur bo’lgan mablag’larning mamlakatimizga kelishiga sabab bolishi mumkin. Undan tashqari, bu amal O’zbekistondagi chegaralangan valyuta zahiralarining chet el banklariga nazoratsiz oqib ketishini ancha kamaytirar edi (chunki eilta tabaqaga mansub badavlat shaxslar oz mablag’larini endi chet el banklariga qo ’yishdan ko ’ra, O zbekistonning qattiiq valyuta quvvatuga ega bolgan qimmatbaho metallar ko’rinishidagi pullari ko’rinishida saqlashni afzal ko’ra boshlaydilar);

  • Oliy ta’lim muassasalarini bakalavr va magistratura bosqichlarini tugallab, ushbu bosqichlar bo’yicha diplomlar (yoki bitiruv malaka ishlari) himoya qilishda ham tanlangan yo’nalishlar va mutahassisliklar

191 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
bo’yicha innovatsion yangiliklar va shunga mos texnologiyalar o’rganib chiqilganligiga alohida e’tibor berish talab qilinishi yoshlarning innovatsiyalarga bo’lgan qiziqishlarini orttirish uchun hizmat qilar edi. Magistraturani bitirayotganlar uchun esa o’z mutahassisligiga mos bo’lgan juda bo’lmaganda bitta innovatsion yangilikning amaliyotga tadbiq qilinishini talab qilish bitiruvchilarning amaliy malakalarini oshirish vazifasini bajargan bo’lar edi;

  • Respublikamizda amalga kirayoygan jahon andozalariga mos bo’lgan yangi doktorlik ilmiy darajasini (Ph. D. - Pholosophy doctor) himoya qilishda ham dissertantdan va ilmiy kengashlardan himoya qilinayotgan dissertatsiya tarkibida innovatsion bo’lim bo’lishini talab qilish ijobiy natijalarga olib kelar edi. Doktorlik darajasini olishga talabgor kimsalar majburiy tarzda biror-bir innovatsiyani amaliyotga tadbiq qilinganligi va undan olingan moddiy yoki ma’naviy natijalarni ko’rsatib va isbot qilib berishlari zarurligi Oliy attestatsiya komissiyasi xujjatlarida aniq va ravshan qilib ko’rsatib qo’yilishi lozim;

  • Oliy ta’lim muassasalarida dotsent va professorlik ilmiy unvonlariga talabgorlardan ham (akademik va tarmoq ilmiy tekshirish institutlarida esa katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga talabgorlardan) boshqa talablar bilan bir qatorda, innovatsiyalarning amaliyotga tadbiq qilingani va olingan natijalar taqdim qilinishini talab qilish, ularning ko’pincha nazariy ko’rinishda bo’lgan ishlarini amaliy yo’nalishga burib yuborishga hizmat qilgan bo’lar edi;

  • O’zbekistonga turli xil maishiy asbob-uskunalarning tayyor butlovchi qismlarini ommaviy ravishda olib kelib, ularni yig’b, tayyor mahsulot ishlab chiqarish juda ko’p ish joylarini yaratish hamda tayyor

192 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
mahsulotlarni yaqin sharq, osiyo va afrika mamlakatlariga eksport qilib, katta valyuta mablag’lariga ega bo’lishga olib kelar edi. Bular jumlasiga uy-ro’zg’or buyumlarini, maishiy texnikani, mobil telefonlarni, shamol va qyuosh agregatlarini, komp’yuter va uning periferiya qurilmalarini hamda shunga o’xshash ommabop va bozorbop yangi innovatsion mahsulotlarni kiritish mumkin;
• O’zbekistonda bilimlarga asoslangan innovatsion texnologiyalarni iqtisodiyotga tadbiq qilish bo’yicha oxirgi hulosa va samarali tadbir sifatida yoshlarning bu jarayonga bo’lgan kuchli qiziqishini uyg’otish hamda intilishini orttirishni aytish mumkin. Misol sifatida xozirgi paytda respublikamizda raqs, ashula, musiqa kabi san’at turlarining taxsinga loyiq ravishda rivojlanib, har bir yoshning san’atkor bo’lishga intilishi tasodifiy holat emas, balki davlat va jamoaning bunga bo’lgan alohida diqqat-e’tibori, san’atkorlarning pul topsihga imkoniyatlari juda ko’pligi, havas qiladigan darajada badavlat hayot kechirshi, ko’pchilik insonlarning dabdabalarga o’chligi hamda farovon hayot tarzimiz tufayli yurtimizda to’y va tantanalarning juda ko’pligi bilan izohlanadi. Xuddi shu, san’at va sportga bo’lgan qo’llab-quvvatlash siyosatini innovatsion iqtisodiyotning rivojlanishiga ham qaratilsa, olamshumul natijalarga erishish mumkin bo’lar edi. Masalan, har bir tadbirkor o’z faoliyatini boshlashdan avval, biznes rejasining innovatsion qismi ilmiy xodimlar tomonidan ekspertiza qilinib, tasdiqlanishi va ilmiy xodimlarga bu ish uchun firma hisobidan alohida haq to’lanishi (yoki bunday to’lovning keyinchalik firma foydasidan ulush sifatida ko ’zda tutilishi), har bir tashkilotda ilmiy-texnik xodimlar jalb qilingan innovatsion bo’limlar (yoki innovatsiyalar bo’yicha mas’ul shaxs) bo’lishi talab qilinishi,
193 Toshkent Moliya instituti
Mualliflar: Ayupov R. X., Boltaboeva G.R.
innovatsiyalar yaratgan yoki yangiliklarni chet ellardan o’zlashtirib, mamlakatimizga tadbiq etganlar, iztirochilar va ratsionalizatorlar, ilmiy ishlari amaliyotga tadbiq etilgan olimlar va injener-texnik xodimlarning ishlari san’atkorlar va sportchilarnikidan kam bo’lmagan darajada ommaviy axborot vositalarida ijobiy ravishda keng yoritilib, moddiy va ma’naviy taqdirlanishi ilmiy-texnik xodimlarning jamiyatdagi mavqeini yuqori ko’tarar edi va har bir intiluvchan, iqtidorli va layoqatli bo’lgan yoshlar innovatsiyalar yaratish sohasida ishlashni orzu qilib, chuqur va har tomonlama bilim olishga intila boshlar edilar. Bu esa jamiyatimizda o’ziga hos ilmiy-texnologik inqilob yaratar edi va pirovard natijada mamlakat tez sur’atlarda innovatsion rivojlanish yo’liga o’tib, rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosub o’rin egallay olardi.

Download 31,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish