Reja:
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida
4
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi
1
O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida
2
O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari
3
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. O‘zbekiston hududida jami 120 ga yaqin turdagi foydali qazilmalarning 2700 ta konlari topilgan. O‘zbekiston jahon mamlakatlari orasida oltin zaxiralari bo‘yicha 4-o‘rin, uran bo‘yicha 7-o‘rin, molibden bo‘yicha 8-o‘rin, mis bo‘yicha esa 10-o‘rinda turadi. Yoqilg‘i-energetika resurslari ichida tabiiy gaz eng katta ahamiyatga ega bo‘lib, uning zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 14-o‘rin egallaydi. Vegetasiya davrning davomiyligi, issiq va quyoshli kunlarning ko‘pligi tufayli O‘zbekistonda paxtachilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik, polizchilik kabi yuqori daromadli dehqonchilik rivojlanmoqda. O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari ham mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining poydevori hisoblanadi. Respublikamiz aholisi muntazam ravishda o‘sib bormoqda. Qisqa tarixiy davr mobaynida O‘zbekiston xalqaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga kirishish, milliy iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, sanoatni rivojlantirish, muvaffaqqiyatli erishdi. So‘nggi yillarida O‘zbekistonda avtomobilsozlik, mikroelektronika sanoati, kaliy o‘g‘itlari va soda ishlab chiqarish, farmatsevtika, shakar sanoati va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlari bunyod etildi. Transport tizimi rivojlanishida ham salmoqli natijalarga erishildi. Bulardan eng ahamiyatlisi – respublika temiryo‘l transporti tizimining bir butunligiga erishilganligidir. Dunyoning 140 taga yaqin davlatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yayotgan O‘zbekiston Respublikasining eng muhim savdo hamkorlari qatoriga Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi, Turkiya va Yevropa mamlakatlari kiradi. Respublika eksportining tovar tarkibida mustaqillik yillarida juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mustaqillikka erishgan payti respublikamiz eksportida paxta tolasining ulushi 60 foizga teng bo‘lgan. Hozirgi kunga kelib bu hududlarda ichki va tashqi sarmoyadorlar ishtirokida yuzlab yangi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari respublikaning har bir tuman va viloyat imkoniyatlaridan umumdavlat va hududiy manfaatlarda oqilona foydalana olishga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |