O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mazmun-mohiyati
Kerakli adabiyotlar:
Mirziyoyev SH.M.Milliy taraqqiyot yulimizni qat`iyat bilan davom ettirib yangi bosqichga kutaramiz
Erkaev A.”O`zbekiston yuli”
“2017-2021yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Harakatlar strategiyasi”
Kirish:
O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar
Bugungi kunga kelib mamlakatimiz o’z mustaqil taraqqiyot yo’lining yigirma to’qqiz yilligini nishonladi.
Tarix oldida bu muddat kiprik qoqqanchilik lahzalarga teng davr hisoblanadi. O’tgan yigirma to’qqiz yil mohiyatan yurtimiz tarixida o’ta mas’uliyatli va sharafli davrni tashkil etdi. Shu davr mobaynida har birimizning hayotimizda, mamlakat taqdirida muhim va keskin o’zgarishlar yuz berdi, turmush tarzimiz o’zgarib, o’zligimizni anglay boshladik. Qisqa davr ichida davlat va jamiyat qurilishida, huquqiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda, eng muhimi odamlarimizning ongu-shuurida tom ma’noda yangicha qarash va yangicha fikrlash tuyg’usi shakllanib ulgurdi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan yurtimizda ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyoti, ochiq tashqi siyosatga ega kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etildi. Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, yurtboshimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishish bir-bir bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanligini ta’kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hech qachon osonlikcha kechmasligini uqdirib o’tgan edilar. I.A.Karimov “O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li” risolasida mamlakat mustaqillikka erishgandan so’ng dastlabki yillardagi rivojlanish jarayonlarini tahlil qilib, O’zbekistonda davlat qurilishi va iqtisodiyotni isloh qilish dasturining o’zagi sifatida 5 ta asosiy tamoyilni belgilab berdilar. Nazariy va amaliy jihatdan puxta ishlab chiqilgan bu dastur yashab turgan fuqarolarning taqdirigina emas, balki ularning kelajak avlodlarining taqdirini ham o’ylab tuzilgan bo’lib, o’sha davrda hukmron bo’lgan yakka hokimlik tizimining illatlarini tezroq bartaraf etish, mamlakatimizni rivojlangan, madaniyatli mamlakatlar darajasiga chiqib olishini ta’minlashni ko’zda tutgan edi. Bu haqiqatan ham Islom Karimov nomi bilan jahonga tanilgan taraqqiyotning o’zbek modeli edi.Taraqqiyotning o’zbek modeli quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, ya’ni iqtisodiyot siyosatdan ustun bo’lishi kerak. SHuningdek, ichki, tashqi va iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi etishni ta’minlash zarur;
ikkinchidan, o’tish davrida davlat asosiy islohotchi bo’lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo’nalishlarini belgilab berishi, o’zgarishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan amalga oshirishi shart;
uchinchidan, qonun ustuvorligiga erishish, qonunlarga qat’iy rioya etish lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo’l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni barcha hech istisnosiz hurmat qilishi va ularga og’ishmay rioya etishi lozim;
to’rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o’tkazish kerak.
beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish iqtisodiyotning ob’ektiv qonun-larini e’tiborga olib, yaqin o’tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyutsion yo’l bilan puxta o’ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.
Bozor iqtisodiyotini shakllantirishning evolyutsiya yo’lining tanlab olinganligi o’zining an’anaviy og’ir-bosiqligi, puxta o’ylab qaror qabul qilishga ruhan moyilligi hamda tinchliksevarligi tufayli bir holatdan ikkinchisiga, ayniqsa turmush tarzida, sakrab o’tishga rag’bati yo’q o’zbek xalqining fikrlash tarziga aynan mosdir.
Yana shu narsa ham g’oyat muhimdirki, bozor taraqqiyotining bosqichli jarayoni davlatning tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarni ahillik vaziyatida, jamiyatning qo’llab-quvvatlashiga tayanib amalga oshirish imkonini beradi.
Islohotlarning o’zbek modeli bundan oldin yaratilgan va mavjud bo’lgan modellarning birortasini takrorlamagan holda, o’z mohiyati va mazmuni jihatidan butunlay yangi taraqqiyot modeli bo’ldi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida avval-boshdan ana shu nozik jihatga alohida e’tibor qaratildi. Barcha o’zgarishlar va yangilanishlarning markaziga inson va uning manfaatlari qo’yildi. Bugungi kunda ham o’zgarishlar jarayonining mohiyatida islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun, degan tamoyil mujassamdir.
Shunday ekan, demokratik jamiyat qurishdan ko’zlangan maqsad yurtimizda istiqomat qiladigan barcha insonlar uchun munosib hayot sharoiti yaratib berish, rivojlangan demokratik mamlakatlar kabi kafolatlangan yuksak turmush darajasi hamda erkinliklarni ta’minlashdan iborat. Mazkur ezgu maqsadni amalga oshirish uchun birlamchi ahamiyat kasb etgan, ya’ni ijtimoiy bozor iqtisodiyotini yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy islohotlarga e’tibor qaratildi. Iqtisodiy islohotlar esa o’z o’rnida jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hamda davlat qurilishi sohalaridagi tub islohotlar bilan chambarchas, uzviy bog’liqlikda amalga oshirib kelinmoqda.
Yurtimizdagi bugungi tinch va osoyishta, bunyodkor hayot, barqaror taraqqiyot bunday yondoshuvning naqadar to’g’ri bo’lganini va uzoqni ko’zlaganini tasdiqlab bermoqda. Mas’uliyatli paytlarda, keskin ijtimoiy larzalarga olib keladigan har qanday inqilobiy harakatlarga qarshi, tadrijiy rivojlanish tamoyillariga asoslangan o’z yo’limiz bor va bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz, deb aytilgan qat’iy so’z va mustahkam siyosat bugun ham izchil amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot va istiqlol yo’lida, yangi jamiyat, erkin va farovon hayot qurish yo’lida ko’p tajribaga ega bo’layotgan ekan, hech shubhasiz o’zbek xalqi uchun muqaddas va aziz bo’lmish O’zbekiston zaminida yashayotgan va mehnat qilayotgan insonlar uchun muhim bir haqiqat tobora aniq va ravshan bo’lib bormoqda. Bu O’zbekistonning yer yuzida baquvvat asoslarga ega bo’lgan zabardast davlat bo’la olishiga mustahkam ishonchdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |